Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Elektron tijoratdagi muvaffaqiyat omillari


Download 2.84 Mb.
bet114/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

11.2. Elektron tijoratdagi muvaffaqiyat omillari


Elektron tijoratda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Rivojlanish strategiyasini to‘g‘ri tanlash – misol sifatida shuni aytishimiz mumkinki, OZON (ozon.ru) kompaniyasining muvaffaqiyatga erishishidagi asosiy omil „lider ortidan yurish“ deb nomlangan rivojlanish strategiyasini tanlash bo‘lgan. G‘oya bunday bo‘lgan „Rossiyaning Amazon tizimini tashkil etamiz va rivojlantiramiz“. Bu sohadagi shubhasiz yetakchi-lider bo‘lgan Amazon kompaniyasining rivojlanish yo‘lidan og‘ishmay ketilgani uchun OZON Rossiya bozorida juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan va hozirda uning oboroti bir necha yuz million dollarga yetgan.Amazon (amazon.com) kompaniyasi esa 1995 yilda Djeff Bezos tomonidan tashkil qilingan va o‘z faoliyatining boshlarida internetda kitoblar savdosi bilan shug‘ullangan. Bu kompaniya 2001 yildagina birinchi marta foyda olishga erishgan va hozirda uning oboroti bir nehca milliard dollarga yetadi. O‘z faoliyatining boshida bu kompaniya olingan foydani o‘z rivojlanishi uchun investitsiylarga yo‘naltirgan.
2.Monetizatsiya sxemasi, ya’ni foyda olishning asosiy modellari biznesni ishga tushurishdan oldin aniqlanib olingan bo‘lishi lozim.Masalan, ijtimoiy tarmoqlar reklamadan, savdo maydonlari joylashtirishdan, ichki virtual valyuta aylanmasidan, pulli registratsiyadan, onlayn o‘yinlar sotishdan, sovg‘a va smayliklardan daromad qilishadi. Turli xildagi informatsion resurslarning daromad keltiradigan manba’lari reklama, daydjestlar, trafiklar, alohida ma’lumotlarni sotishlar bo‘lishi mumkin. Kompaniyalar tanlangan monetizatsiya sxemasiga muvofiq kontentning bir qismibi berkitib qo‘yib, uni pullik qiladilar, qolgan qismini esa yaxshi trfaik olish va reklamada pul ishlash uchun tekin qilib qoldiradilar. Bloglarning mualliflari esa ko‘pincha reklamada, hamkorlik dasturlarida, ilovalar sotishda, hamda kontentlar sotishda daromad qiladilar. Monetizatsiyaning har bir konkret sxemasi u yoki bu biznes-modelning asosida yotadi, jumladan, Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand va boshqalar. Monetizatsyia sxemasini tanlashda ularning her biri qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini firklab ko‘rish kerak bo‘ladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling