Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet69/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Audionarkotik firibgarliklari
Internetning runet qismida insonning binaural ritmiga ta’sir qiluvchi «tovushli» narkotiklar xaqidagi ma’lumotlar tarqala boshladi. Audio narkotiklarning reklamasi foydalanuvchilarning elektron pochta manzillariga ommaviy xatlar jo‘natish va boshqa turdagi tezkor ma’lumot almashinish usullari orqali amalga oshirilmoqda. Audio-fayllarni tinglash maxsus raqamli kodni kiritgandan so‘ng mumkin bo‘ladi. Bunday kodni olish uchun esa pul to‘lab, SMS-ma’lumot jo‘natish talab etiladi. Bunday alomat mahsulot taklif qiladigan resurslar fiktiv anketa ma’lumotlari bilan qayd qilingan chet el provayderlari tarkibida mavjud. Mutaxassislarning fikricha, tovush tebranishlari orqali reklama qilinayotgan effektga erishish mumkin emas. Ularning ta’kidlashlaricha, tovush narkotiklarini qabul qilish oqibatida qattiq bosh og‘rig‘i kuzatilib, xotira susayishi va miya faolligi susayishi kuzatiladi xolos. Shunday qilib, «raqamli narkotiklar» xaqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o‘ylab topilgan firibgarlarning yana bir antiqa xiylasidir.
Mahsus turdagi viruslar yordamida amalga
oshiriladigan kiberfiribgarliklar
Barchamizga ma’lumki, internetda tarqatiladigan viruslar sonini sanab sanog‘iga yetish mumkin emas. Kiberfiribgarlar tomonidan ishlab chiqilgan va internetda faoliyat ko‘rsatadigan zararli dasturlardan biri Trojan.Encoder.20 hisoblanib, ushbu dastur shunday dasturlar kodlari joylashtirilgan saytlar orqali bilintirmasdan bu saytga kirgan foydalanuvchilar kompyuterlariga yuklantiriladi. Bu dastur foydalanuvchi kompyuteridagi barcha fayllarni shifrovka qilgandan so‘ng, o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Endi foydalanuvchi o‘z fayllarini ochmoqchi bo‘lsa, ularda bu fayllarni ochish (yoki rasshfrovka qilish) uchun firibgarlarga SMS orqali ma’lum bir miqdordagi pul to‘lash so‘raladi (10 dollardan 89 dollargacha). Agar shunday virus kompyuteringizga tushib qolsa, uni yo‘qotish uchun Dr. Web tomonidan ishlab chiqilgan tekin utilitani kompyuteringizga yuklab olish tavsiya etiladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling