Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Internetga pul qo‘yishga asoslangan firibgarliklar


Download 2.84 Mb.
bet72/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Internetga pul qo‘yishga asoslangan firibgarliklar
Internetda pul qo‘yish asosida firibgarlik bilan shugullanadigan saytlar soni juda ham ko‘p va ular ko‘pincha webmoney hamda Yandex.Dengi elektron to‘lov tizimlari orqali bu ishni amalga oshiradilar. Ushbu saytlarda ko‘yilgan pullardan olinadigan foiz stavkasi va foyda juda katta deb sodda odamlar astoydil ishontiriladi. Nega bunday degan savolga ular, biz eng malakali va professional moliyachilarni o‘z kompaniyamizga jalb qilganmiz deb aytadilar. Kapitalni boshqaruv qanday amalga oshadi degan savolga esa ular, valyuta bozori Forex ni, juda perspektiv aktsiyalarga pul tikishni, loyixalar ichki qaytaruv normasi juda foydaliligini, xalqaro moliyaviy bozorlarda ish olib borishlarini misol qilib keltirishlari mumkin. Ammo ko‘pincha bunday takliflar ortida moliyaviy piramidalar, ko‘p tarmoqli fiktiv marketing tizimlari yoki pul yig‘ib olishga mo‘ljallangan bir kunlik saytlar turadi. Bunday saytlarning boshqalaridan asosiy farqlari bergan savollaringizga chala-chulpa javoblar berish, tekin xostinglarda turish va olinadigan foizlarning juda xam katta bo‘lishi va huddi shuning uchun xam ishonchga sazovor emasligidir.
Internet lotoreyada juda katta pul yutganlik xaqidagi firibgarlik
Ko‘pchilik insonlar g‘oyibdan katta pul kelishini yoki lotoreyadan katta miqdordagi pul yutib olishni orzu qilishadi. Firibgarlar xuddi shu orzuga osongina erishishni va’da qilib, sizning oxirgi pulingizni ham shilib oliga xarakat qilishadi. Bunda sizning elektron pochtangizga xat kelib, sizni katta xalqaro loyixa yoki internet resurslar doirasida o‘tkazilgan o‘yinda juda katta miqdordagi yutuq egasi bo‘lganligingizni bildirishadi. Yutug‘ingiz esa chiroyli qilib, ko‘p miqdordagi nollar vositasida ko‘rsatiladi. Pulingizni olishingiz uchun esa sizdan bir qancha xujjatlar so‘raladi. Siz bu xujjatlarni jo‘natganingizdan sung, endi pulni sizning nomingizga notarius orqali o‘tkazish masalasi qo‘yiladi va ushbu notariusning elektron pochta manzili va sayti ko‘rsatiladi. Siz noturius bilan aloqa qilganingizda u xam sizdan bir qancha ma’lumotlarni junatishingizni so‘raydi. Undan so‘ng sizga minnatdorchilik bildirib, pul jo‘natilishga tayyor va sizdan pulni xavfsiz jo‘natish uchun sug‘urta qilish so‘raladi. Keyin sizdan sug‘urta summasini qandaydir to‘lov tizimi, masalan Webmoneyorqali jo‘natishingiz taklif qilinadi. Xuddi shu pul firibgarlar uchun sizning sovgangiz bo‘ladi va endi siz o‘z pulimdan ajraldim deyishingiz mumkin.
Uyda ishlash taklifi bilan bog‘liq firibgarliklar
Bunda uyda o‘tirib qolgan va ishsiz kimsalar uchun internetda yoki kompyuterda ishlab, pul topish takliflari aytiladi. Bu takliflar qandaydir matnlarni komp’yuterda terish, uyda yigilishi mumkin bo‘lgan konstruktsiyalar tayyorlash, elektron pochta ma’lumotlarni qayta ishlash yoki ko‘rib chiqish, komp’yuter dasturlari yozish, konvertlar tayyorlash va shu kabi uyda masofaviy rejimda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlar bo‘lishi mumkin. Bunday takliflar elektron e’lonlar doskalarida, forumlarda, maxsus saytlarda, sizga jo‘natilgan elektron pochta ma’lumotlarida va boshqalarda bo‘lishi mumkin. Firibgarlar o‘z manzillari sifatida faqatgina internetdagi adreslarini ko‘rsatishgan bo‘ladi xolos. Sizdan rozilik olganlaridan sung, ko‘rsatilgan manzilda qayd qilinish uchun yoki keyinchalik qaytirish sharti bilan qandaydir kattalikdagi registratsion vznos, ishingiz uchun xomashyo sifatidagi detallar sotib olishga yoxud kafolat uchun qandaydir pul summasi junatishingizni so‘raydilar. Pul junatganingizdan so‘ng, firibgarlar siz xaqingizda batamom unutadilar yoki yana qandaydir bir laqillatish usulini o‘ylab topadilar. Bunday firibgarliklarni tekshirish uchun kompaniyani qayd qilinishi bo‘yicha xujjatlarni, aloqa telefonlarni, kompaniya manzilini so‘rash mumkin. Bular bo‘yicha javob berilmaydi va bu xolda siz bilan aloqalar xam darxol tugatiladi.
FOREKS tizimida ishlashdagi firibgarliklar
Valyuta almashtirish bo‘yicha turli xildagi ishlarni amalga oshiruvchi FOREKS tizimida ishlashni boshlaganlar uchun bu ish avvalida ancha murakkab bo‘lgani uchun ular ishonch bo‘yicha boshqaruvchilarni (trast management) qidira boshlaydilar. Ya’ni ular tajribali treyderlarni topib, valyuta korzinasi kapitallarini boshqarishni va bu orqali yaxshigina pul ishlab olishni nazarda tutib, ularga shartnoma asosida qandaydir vazifalar topshirishga urinadilar. Ammo bu yerda xam barcha soxalarda bo‘lgani singari, aldov va firibgarlik elementlari mavjud. Ushbu tizimda ishonchli va tajribali treyderlardan tashqari, investorlarni aldab, pul topishga urinadiganlar yetarlicha miqdorda topiladi. Bu tizimda ishlashda investor bilan treydur orasidagi shartnoma olingan foydani qandaydir nisbatda yoki teng ikkiga bo‘lish shartlari orqali amalga oshiriladi. Agarda zarar ko‘rilsa, u xolda zararning maksimal miqdori foizi xam shartnomada ko‘rsatilib o‘tiladi. Zarar miqdori shundan oshib ketsa, treyder o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Shunday qilib, eng boshdanoq treyder biroz noqulay xolatga tushib qoladi. Chunki agar foyda olinsa, u foydani treyder bilan birgalikda bo‘lishadi, ammo agarda zararga duch kelinsa, treyder buning uchun javobgar bo‘lmaydi. Shuning uchun ishonch vositasida boshqaruvchda investor uchun eng yomon xolat – o‘z pulining ma’lum bir qismini yo‘qotish, treyder uchun eng yomon xolat esa – o‘z ishi uchun pul ola-olmaslikdir. FOREKS da ishlashda firibgarlik sxemasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Firibgar bir qancha investorlarni topadi va ularning pullarini boshqarish uchun qabul qiladi. U biror bir investorning hisobraqamida boshqalar uchun savdo olib boradi va ular bilan ishlangan pulni bo‘lishadi. Qolgan investorlar esa bunday qilinayotganini bilmaydilar xam. Zarar miqdori shartnomada kelishilgan kattalikka yetganida ushbu hisobraqami bilan ish tugatiladi. Foyda olingan hisobraqamidagi mablag‘dan esa treyder o‘ziga tegishli foyda bo‘lagini bemalol olaveradi.
Tekin mobil aloqa firibgarligi
Internetdagi mobil telefonlarda gaplashishi bilan bog‘liq yana bir firibgarlikning nomi tekin mobil aloqa deb nomlanadi va bunda bir martagina to‘lovqilib, istalgancha gaplashish mumkin degan afsonaga ishontirishga xarakat qilinadi. Bunda firibgarlar mobil telefonga qandaydir o‘zgartirish kiritib, bu o‘zgarish telefondan tekin qungiroq qilishga imkon beradi deb ishontirishga xarakat qiladilar. Buning bir qancha usullari taklif etiladi. Bunday ishni sizga noma’lum bo‘lgan bir “dohiy” injener telefonga maxfiy kodlarni o‘rnatish, unda maxsus dasturiy ta’minotni ishga tushirish yoki mobil telefonga qo‘shimcha chiplar o‘rnatishlar sifatida taklif qiladi. Ammo agar siz buning qanday qilinishini bilmoqchi bo‘lsangiz, bu usulni bilishingiz uchun ma’lum miqdorda pul so‘raladi. Ular o‘z takliflarini sizga murakkab elektron sxemalar, dasturlar yoki chiplarning tuzilishi ko‘rinishida taqdim etadilar. Bu takliflar bilan tanishib chiqqan malakali mutaxassislarning fikricha, bunday ishlarni qilish mumkin emas va bunday takliflarning ijodkorlari internetdagi pixini yorgan oddiygina firibgarlardir.
Internetda mahsulot va hizmatlar sotib olishdagi firibgarliklar
Oddiy magazinlarda turli xil maxsulotlar sotib olishdagi singari, internet-magazinlarda xam turli xildagi firibgarliklar va aldovlarga duch kelish mumkin. Bunda aldov xaridorga juda katta foyda keltiruvchi reklama taklifi sifatida boshlanadi. Bunda juda sarxil maxsulot, juda past narx, katta miqdordagi chegirma, qisqa vaqt davom etadigan maxsus taklif orqali ishonuvchan va laqma xaridorlar aldanishlari mumkin. Sotuvga qo‘yilgan maxsulot soxta, originalning nusxasi, brak maxsulot bo‘lishi mumkin (yoki umuman bo‘lmasligi xam mumkin). Ba’zi vaqtlarda bunday firibgarliklar bilan internetdagi kim-oshdi savdolari yoki soxta magazinlar xam shugullanishlari mumkin. Bunday soxta takliflar forumlarda va internetdagi elektron e’lonlar doskalarida xam uchrashi mumkin. Qanday qilib bunday firibgarlarni aniqlash mumkin? Buning uchun tovar sotayotgan saytni yaxshilab o‘rganish, tegishli xujjatlar, kontakt ma’lumotlar, bu sayt xaqidagi taqrizlar va unda taklif qilinayotgan narxlar bilan yaxshilab tanishish, juda arzon narxlarga ishonmaslik va ularni boshqa saytlardagi shunga o‘xshash ma’lumotlar bilan solishtirish kerak. Agar internetdagi taklif juda xam foydali bo‘lsa, demak bu yuz foiz firibgarlarning ishi deyish mumkin. Firibgarlar makriga uchmaslik uchun yaxshi tekshirilgan xamda obruli internet-magazin va auktsionlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling