Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo‘yicha manba’ sifatida ishlatilishi
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- *.exe, *.com
- Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida
- 6.2. Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari
Ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo‘yicha manba’ sifatida ishlatilishi
Ijtimoiy saytlar ham firibgarlar tomonidan Internet tarmog‘ida pornomateriallarni tarqatish vositasida pul ishlash uchun ishlatiladilar. Buning uchun ataylab o‘ylab tuzilgan anketa (elektron sahifa) yaratiladi va u orqali voyaga yetmaganlar xaqidagi turli xil ochiq manba’lardan olingan fotosessiyalar va yolg‘on ma’lumotlar tarqatiladi. Shunday qilib, pornografiya bo‘yicha pul ishlamoqchi bo‘lgan firibgar internetda oddiy voyaga yetmagan inson shaklida namoyon bo‘ladi va boshqa yoshlarni o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun laqillata boshlaydi. Elektron muloqot amalga oshirilayotib, yoshlarni o‘zlari yoki tanishlari haqidagi pornorasmlarni jo‘natish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Keyinchalik ushbu video yoki fotomateriallar pul ishlash maqsadida turli tematik forumlarda namoyish qilinadi, fayl almashinuv tizimlariga, foto va video portallarga tarqatiladi. Bir qancha xolatlarda firibgarlarga voyaga yetmagan yoshlarning anketaviy ma’lumotlari ma’lum bo‘lib qoladi va ular bundan foydalanib, bolalarning ota-onalarini shantaj qilib, pul undirishga urinadilar yoki bu ma’lumotlarni forumlarga joylashtirib (trolling), kimlarningdir chirkin maqsadlarini amalga oshiradilar. Shuning uchun ham ijtimoiy saytlarda muloqot qilayotib, quyidagilarni unutmang:ijtimoiy tarmoqda siz bilan muloqot qilayotgan inson kimlardir tomonidan o‘ylab chiqilgan elektron personaj bo‘lishi mumkin. Uni aniq ko‘rmasdan va shaxsini bilmasdan turib, u bilan qandaydir ishlar olib borish, unga shaxsiy ma’lumotlarni berish, unga pul utkazish, u bilan kelishish yoki u tayinlagan joyga borish aslo mumkin emas. Internet tarmogi orqali siz tomoningizdan jo‘natilayotgan barcha ma’lumotlarni, shu jumladan,rasmlarinigizmi, parol yoki loginingizmi, pasport ma’lumotlaringizmi yoki manzilingizmi istalgan paytda sizga qarshi ishlatilishlari mumkin. Xurmatli ota-onalar, o‘z farzandlaringizni xam internetda xavfsiz ishlash qoidalari bilan yaxshilab tanishtiring va ularga bu tartiblarni batafsil tushuntiring. Internetdagi xavfli dasturlar kompyuter egasidan so‘ramasdan, o‘z-o‘zidan nusxalanib ketuvchi maxsus xavfli dasturlardir. Bunday dasturlar kompyuteringizda turli xildagi noxush xolatlarni keltirib chiqarishlari, dasturlarni ishdan chiqarishlari, ma’lumotlarni o‘chirib tashlashi, sizning kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘girlashi, operatsion tizim ishini buzishi yoki sekinlashtirishi, tashqi qurilmalarning ishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bunday dasturlarni xalq tilida «viruslar» deb nomlangan va ularning quyidagi asosiy turlari mavjud: mahsus dasturiy viruslar, tarmoq viruslari, chuvalchang viruslar va troyan viruslari. Kompyuter viruslari o‘z-o‘zidan ko‘payadigan va nusxalarini boshqa dasturlar ishga tushirib, noma’qul xolatlar keltirib chiqaradigan maxsus dasturlardir. Ular ko‘pincha *.exe, *.com kengaytirgichli bajariluvchi fayllardir. Ular *.doc, *.xls ko‘rinishidagi makroprotseduralarga ega bo‘lib, zararlanish oqibatida kompyuter ishini izdan chiqaradigan xolatga kelib qoladilar. Tarmoq chuvalchanglari esa zarar keltiradigan dasturlar turiga mansub bo‘lib, ular boshqa fallarning bir qismi emas, balki aloxida mustaqil fayllar ko‘rinishida bo‘ladilar. Bunday dasturlar lokal va global tarmoqlar yoki elektron pochta orqali tezlik bilan tarqalib, ko‘payib ketadilar. Chuvalchang virusi sizning ruxsatingizsiz sizning pochtangizdagi elektron adres kitobingizdagi barcha manzillarga qandaydir ma’lumotlar jo‘natishi yoki xavfli amallarni xosil qilishi mumkin. Troyan dasturlari ko‘paymaydilar, o‘zlari biror bir ma’lumot jo‘nata olmaydilar va kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘chira olmaydilar. Ammo ular turli xil xavfli amallarni bajarib, sizga katta talofat yetkazishlari mumkin. Troyan dasturining asosiy maqsadi kimlargadir sizning kompyuteringizga kirish va uni o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun boshqara olish imkoniyatini yaratishdir. Bu ish sizga bilintirilmasdan, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Troyan dasturi faoliyati natijasida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biznes goya va ma’lumotlaringiz yoki qandaydir yozishmangiz internetda raqobatchilarga yoki barcha xalq ommasiga oshkor bo‘lib qolishi mumkin. Yoki turli xil elektron to‘lov tizimlaridagi pullaringiz qaergadir g‘oyib bo‘lib qolishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida Turli xil bayramlararafasida, ayniqsa, yangi yil bo‘sagasida ijtimoiy tarmoqlarda ishlovchi ko‘pchilik insonlarga turli xil shahslardan yoki kontakt listga yozilgan «dust»lardan biror bir resursga kirish va unga ovoz berish so‘ralib, natijani qisqa SMS orqali jo‘natish suraladi. Shundan foydalangan xolda firibgarlar o‘z chirkin niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday firibgarliklarning to‘riga tushib qolmang va ko‘rsatilgan raqamga SMS ma’lumoti jo‘natmang. Taklif qilingan resursga o‘tish kompyuterga xavfli virus tushib qolishiga olib kelsa, ko‘rsatilgan raqamga SMS jo‘natish hisob raqamida kattagina pul mablagning yo‘qotilishiga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqdagi sizning saxifalaringizga va elektron pochtangizga ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun hamda firibgarlarning sizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-xarakatlaridan himoyalanish uchun quyidagi chora tadbirlarni ko‘rishingiz tavsiya etiladi: Elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sizga biror bir amalni bajarish xaqidagi ko‘rsatmalarni bajarishga shoshilmang; Sizga ma’lumot yuborgan «do‘stingiz» yoki muallifdan elektron xabarni xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo‘qligini aniqlashtiring; Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (yoki do‘stingizning saxifasi) begonalar tomonidan ochilgan bo‘lsa, darxol elektron pochta va ijtimoiy tarmoq parollarini o‘zgartiring xamda kompyuteringizni viruslar bor yoki yo‘qligiga tekshirib ko‘ring; Kompyuteringizga sinovdan o‘tgan va ishonchli antivirus dasturlarni o‘rnating hamda internetdan foydalanish bo‘yicha xavsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling. Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo‘ling! Chunki keyingi vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko‘payib ketayapti. Buning uchun firibgarlar ko‘rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul o‘tkazishni so‘raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib, tarmoq firibgarlari hisob raqamingizdan kattagina pul mablagini o‘marib ketadilar. Mobil telefon raqami bo‘yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin, ammo bu ishni mobil aloqa kompaniyasi operatori ruxsati bilan, ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar bunday taklif boshqa insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan o‘zga chora yo‘q. 6.2. Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling