Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Mahsulot yoki xizmat narxining maqsadga va aqlga muvofiq bo‘lgan modelini tanlash


Download 2.84 Mb.
bet115/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

3.Mahsulot yoki xizmat narxining maqsadga va aqlga muvofiq bo‘lgan modelini tanlash.
Mahsulot yoki xizmat uchun bahoni aniqlash modeli qo‘shimcha qiymat zanjiri va monetizatsya sxemasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Tabiiyki, xar bir mahsuot uchun o‘z bahosini aniqlash modeli mos keladi. Shuning uchun ham tegishli bo‘limlarda keltirilgan va elektron biznesda baholar strategiyalari hamda narx xosil qilish modellari bilan yaqindan tanishib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi.
4. Kuchli va salohiyotli komanda hamda sifatli insoniy kapital – bu omilni muvaffaqiyat nuqtai-nazaridan eng asosiy omillardan biri deb hisoblash ham mumkin. Bu guruhga mansub konkret omillar sifatida kompaniya faoliyatini o‘z xayotining mazmuni deb biladigan g‘oyaviy asoschilarni, kuchli menejmentni, ishga berilgan yollanma ishchi-xizmatchilarni kiritish mumkin. Google kompaniyasini ishga qabul qilish kontseptsiyasi ham ishtiyoqli, iqtidorli, ko‘zi yonib turgan va ishiga berilgan fanatlarnigina kompaniyaga ishga olishdir.
5. Kuchli motivatsiya tizimi va KPI (Key Performance Indicators) – Ishchi-xizmatchilar qanchalik ishga berilgan va kompaniyaga sodiq bo‘lishiga qaramay, ular uchun juda kuchli motivatsiya tizimi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ayniqsa, bu zakazlar yetkazib berish tezligini ta’minlab beradigan personalga tegishlidir. Motivatsiya tizimini KPI ga, ya’ni, kompaniyaning boshqaruv samaradorligi eng ko‘p bog‘liq bo‘lgan xodimlarning ko‘rsatgichlari bilan hamda ish haqlari kattaligi bilan bog‘lab qo‘yish zarur.
6. Elektron xizmatlarning yuqori sifatiumuman aytganda, elektron hizmatlarning sifati ancha murakkab sintetik ko‘rsatgichdir. Uning qandayligi xizmat ko‘rsatish sifati bilan, shaxsiy tarkibning sifatli xizmat ko‘rsatishi bilan, ishonchlilik bilan, informatsion tizimning uzluksiz ishlay olishi bilan, marketingning sifati bilan hamda teskari aloqaning sifati bilan aniqlanadi. Yuqori sifat – bu haridorlarni jalb qiladigan va ularni mahsulot va xizmatlarning doimiy iste’molchisi bo‘lishga undaydigan bir ko‘rsatgichdir.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling