Analitik va sintetik bilim. Ilmiy bilim majmuiga nisbatan eng
umumiy yondashuv bilim ajratuvchi (analitik) va umumlashtiruvchi
(sintetik) bo‘lishi mumkinligini ko'rsatadi. Analitik bilim tafsilotlarni,
xususan, asosiy negizda mavjud mazmunning butun salohiyatini
aniqlash imkonini beradi. Sintetik bilim nafaqat umumlashtirish, balki
mutlaq о yangi mazmunning yaratilishiga olib keladi. Analitik
yondashuvning mohiyati shundan iboratki, o'rganilayotgan hodisaning
asosiy muhim tomonlari va qonuniyatlari berilgan, asos qilib olingan10materialda mavjud deb faraz qilinadi. Tadqiqot ishi belgilangan sohada,
qo‘yilgan vazifa doirasida amalga oshiriladi va unga xos bo‘Igan ichki
tahlilga qaratiladi. Sintetik yondashuv tadqiqotchini aloqalarni
obyektdan tashqarida, sirtdagi tizimli munosabatlar kontekstida izlashga
yo‘naltiradi.
Ilmiy bilimni tuzish mantiqining bir xil emasligi ko‘pgina
faylasuflar tomonidan qayd etilgan. Masalan, M.Mamardashvili
«Tafakkur shakllari va mazmuni» monografiyasida fanning mantiqiy
apparatida bilish faoliyatining ikki tipini farqlash lozimligini qayd etadi.
Bilish faoliyatining birinchi tipga mavjud bilimlardan isbotlash va
ehtimol tutilgan barcha oqibatlarni tadrijiy keltirib chiqarish yo’li bilan
yangi bilimlar majmuini olish imkonini beruvchi vositalar kiritilgan.
Biroq bilim olishning bu usulida predmetlar haqida mutlaqo yangi
fikrlar va yangi mavhumliklarning yuzaga kelishi nazarda tutilmaydi.
Ikkinchi tipi «predmetlar bilan ta’sirlanish orqali» yangi ilmiy bilim
olishni nazarda tutadi. U mulohaza yuritish jarayoniga mazmunni jalb
qilishga asoslanadi. Bu yerda mazmundan biron-bir yangi jihatdan
foydalanish nazarda tutiladi.
An’anaviy klassik gnoseologiya ilmiy bilish jarayonining harakatini
Do'stlaringiz bilan baham: |