Toshkent davlat transport universiteti “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi
Asosiy ishlarni bajarish texnologiyasi va mexanizayatsi
Download 0.53 Mb.
|
Temir Yo\'L kurs ishi IF
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.7 Uchastkalarda gruntlarni zichlash texnologiyasi.
3.6 Asosiy ishlarni bajarish texnologiyasi va mexanizayatsi
3.6.1 PK140+00dan PK170+00gacha EO-6111 markali ekskavator komplekti yordamida ko‘tarmani barpo etish texnologiyasi Quyidagi uchastkada yetakchi mashina sifatida EO-6111 markali ekskovator tanlangan. Cho‘michining hajmi q =1.25m3 ekskovator-transportli komplekt yordamida o‘ymadan ko‘tarmani barpo etish texnologik jarayoni. Grunga o‘ymalarda ekskovator bilan ishlov berish, gruntni avtosamosvallarga yuklash, ko‘tarmalarga tashish, to‘kish, qatlam-qatlam qilib tekislab zichlash ishlaridan iborat. O’ymaga yonbosh qazish usulida, transport vositalari ekskovator yonboshida joylashgan bo‘lib gruntga ishlov beriladi. Zaboyning balandligi ekskovatorning pasportida ko‘rsatilgan eng katta qirqish balandligidan oshmasligi kerak, ekskovatorning o‘lchamlariga bog‘langan holda ko‘ndalang kesim o‘lchamlari aniqlanadi. Ekskovatorning o‘qidan zaboyning yonbosh nishabligigacha masofa ekskovatorning eng katta qirqish radiusida 0,4-0,5m kam bo‘lishi kerak. Ko‘tarmalarga grunt “kolsovoy” yoki oylanma usulida olib borib, qatlam-qatlam to‘kiladi, buldozerlar yordamida tekislanadi va katoklar bilan zichlanadi. Bu usulda ko‘tarma eni bo‘yicha ikkita zaxvatkaga ajratiladi. Birinchi zaxvatkada grunt to‘kilib zichlanadi. Ikkkinchi zaxvatka (yo‘lak)da avtosamosvallar qatnaydi. Bu yo‘lakni yuklangan avtosamosvallar boshidan ohirigacha bosib o‘tib birinchi yo‘lakka, orqaga yurish berib gruntni to‘kadi. Yuksiz transport oldingi harakatlanib ko‘tarmada eng yaqin joylashgan tushadigan joylardan foydalanib pastga haraklanadi va ekskovator ishlab turgan joyga yo‘naladi. EO-6111 markali ekskovator komplekt yordamida ko‘tarmani barpo etish texnologiyasi to‘liq jarayoni 2-ilovada keltirilgan. 3.7 Uchastkalarda gruntlarni zichlash texnologiyasi. Uchastkalarda gruntlarni zichlash uchun DU-29 markali pnevmog‘ildirakli katok mashinasi tanlangan. Gruntlarni zichlash texnologiyasi barcha katoklarda bir hil. Agar katok ko‘tarma ustida burilishi imkoniyatiga ega bo‘lsa uzunligi 200m bo‘yicha harakatlanadi. DU-29 markali pnevmog‘ildirakli katoklarning parallel harakati sxemasi 2-ilovada ko‘rsatilgan. Temir yo‘l ko‘tarmasi uchun zichlash koeffitsiyenti yo‘l kategoriyasiga bog‘liq bo‘lib 0,98-1,0 gacha o‘zgaradi. Ko‘tarmaga yotqizilgan grunt namligi optimal namlikka yaqin bo‘lishi kerak, shundagina zichlash samaradorligi oshadi. Agar grunt tabiiy namligi 0,9 WO qum uchun 0,04 dan kam bo‘lsa grunt qo‘shimcha namlanishi kerak. Zichlash vaqtida gruntni optimal namlikdan 10% dan ayrim hollarla – 20% gacha og‘ishi ruxsat etiladi. Gruntni buldozer bilan tekislash vaqtida zichlash koeffitsiyenti 0.85, avtosamosvallar harakatida 0.85-0.90, skreperlar harakatida 0.90-0.92 gacha yetishi mumkin. Me’yoriy zichlash koeffitsiyentiga -0.98 zichlash mashinalari yordamida birnecha marta harakatlanish kerak. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling