Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


O‘zbekiston Respublikasida hokimlik institutini takomillashtirish masalalari


Download 140.27 Kb.
bet10/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

3.2. O‘zbekiston Respublikasida hokimlik institutini takomillashtirish masalalari


Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subyekti, yani davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini taminlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda1.


Mamlakatimizda “demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” asosida 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi”da (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)gi Qonun bilan Prezident vakolatlaridan ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga rahbarlik qilish, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqlari chiqarildi, Prezidentning viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish vakolatiga o‘zgartish kiritilib, endilikda bu vakolat Bosh vazir taqdimiga ko‘ra Prezident tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi2. Shuningdek, mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatilishi belgilandi. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan mazkur tub islohotlar o‘z navbatida, ushbu demokratik yangilanish va o‘zgarishlar jarayonini maxsus qiyosiy-huquqiy tadqiq etishni, ularni amalga oshirishning ilmiy asoslarini mustahkamlashni va yanada rivojlantirishni obyektiv zarurat qilib qo‘ymoqda. Xususan, Mamlakatimiz huquqshunos olimlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyida ushbu izlanishlar natijalari bo‘lgan ayrim taklif va tavsiyalarni keltiramiz. Shuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida Qonunning maqsadi, mahalliy davlat hokimiyati tushunchasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari huquqiy jihatdan tartibga solinmagan. Shu jihatdan mazkur qonunni uning maqsadlari bilan bog‘liq quyidagi yangi modda bilan to‘ldirish lozim:
Birinchidan, ushbu Qonun “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi”. Bunday normalar MDHga a’zo ayrim davlatlar qonunchiligida mavjud (masalan, Qozog‘iston, Belarus)1.
Ikkinchidan, qonunni quyidagi tahrirda mahalliy davlat hokimiyati tushunchasiga oid normalar bilan to‘ldirish zarur: “Mahalliy davlat hokimiyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat yurituvchi vakillik va ijroiya organlaridan iborat2.
Uchinchidan, yuqoridagi qonunda va boshqa milliy qonunchilik hujjatlarimizda hokimlik instituti tushunchasiga ta’rif berib o‘tilmagan. Shuni inobatga olgan holda hokimlik instituti tushunchasini milliy qonunchiligimiz hujjatlarida batafsil yoritib o‘tilmog‘i lozim hisoblanadi.

Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling