Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


Download 140.27 Kb.
bet2/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 56





KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z oldiga insonparvar demokratik huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo‘ydi. Bunday maqsadni amalga oshirish uchun davlatda qonun ustuvoriligining ta’minlanishi asosiy shartlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan huquqiy islohotlar natijasida amaldagi qonun hujjatlarining doirasi ancha kengaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qonun hujjatlarining ijrosini to‘liq amalga oshirish, hududlarda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarni to‘la ro‘yobga chiqarishda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ya’ni hokimlik institutlarining joriy etilishi muhim istiqbolli vazifalarning to‘liq bajarilishiga olib keldi.
Ma’lumki, bugungi islohotlar pirovardida hokimlik institutlarining tashkiliy-huquqiy masalalarini yanada takomillashtirish hamda liberallashtirish davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “kelgusida biz hokimlik institutini yanada liberallashtirishimiz, mahalliy hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylash masalasi haqida ham o‘ylab, muhokama qilib ko‘rishimiz kerak. Har bir hudud o‘z rahbarini o‘zi saylasa, rahbarning xalq va jamiyat oldidagi ma’suliyatini keskin oshirishga erishish mumkin1”, – deb ta’kidlab o‘tgan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi keyingi yillarda davlat hokimiyati va boshqaruvini yangi demokratik asoslarda shakllantirish, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirishga katta ahamiyat qaratildi. Ushbu jarayonlarda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga asosiy e’tibor qaratildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard maqsad davlatning iqtisodiyotini boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko‘zda tutilgan edi. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov rahbarligida boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazish, mamlakatimizda yangi mahalliy boshqaruv instituti bo‘lmish – hokimlik lavozimini joriy qilish orqali mahalliy boshqaruv tizimini yangi asoslarda shakllantirishga muhim e’tibor qaratildi. Viloyatlar, shahar va tumanlar hududida milliy ongimiz va an’analarimizga xos hokimlik instituti barpo etildi. Ayni zamonda, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishga, ya’ni mahallaga katta erk va huquqlar berildi. Yangi boshqaruv tizimi xalqimiz tabiatiga, xalqimiz talabiga mos kelib, yurtimizda tinchlik va totuvlikni saqlash garovi bo‘lmoqda1. 1992-yil
4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonuni asosida mahalliy davlat hokimiyatining ikki mustaqil vakillik va ijroiya organlari hokimlik institutining huquqiy asoslarini belgilab berdi”2. Yangi davrda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida boshqaruvning mas’ul shaxs – hokim qo‘lida mujassamlanishi islohotlarni amalga oshirilishda demokratik davlat qurish tamoyillarini tatbiq etish imkoniyatlarini yaratib berish bilan bir qatorda mamlakatimizda o‘tish davrida kuchli ijro hokimiyati tizimini shakllantirishga yordam berdi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda bugun mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari ketayotgan bir vaqtda mahalliy davlat hokimiyati tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Demokratik islohotlar yanada chuqurlashgan hozirgi bosqichda huquqiy fan oldida davlat qurilishi sohasida, xususan mahalliy ijro hokimiyati organlariga (hokimlik instituti) ham oid tegishlicha yangi vazifalar yuzaga kelmoqda. Zero, ularni yechimini topmasdan turib demokratiya yo‘lida samarali ilgarilab bo‘lmaydi. Shu bilan birga, amaliyotda hali hokimlik institutining aholi bilan ishlashda mavjud samarali shakl va uslublardan yetarlicha foydalanmayotganligi bilan bog‘liq muammolar uchramoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Mahalliy hokimlik va kengashlar bundan 27 yil avval, ya’ni, hokimlik instituti joriy etilgan dastlabki paytda qabul qilingan Qonun asosida ishlamoqda. Bu hujjat bugungi islohotlarimiz talablariga mutlaqo javob bermasligini hisobga olib, uni tubdan yangilash zarur1”, deb mazkur muammolarga o‘z e’tiborini qaratgan edilar. Aynan yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni samarali bartaraf etish maqsadida hokimlik instituti faoliyatini takomillashtirish zaruriyati mavjud va ushbu malakaviy bitiruv ishida biz hokimlik institutining shakllanishi va rivojlanishi hamda uning huquqiy asoslarini takomillashuvi bilan bog‘liq masalalarni dolzarb hisoblab uning tadqiqotimizning asosiy obyekti sifatida qarab chiqishni lozim topdik.

Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling