Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


Bitiruv malakaviy ishining obyekti


Download 140.27 Kb.
bet4/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

Bitiruv malakaviy ishining obyekti. O‘zbekistonda hokimlik institutining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari, hokimlik instituti faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy masalalar tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar va tuman hokimlarining qarorlari va boshqa qonun osti hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatiga bag‘ishlangan tadqiqotlar tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari. Ishda ilmiy tadqiqotning tizimlashtirish, dialektik, tarixiy, sotsiologik, mantiqiy, statistik, qiyosiy-huquqiy va boshqa usullaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, oltita paragrafni o‘z ichiga olgan uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB. O‘ZBEKISTONDA HOKIMLIK INSTITUTINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI




1.1. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlarining konstitutsiyaviy maqomi


O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadidan kelib chiqib, 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonuni asosida mahalliy davlat hokimiyatining ikki mustaqil vakillik va ijroiya organlari hamda joylarda yakkaboshchilik asosida ish olib boruvchi hokimlik lavozimi joriy qilindi. Yangi davrda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida boshqaruvning mas’ul shaxs – hokim qo‘lida mujassamlanishi islohotlarni amalga oshirilishda demokratik davlat qurish tamoyillarini tatbiq etish imkoniyatlarini yaratib berdi. Qolaversa, bu tizim mamlakatimizning tarixiy davlatchilik tajribalaridan kelib chiqib joriy etilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev hokimliklar xususida fikr bildirib bir necha marta : “hokimlar bu mening joylardagi vakillarimdir. Ularni o‘zim himoya qilaman1degan edilar. O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti mobaynida mamlakatda demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida davlat va jamiyat qurilishi sohasida izchillik bilan uzluksiz islohotlar olib borayotgan bir davrda, davlat organlari tizimida ijro etuvchi hokimiyat o‘ziga xos o‘rin tutadi. Zotan, davlat boshqaruvi organlarining kundalik faoliyati qonunlarning ijrosini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holda kechadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” yangi qonun loyihasi ishlab chiqib, viloyat, tuman, shahar hokimlarining va boshqa mansabdor shaxslarning o‘z faoliyati yuzasidan tegishli hududdagi aholi oldida hisobot berish va hisobotga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tartibini joriy etish2 vazifasini ilgari surganlar. Bugungi kunda, davlat nazorati barcha ijro hokimiyati strukturasida qonuniylikni, inson huquqlarini himoya qilish ularga rioya qilinishi ta’minlashga o‘z yo‘nalishini qaratishi va samarali olib borishi va shu o‘rinda jamiyatni yanada demokratlashtirish vazifalari ustuvor vazifa sifatida ushbu hokimiyat tarmog‘i faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishni taqazo etadi


Fikrimizcha, ijro etuvchi hokimiyat tushunchasi – hokimiyat organlarining bo‘linish prinsipidan kelib chiqadi, uning mazmuni ijro hokimiyati xususiyatlari bilan belgilanadi. Ijro hokimiyati faoliyat ko‘rsatishi yuzasidan jamoatchilik nazoratining zarurligi yana bir qator omillar ta’siri bilan tavsiflanadi1. Xususan, ijro hokimiyati faoliyati boshqa hokimiyat tarmoqlariga ko‘ra jamiyat tomonidan ko‘proq nazorat qilinishni taqozo etadi2. Zotan, ijro hokimiyati o‘z tizimi va tarkibining kengligi bilan boshqa hokimiyat tarmoqlaridan ajralib turadi. Bu hokimiyat tarmog‘ining juda katta boshqaruv va moliyaviy resurslarga, tashkiliy imkoniyatlarga hamda katta sonli xodimlar majmuasiga egaligi, shuningdek qonunda belgilangan asoslarda va tartiblarda kuch ishlatish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlarini ham o‘z ichiga olganligi ijro hokimiyatining davlat mexanizmida tutgan o‘rnini belgilab beradi. Ijro hokimiyati organlari davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarining oddiy yig‘indisi bo‘lmay, balki boshqa hokimiyat tarmoqlariga nisbatan ta’sir etish vakolatlariga ega bo‘lgan, barcha huquq subyektlari uchun majburiy bo‘lgan normativ tusdagi qonunosti hujjatlari chiqaradigan hokimiyat tarmog‘idir3.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadidan kelib chiqib, 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida mahalliy davlat hokimiyatining ikki mustaqil vakillik va ijroiya organlari hamda joylarda yakkaboshchilik asosida ish olib boruvchi hokimlik lavozimi joriy qilindi4. Yangi davrda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida boshqaruvning mas’ul shaxs – hokim qo‘lida mujassamlanishi islohotlarni amalga oshirilishda demokratik davlat qurish tamoyillarini tatbiq etish imkoniyatlarini yaratib berdi. Qolaversa, bu tizim mamlakatimizning tarixiy davlatchilik tajribalaridan kelib chiqib joriy etilgan edi. 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mustaqil taraqqiyot yo‘limizni belgilab berdi. Ushbu Konstitutsiyada o‘ziga xos mahalliy davlat hokimiyat organlari tizimi belgilab berildiki, bugun ushbu tizim samaradorligining kafolati sifatida xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
99-moddasiga muvofiq, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar1. Konstitutsiyamizning
100-moddasida esa, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiruvchi masalalar belgilab berildi. Unga ko‘ra mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:

  • qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

  • mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;

  • mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

  • normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasida 1993-yil 2-sentabrda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining tizimi, tuzilishi, vakolatlari, vazifalari, tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy faoliyat shakllari, ularning joylarda qonuniylikni taminlashda o‘zaro huquqiy munosabatlarini belgilab berdi. Mazkur Qonunning 1-moddasida “viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir deb mustahkamlangan1.
O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida yakkaboshchilik asosida ish olib boruvchi hokim lavozimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari kengashlari oldida hisobdordirlar. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi vakillari hisoblanadi. Viloyat va Toshkent shahar hokimlarining Prezident tomonidan tayinlanishi markaziy va mahalliy davlat organlari o‘rtasidagi konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgandir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
102-moddasiga muvofiq, vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarini shakllantirishda siyosiy partiyalar va harakatlarning faol ishtiroki uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish uchun, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda rivojlangan davlatlarning tajribasini qiyosiy o‘rgangan holda, siyosiy partiyalarning faolligini oshirish maqsadida “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2007- yil mart oyida qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonun davlat va jamiyat hayotida, davlat qurilishida muhim islohotlar davrini boshlab berdi1. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli xil mulkiy munosabatlar hamda xo‘jalik yuritishning yangi shakllari vujudga kelishi huquqiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi masalalarni hal qilishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini yakkaboshchilik asosida boshqaruvini tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi2. Mahalliy ijroiya va vakillik organining boshqaruvini yakka shaxs ya’ni hokim qo‘lida mujassamlanishi o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun hokimning shaxsan javobgarligini mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasida hokimlar faoliyatida o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgarligi nazoratini tashkil qilishdagi muhim yo‘nalishdan biri aholini qabul qilish, fuqarolar istak-xohishlarini o‘rganish, omma bilan bevosita muloqotda bo‘lishdir. Zero, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning samarali hal etilishi, pirovard natijada, inson huquqlarini ta’minlashning moddiy kafolatini yaratishga olib keladi. Hozirgi kunda, davlat nazorati ijro hokimiyati tizimida qonuniylik, inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlashga o‘z yo‘nalishini qaratishi va samarali ekanligi bilan birga, ayni paytda, jamiyatni yanada demokratlashtirish vazifalari ushbu hokimiyat tarmog‘i faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilishini taqozo etadi.
Jumladan, professor O.T.Xusanov “demokratik davlatda qonuniylik, huquqiy tartibot, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash asosiy tamoyillardan biri sifatida belgilanishi, shu bois mahalliy davlat hokimiyati organlariga mas’uliyatli vazifalarning yuklanishi, ularni joylardagi davlatning bu boradagi hamma funksiyalarini bajara olish qobiliyatiga ega organ darajasiga aylantirish davlatchiligimizning muhim yo‘nalishlaridan biri3”, deb ta’kidlagan edi. Demak, bugungi kunda nafaqat oliy vakillik organining funksiyalarini takomillashtirish lozim, balki mahalliy vakillik organlarining ham funksiyalarini takomillashtirish, ularni amalga oshirish mexanizmlarini mukammal ishlab chiqish ushbu mavzuning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, amaliyotda hali mahalliy ijro hokimiyati organlarining aholi bilan ishlashda mavjud samarali shakl va uslublardan yetarlicha foydalanmayotganligi bilan bog‘liq muammolar uchramoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Mahalliy hokimlik va kengashlar bundan 27 yil avval, ya’ni, hokimlik instituti joriy etilgan dastlabki paytda qabul qilingan Qonun asosida ishlamoqda. Bu hujjat bugungi islohotlarimiz talablariga mutlaqo javob bermasligini hisobga olib, uni tubdan yangilash zarur1” deb mazkur muammolarga o‘z e’tiborini qaratgan edilar. Albatta, bugungi kunda Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish zaruriyati mavjud, chunki mazkur organlar davlat organlari tizimida muhim o‘rin egallaganligi va son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etuvchi bo‘g‘in bo‘lganligi bois ular orqali asosan mamlakat oliy siyosiy rahbariyatining qarorlarini amalga tadbiq etilishi ta’minlanadi. Shu tariqa, mahalliy ijro hokimiyati organlarining umumdavlat vazifalarini bajarishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilash, ular faoliyatiga eng samarali shakl va uslublarni joriy etish, shuningdek mazkur organlar huquqiy maqomining keyingi rivojlanish istiqbolini aniqlash davlat qurilishining hozirgi bosqichdagi dolzarb vazifalardan sanaladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Bundan tashqari, oxirgi ikki yilda hokimlarning 2,5 mingga yaqin qarori sudlar tomonidan bekor qilingani bundan buyon ularning qaror qabul qilishida ochiqlikni ta’minlash zarurligini taqozo etmoqda. Shuning uchun mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo‘yish va e’lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimi joriy etiladi2” deb takidlab o‘tgan edilar. Bugungi kunga kelib, yuqoridagi kabi muammolarning yuzaga kelishiga chek qo‘yish maqsadida va mahalliy boshqaruvni yanada demokratlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish
chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 390-son qarori qabul qilindi. Endilikda “E-qaror” elektron tizimini chetlab o‘tgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlar to‘g‘ridan to‘g‘ri “E-qaror” tizimi orqali keng jamoatchilik kuzatib borishi mumkin. “E-qaror” elektron tizimini yurtimizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvi shaffoflashishiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari paymol bo‘lishining oldini olishga shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlarini keltirib chiqaruvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan normalarni o‘rnatilishini oldini olishga xizmat qiladi.
O‘z navbatida, davlat hokimiyati organlari faoliyatining muvaffaqiyati mahalliy ijro hokimiyati organlarining qay darajada samarali amal qilib turganligiga bog‘liq. Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining takomillashuvi siyosiy tizimning rivojiga bevosita hizmat qiladi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari funksiyalarini hozirgi davr sharoitlariga mos holda shakllantirish bo‘yicha maqbul bo‘lgan yechimlarini topish masalasini muhim ahamiyatga ega. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etish jihatlarini kompleks nazariy va tizimli tadqiq qilishni o‘tkazish va shular asosida ilmiy-asoslangan xulosalarni ishlab chiqish, bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkil etilishining huquqiy asosi bo‘lib, hokimiyatining hokimlar boshchilik qiladigan halq deputatlari Kengashlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida, huquqiy demokratik davlat qurish prinsiplariga mos holda tashkil qilingan va faoliyat yuritishi taminlangan organlardir. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish
chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 390-son qarori - endilikda “E-qaror” elektron tizimini chetlab o‘tgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilishga yo‘l qo‘ymaydi. “E-qaror” elektron tizimini yurtimizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvi shaffoflashishiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari paymol bo‘lishining oldini olishga shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlarini keltirib chiqaruvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan normalarni o‘rnatilishini oldini olishga xizmat qilishi fakti ma’lum. Shu nuqtai nazardan hokimlik institutiga quyidagicha ta’rif berishni lozim, deb topdik: hokimlik instituti – bu hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga muvofiq tarzda ijro hokimiyatining yagona va yaxlit tarmog‘i bo‘lib, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradigan davlat organlari hamda tuzilmalarining tizimidir.

Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling