Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 140.27 Kb.
bet3/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda hokimlik institutining shakllanishi va rivojlanishi masalalari A.A.Azizxo‘jaev, A.A.Agzamxodjaev, Sh.Kurbanov., E.Seitxalilov2, O‘zbekiston mustaqil yo‘ldan rivojlanayotgan sharoitda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati va uni tashkil etish muammolari O.T.Husanov, A.T.To‘laganov, S.K.Abdurazakov, Sh.Yu.Abdullaev, R.R.Siddiqov, D.Axmedov, G.Malikova, Sh.B.Bilolxo‘jaeva, M.Valiev, Z.A.Reymova, B.Jo‘raev, X.S.Lutfullaev, A. Saidjonov,
Ye.D. Kutibaeva va boshqalar tomonidan tadqiq etildi3. Bu olimlarning asarlarida davlat hokimiyati mahalliy organlarining umumiy muammolari o‘rganilgan. Mazkur muammolarga doir maxsus dissertatsiya tadqiqotlari Sh.I.Jalilov, Sh.Yu.Abdullaev, X.I.Ruzmetov, Yu.G.Jumaev, A.Cho‘lliev, K.A.Tojiboeva, M.To‘raqulov tomonidan amalga oshirilgan4.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. O‘zbekiston Respublikasida hokimlik institutining yuridik tabiatini va huquqiy maqomining xususiyatlarini kompleks tahlil qilish, hokimlik instituti faoliyatini tashkil etishda huquqni qo‘llash amaliyoti bilan nazariy va huquqiy asoslarning o‘zaro aloqasini ta’minlash sohasidagi asosiy tendensiyalarni aniqlash va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat tizimida hokimlik institutining joriy etilishi va rivojlanish jarayonini tahlil qilish;
- hokimlik institutining davlat-huquqiy tabiatini, uning mazmuni, mohiyatini, davlat boshqaruvidagi o‘rni, roli va ahamiyatini nazariy jihatdan o‘rganish;
- hokimlik instituti faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tadqiq etish, ularning mazkur institutni yanada isloh qilishdagi rolini aniqlash;
- hokimlik apparatining ichki tuzilishini tahlil qilish, uning bo‘linmalarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibini o‘rganish; hokimlik apparati faoliyat uslubining mazmunini aniqlash;
- hokimlik apparati xizmatchilarining huquqiy maqomini o‘rganish;
- hokimlik instituti faoliyati va uni tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar hamda ularni amalga joriy etish mexanizmlarini taklif qilish.

Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling