Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


O‘zbekistonda hokimlik institutining rivojlanish bosqichlari


Download 140.27 Kb.
bet5/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

1.2.O‘zbekistonda hokimlik institutining rivojlanish bosqichlari


Mamlakatimiz o‘z o‘tmishida turli davrlarni boshidan kechirdi. Sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan, o‘z davlatini o‘zi boshqarish huquqidan mahrum etilgan xalq istiqlol tufayli o‘zining milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, o‘zining boshqaruv tizimini tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Aynan shu davrda boshqaruvning milliy xususiyatlarini aks etgan samarali mexanizmini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etar edi va bu jarayonda hokimlik institutining o‘rnatilishi to‘g‘ri tanlangan qadam desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Tadqiqot ishining ushbu qismida biz hokimlik institutining qaror topishi zaruriyati va ahamiyatiga oid masalalarni tadqiq etamiz. Davlat boshqaruv organlari faoliyatning tarkibiy, tashkiliy-huquqiy shakli sifatida xalq noiblari mahalliy Kengashlarining ijroiya qo‘mitalari uzoq yillar muhim o‘rinni egallab keldilar. Ijroiya qo‘mitalari Kengashlari qarorlarini bajarish va ularning ishini tashkil qilish uchun javobgar edilar1. 1980-yillar oxirida xalq noiblari kengashlari bilan ularning ijrochi organlari o‘rtasidagi vazifalar ajratilgach, ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida faqat Kengash qarorlarini bajarish vazifasi qoldi. Ularning ishida keskin burilish bo‘lmadi. Faoliyatida hamon rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik, nomigagina javob yozish faqat o‘z idorasining manfaatini ko‘zlash, mahalliychilik, hamma narsani sir tutish, dabdababozlik, shtatda xodimlarning ortiq darajada bo‘lishi hukmronlik qilar edi. Shu bois ijroiya qo‘mitalarini ijrochi, hokimiyatning boshqa shakllari bilan almashtirish zarurligi to‘g‘risidagi ovozlar tez-tez eshitila boshlanganligi bejiz emas. «Turli darajadagi Kengashlar hokimiyat jilovini o‘z tomonlariga burishga harakat qila boshladilar. Hokimiyat uchun eng qizg‘in kurash bir xil nufuzdagi Kengashlar va ijro-boshqaruv organlari orasida avj oldi. 1991-yil noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Toshkent shahrida tajriba tariqasida hokim (shahar boshlig‘i, mer) lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan hokimiyatni mujassamlashtirishi lozim edi2.
Keyinchalik bu tajriba butun Respublikaga yoyildi. O‘zbekiston Respublikasining yangi davlat tizimi ilgaridan amalda bo‘lib kelgan xalq deputatlari Sovetlari – davlat hokimiyati organlarining yagona tizimini tashkil etishga barham berdi, joylarda mahalliy vakillik va ijroiya organlari orasida batamom yangicha ish shakllarini o‘rnatdi. Ma’lumki, mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida yuzaga kelgan bu yangicha ish shakllari, yangicha munosabatlarni vujudga keltirdi. Bu munosabatlar batafsil o‘rganilishi va chuqur ilmiy tahlil qilinishi lozim. Bu esa o‘z navbatida yangi sharoitda davlatning, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining g‘oyat muhim vazifasi siyosiy partiyalar, nodavlat, ijtimoiy tuzilmalar, fuqarolik jamiyatining endigina paydo bo‘lib kelayotgan xilma-xil institutlari bilan ishlash va hamkorlik qilishning yangidan yangi shakllarini izlab topishni taqoza qiladi1.
Shunday qilib, O‘zbekiston o‘z amaliyotida “uzoq tarixiy tajribalarga, milliy an’analarga tayangan holda ilg‘or mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni o‘rganib, o‘zining davlat idoralarini tubdan qayta tashkil qila boshladi. Bu ayrim hollarda ilgaridan mavjud bo‘lgan davlat organlari (shakl jihatdan saqlab qolinib, yangi sharoitga moslab sifat jihatdan o‘zgartirishlar kiritish natijasida yangilangan bo‘lsa (masalan, mahalliy vakillik organlari), ayrim davlat organlari, ya’ni ijro hokimiyati organlarining mutlaqo yangi turi hokimliklar ta’sis etildi»2. Hokimlik lavozimi ijro hokimiyatini kuchaytirish maqsadida vujudga keltirildi. Hokim nafaqat joylarda ijro hokimiyatini boshqaradi. Ular vakillik organlarini ham boshqaradi, lekin bu ularning vakillik organidan ustunligini ko‘rsatmaydi, rahbarlik bu yerda vakillik organlarining ishini tashkil etishga qaratilgan, ya’ni ular vakillik organlarining sessiyalarini chaqiradi, sessiya ishiga rahbarlik qiladi, sessiyada qabul qilingan qarorlarni imzolaydi. Hokim mutlaqo yangi lavozim bo‘lib, uning faoliyati asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
99-104–moddalarida mustahkamlangan. Hokim joylarda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi, vakolat muddati – 5 yil. Hokim o‘z faoliyatini yakkaboshchilik asosida olib boradi, bu esa uning ma’suliyatini oshiradi. Hokim o‘zi rahbarlik qilayotgan organlar faoliyati uchun shaxsan javobgardir. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimidan farq qilib, hokimlar tumanga bo‘ysinuvchi shaharlarda ham mavjud. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadidan kelib chiqib, 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonuni asosida mahalliy davlat hokimiyatining ikki mustaqil vakillik va ijroiya organlari hamda joylarda yakkaboshchilik asosida ish olib boruvchi hokimlik lavozimi joriy qilindi1. Yangi davrda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida boshqaruvning mas’ul shaxs – hokim qo‘lida mujassamlanishi islohotlarni amalga oshirilishda demokratik davlat qurish tamoyillarini tatbiq etish imkoniyatlarini yaratib berdi. Qolaversa, bu tizim mamlakatimizning tarixiy davlatchilik tajribalaridan kelib chiqib joriy etilgan edi2. Hokimlik instituti xususida fikr bildirar ekan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti quyidagi fikrlarni bildirib o‘tadilar: “hokim, yetakchi degan shaxs, xalq qanday yashayapti, uning orzu-intilishlari, tashvish-muammolari nimadan iborat – barcha-barchasidan, albatta xabardor bo‘lishi kerak3. Konstitutsiyada belgilangan qoidalar keyinchalik 1993-yil 2-sentyabrda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida rivojlantirilib, unda mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy, moliyaviy asoslari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari strukturasi va ular faoliyatining tashkiliy asoslari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, xalq deputatlari kengashlari va hokimlarning vakolatlari, xalq deputatlari kengashi va hokimning faoliyatida qonuniylikning kafolatlariga oid normalar o‘z aksini topdi4 . Hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari tegishli hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va huquqiy munosabatlarida kelib chiqayotgan muammolarni hal etish maqsadida jamoat birlashmalari, korxona, muassasa, tashkilot va davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan organdir. Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini tegishli qonun talablari asosida amalga oshirilishini tashkil etadi5. 2011-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi ma’ruzasida bayon qilingan qonunchilik tashabbuslariga muvofiq tayyorlangan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98- moddalariga)»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi va Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi. Ushbu ma’ruzada qonunning qabul qilinishi zarurati chuqur va mufassal asoslanib, O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davomida o‘z oldiga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi
sa’y-harakatlarimizni chuqur ilmiy tahlil qilgan holda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, bu yo‘nalishlar bo‘yicha oldimizda turgan konkret vazifalar belgilab berilgan edi. Bu ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
- davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish;
- sud-huquq tizimini isloh etish;
- axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta’minlash;
-O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;
- fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish;
- demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish1.
Bu yo‘nalishlarning hammasi o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularning har biri bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish boshqa yo‘nalishlardagi islohotlarga ham o‘zining bevosita ta’sirini o‘tkazadi. I.A.Karimov tomonidan ta’kidlaganidek, “agarki, biz iqtisodiy va sotsial sohani isloh etish jarayonlarini ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq tizimini muntazam yangilab borish jarayonlari bilan o‘zaro aniq va chuqur, uzviy bog‘liq holda amalga oshirishni ta’minlamas ekanmiz, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida belgilab olgan yuksak marralarimizga erisha olmaymiz”. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, biz bir haqiqatni esdan chiqarishga haqqimiz yo‘q, ya’ni hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Islohotlar va o‘zgarishlar yo‘lida faqatgina erishilgan marralar bilan cheklanib qolish aslo mumkin emas. Islohotlar va o‘zgarishlar jarayoni hech qachon nihoya bilmaydi. Albatta, biron-bir bosqich yakunlanishi mumkin, ammo hayotning o‘zi yangidan-yangi bosqich va vazifalarni oldimizga qo‘yaveradi1.
Hokimlar faoliyatida o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgarligi nazoratini tashkil qilishdagi muhim yo‘nalishdan biri aholini qabul qilish, fuqarolar istak-xohishlarini o‘rganish, omma bilan bevosita muloqotda bo‘lishdir. Zero, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning samarali hal etilishi, pirovard natijada, inson huquqlarini ta’minlashning moddiy kafolatini yaratishga olib keladi.
Bizga ma’lumki, hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolatlari doirasi O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni2, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi esa 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilandi 3.
Fikrimizcha, mazkur hujjatlarning samaradorligi ularni tayyorlashga va tajribada ishlab chiqilgan va qonunchilikda ko‘rsatilgan ma’lum talablarning bajarilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bunda xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning har bir qarori asoslantirilgan, ya’ni ularda muayyan masalaning yechimi mavjud bo‘lishi ayniqsa muhim. Shuningdek, Kengash va hokimning qabul qiladigan har bir qarori yuqori turuvchi organlar qarorida ko‘rsatilgan u yoki bu masalaning qonunda belgilangan huquqiy vositalar yo‘li bilan hal qilish chora-tadbirlar belgilanishini ifoda etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda hokimlik institutining joriy qilinishi mamlakatimizda mahalliy davlat boshqaruvi tizimini isloh etishning muhim bosqichi bo‘ldi va joylardagi ijro hokimiyatini amalga oshirishda samarali mexanizm sifatida to‘laqonli hayotga tatbiq etildi. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda hokimlik institutini rivojlanish bosqichlarini quyidagicha tasniflashni joiz, deb bildik: eng qadimgi davr (mil.av. II ming yillikdan milodiy V asr), o‘rta asrlar davri (VI asrdan XX asr boshlari), yangi davr (1920-yildan 1991-yillar), eng yangi davr (1991-2016-yillar), yangi O‘zbekiston davri (2016-yildan).



Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling