Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


II BOB. O‘ZBEKISTONDA HOKIMLIK INSTITUTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAHLILI


Download 140.27 Kb.
bet6/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

II BOB. O‘ZBEKISTONDA HOKIMLIK INSTITUTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAHLILI



2.1. O‘zbekistonda mahalliy ijro va vakillik organining boshqaruvini yakka shaxs – hokim qo‘lida mujassamlanishi masalalari


Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli xil mulkiy munosabatlar hamda xo‘jalik yuritishning yangi shakllari vujudga kelishi huquqiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi masalalarni hal qilishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini yakkaboshchilik asosida boshqaruvini tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Mahalliy ijroiya va vakillik organining boshqaruvini yakka shaxs – hokim qo‘lida mujassamlanishi o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun hokimning shaxsan javobgarligini mustahkamladi1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 103-moddasiga muvofiq, viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar1. U o‘z vakolatlarini amalga oshirishda, xususan qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilishda turli tashkiliy shakllardan foydalanadi. Bunday tashkiliy shakllar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:



  • hokimlik huzuridagi jamoatchilik kengashlari;

  • faollar yig‘ilishi;

  • hokimlik soati yig‘ilishi;

  • hokimlik apparat yig‘ilishi;

  • hokimlik huzurida komissiyalar va boshqa ishchi organlar.

Faollar yig‘ilishi hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga taalluqli turli masalalar bo‘yicha hokimlik ish-rejasiga asosan, Vazirlar Mahkamasi topshirig‘i, hokim yoki uning o‘rinbosarlari taklifiga binoan yoki viloyat hokimligi topshirig‘i asosida o‘tkaziladi. Faollar yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar hokim tomonidan tasdiqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy hayotining dolzarb masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan faollar yig‘ilishlari tegishli hokim o‘rinbosarlari tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi bilan hamkorlikda tayyorlanadi va barcha hujjatlar kamida 5 kun oldin hokimga taqdim qilinadi. Faollar yig‘ilishi bayoni iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish hududiy tuzilmasi tomonidan tayyorlanadi va hokim tomonidan tasdiqlangandan so‘ng rasmiylashtirish uchun umumiy bo‘limga topshiriladi. Umumiy bo‘lim bayonni ro‘yxatga oladi, unga tartib raqami beradi. Yig‘ilish bayonining nazorat-rejasi tuzilib, hokim tomonidan tasdiqlanadi. Faollar yig‘ilish bayonining ijrosi bo‘yicha monitoring
tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan olib boriladi. Hokimlik tashkiliy-nazorat guruhi faollar yig‘ilishi o‘tkazilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilishini ta’minlaydi.
Hududning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy hayotidagi muhim va dolzarb masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni tezlik bilan hal qilish, keyingi oydagi vazifalarni belgilash maqsadida hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga hokim raislik qiladi. Hokim soati, odatda, har oyning oxirgi haftasida o‘tkaziladi. Hokimlik soati yig‘ilishiga quyidagi masalalar qoida tariqasida kiritiladi:

oydagi vazifalar;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va hukumat qarorlari ijrosining holati;

  • tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarning borishi;

  • fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning oylik tahlili;

  • nazorat va ijroning xolati;

  • kadrlar masalalari;

  • dolzarb masalalar;

Hokim soati yig‘ilishi kun tartibi yig‘ilish o‘tkazilishidan 10 kun oldin umumiy bo‘lim mudiri tomonidan tayyorlanib ijrochilarga yetkaziladi. Hokim soati yig‘ilishlariga masalalarni tayyorlash hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlash uchun hokim tomonidan komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin. Hokim soati yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha hujjatlar yig‘ilishdan 5 kun oldin hokimga taqdim etiladi. Hokim soati yig‘ilishi ishtirokchilari hokim tomonidan belgilanadi. Qo‘shimcha taklif qilinadiganlar ro‘yxati 5 kun oldin bo‘lim va guruhlar tomonidan umumiy bo‘limga taqdim qilinadi. Hokim soati yig‘ilishiga sohalar bo‘yicha ishtirokchilarni taklif qilish hokim yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi. Yig‘ilishni tashkiliy texnik tomonidan ta’minlash tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Yig‘ilish bayoni umumiy bo‘lim mudiri tomonidan rasmiylashtiriladi, 1 kunlik muddatda imzolash uchun hokimga taqdim etiladi. Tasdiqlangan bayon 2 kunlik muddatda barcha ijrochilarga yetkaziladi. Yig‘ilish bayonlari ijrosining nazorati umumiy bo‘lim tomonidan amalga oshiriladi. Umumiy bo‘lim mudiri navbatdagi hokim soatida oldingi yig‘ilishda berilgan topshiriklarning ijrosi to‘g‘risida axborot kiritadi.

Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling