Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


Download 140.27 Kb.
bet12/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

Ilmiy-nazariy xulosalar

  1. Hokimlik instituti – bu hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga muvofiq tarzda ijro hokimiyatining yagona va yaxlit tarmog‘i bo‘lib, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradigan davlat organlari hamda tuzilmalarining tizimidir.

  2. Hokimlik institutining o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash maqsadga muvofiq deb topildi: birinchidan, hokimlik instituti davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarining quyi bo‘gini; ikkinchidan, boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan o‘zaro ta’sir etish funksiya va vakolatlariga ega; uchunchidan, barcha huquq subyektlari uchun majburiy bo‘lgan normativ tusdagi qonunosti hujjatlarini ishlab chiqishi; to‘rtinchidan, kompetensiyasining turfa xilligi tufayli umumiy yo‘nalishlardagi mas’ullik.

  3. Mamlakatimizda hokimlik institutini rivojlanish bosqichlarini quyidagicha tasniflashni zarur: eng qadimgi davr (mil.av. II ming yillikdan milodiy V asr), o‘rta asrlar davri (VI asrdan XX asr boshlari), yangi davr (1920-yildan 1991-yillar), eng yangi davr (1991-2016-yillar), yangi O‘zbekiston davri (2016-yildan).

  4. Mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati xalq deputatlari kengashlari va hokimlarning qarorlarini tayyorlashni quyidagi o‘zaro bir-biri bilan aloqador bo‘lgan bosqichlarga tizimlashtirish mumkin: qaror loyihasini tayyorlash, qaror qabul qilish, qaror ijrosini ta’minlash, qaror ijrosini tekshirish.

II. Normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni quyidagi modda bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq. Zotan, shahar va tuman hokimligiga nomzodlarni partiyalar ko‘rsatishi, shuningdek hokimning xalq hamda partiya vakillari oldidagi mas’ulligini kuchaytirish talab etiladi. Zero, hududiy kengashda eng ko‘p deputatlik o‘rni olgan partiya guruhlari hokimlikka o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin qilib belgilansa, bunda nomzod tomonidan hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini xalq vakillari oldida himoya qila olgan taqdirda, hokimlik lavozimiga tasdiqlanish tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, siyosiy partiyalar saylov jarayonlarida asosiy rol o‘ynaydi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda, Prezidentlik saylovlarida va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilishi lozimligi belgilangan. Mahalliy kengashlarni ham mustaqil davlat organi sifatida oladigan bo‘lsak, unga nomzodlarni ko‘rsatish faqat siyosiy partiya tomonidan amalga oshirilishi lozim.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunini “hokimliklar faoliyati natijadorligini baholash tartiblari” joriy qilinishi hokimliklarga ya’ni baholash mezonlariga aloqador barcha ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuni e’tiborga olish lozimki baholash mezonlari sifatida hududga aloqador deyarli barcha ko‘rsatkichlar kiritilishi, hokimliklarga bevosita aloqador va ularning vakolatidagi ko‘rsatkichlarga, shuningdek hududlarning o‘ziga xosligi, ekologik va iqtisodiy salohiyatiga qarab zamonaviy menejment tamoyillari asosida jahon tajribasi va xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadigan reyting talablarini hisobga olgan holda KPI tizimi ya’ni baholash tizimini joriy qilish zaruriyati mavjud. Chunki hokimliklar faoliyati natijadorligini baholash, uning mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha qator xorijiy va mamlakatimiz olimlari tomonidan izlanishlar olib borilgan. Masalan, G.Fetisova va O.Pritula, VAnriyanov va A.Tyurikov va A.Yakunin, A.Bagirova, O.Notman, Y.Veresh kabi olimlar o‘z izlanishlarida bu haqida to‘xtalib o‘tgan. Bundan tashqari qator xorijiy davlatlarda faoliyat samaradorligini baholash tizimi (KPI) yo‘lga qo‘yilgan va bu o‘z samarasini amalda ko‘rsatilgan. Ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida ayrim xorijiy davlatlar Avstraliya, Germaniya, Kanada Fransiya va boshqa davlatlar tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari asoslangan va ularda baholash mezonlari yo‘nalishlari sifatida quyidagilar taklif etilgan:

  1. fuqarolarga xizmat ko‘rsatish, transport xizmatlaridan samarali foydalanish tanlovini yaratish;

  2. Atrof muhit muhofazasini ta’minlash;

  3. Biznes yuritishga ko‘maklashish;

  4. Innovatsion va raqobatbardosh davlat xizmatlari ko‘rsatish;

  5. Budjet daromadlari manbasini kengaytirish;

  6. Investitsiyalarni infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirish va boshqalar.

  1. Hokimlarning bir vaqtning o‘zida ham ijro hokimiyati, ham vakillik hokimiyati rahbari bo‘lishi davlat hokimiyati tizimining bo‘linish prinsipiga muvofiq kelmaydi. Xalq bu deputatlar, deputatlar esa xalq saylagan vakillar hisoblanadi. Hokim tomonidan mahalliy kengashlarga hisobot berilishi lozim, qanday qilib kengash raisi ijro hokimiyati boshlig‘i sifatida qo‘l ostidagi kengash a’zolariga hisobot berishi mumkin. Masalan, senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hokimlarning bir vaqtning o‘zida ham ijro hokimiyati, ham vakillik hokimiyati rahbari bo‘lishi noto‘g‘ri ekanligini o‘z nutqlarida ta’kidlab “Bu masalani Konstitutsiya bilan yechib qo‘yish kerak”- deb aytib o‘tdilar. Xalq uchun eng muhimi – markaziy emas, mahalliy hokimiyat hisoblanadi. Shu sababli, bu boradagi takliflarni mamlakatimizda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda inobatga olish lozim hisoblanadi.

  2. Qozog‘iston Respublikasining 2001-yil 23-yanvardagi № 148-II “Qozog‘iston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida” gi Qonunida respublika ahamiyatidagi viloyat va shahar hokimlarining vakolatlari alohida, viloyat ahamiyatidagi tuman va shaharlarning hokimlari vakolatlari alohida belgilangan. O‘ylashimizcha viloyat ahamiyatidagi va tumanlar ahamiyatidagi ishlar umumiy jihat hisoblanmaydi. Respublikamiz “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasi va Konstitutsiyamizning 99-moddalarida hokimlarning vakolatlari umumiy keltirilgan va ular bo‘linmagan. Mahalliy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha hokimliklarning Respublika ahamiyatidagi hokimliklarning vakolatlarini belgilash ularning tashkiliy huquqiy vakolatlarini belgilash, vakolat manbaini yagona qonun orqali amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz. Viloyat ahamiyatidagi tuman va shaharlar hokimlarining ham vakolatlarini belgilash tavsiya etiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlari bir biridan farq qiladi.

  3. Hokimlarni vakolatlarini muddatdan oldin tugatish masalalariga ham e’tibor qaratish lozim. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasiga ko’ra, “Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi” deb belgilangan. Ushbu masalada hokim tomonidan o‘z faoliyatini amalga oshirish masalalarida, demokratiya va inson huquqlariga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirgan taqdirda tegishli mahalliy kengashlar tomonidan hokimlar vakolatlarini muddatidan oldin tugatish masalalarini kun tartibiga qo‘ya olmog‘i lozim. Shu masalalar yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligi tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qozog‘iston Respublikasining 2001-yil 23-yanvardagi № 148-II "Qozog‘iston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida" gi Qonunining
24-modasida “hokimlarni vakolatlarini tugatish Maslihat deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismining tashabbusi bilan shahar hokimiga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida masala qo‘yilganda amalga oshiriladi. Bunday holda, deputatlar umumiy sonining ko‘pchiligi shahar hokimiga ishonchsizlik bildirish va uni o‘z lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti yoki oliy hokim oldiga qo‘yish uchun ovoz beradi” deb belgilab o‘tilgan. Shularni inobatga olgan holda davlatimizda demokratiya institutini va fuqarolik jamiyatini jadal rivojlantirish maqsadida yuqoridagi fikrlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaymiz.


Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling