Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet93/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Regress (qaytarma) majburiyat

Regress atamasi qadimgi Rim huquqida vujudga kelgan bo’lib, o’sha davrlarda bu atama bugungi kundagi vazifani bajargan. Regress – lotincha “regressus” so’zidan olingan bo’lib, “orqaga harakat” degan ma’noni anglatadi1. “Regress” atamasi (“progress” – “oldinga harakat” atamasiga qarama-qarshi o’laroq) so’zma-so’z tushunilganda “orqaga harakat, qaytarma” ma’nolarini ifodalaydi. Shu sababli ko’pchilik vaziyatlarda “regress talabi” o’rniga uning sinonimi bo’lgan “qaytarma talab” atamasi qo’llaniladi. “Regress” fuqarolik huquqida “qaytarish” tushunchasini, masa­lan, birov uchun to’langan pulning qaytarish to’g’risidagi talabni bildiradi. Qaytarma majburiyat sheriklik va qo’shimcha majburiyat­larni bajarishdan kelib chiqadi. Sherik qarzdorlardan biri kredi­torga nisbatan majburiyatni to’la hajmda bajarib, keyinchalik ular uchun to’langan summani, qilingan ish xarajatlarini qolgan qarzdorlardan qaytarma talab asosida qoplata oladi. Odatda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda regress majburiyatlar asosiy majburiyatni qarzdor o’rniga uchinchi shaxslar bajarganda yoki uchinchi shaxsning aybi bilan majburiyat bajarilmagan hollarda yuzaga keladi.


Regress majburiyat o’ziga xos quyidagi belgilari bilan ta’riflanadi:
a) regress majburiyat asosiy majburiyatning hosilasi hisob­lanadi;
b) unda ishtirok etuvchilarning bittasi yoki barchasi asosiy majburiyatning subyektlaridan hisoblanadi;
v) asosiy majburiyatni regress majburiyat taraflaridan biri tomonidan bajarilishi yoki regress majburiyatning o’zini vujudga kelishi, unda ishtirok etuvchi shaxslarning harakati yoki harakatsizligi bilan bog’liq.
Regress majburiyat bo’yicha qatnashuvchi kreditor regredient deb ataladi. U albatta asosiy majburiyatda qatnashuvchi hisoblanadi. Regress majburiyat bo’yicha qarzdor “regressatom” deb nomlanadi. Regressatom asosiy majburiyatda qatnashgan yoki qatnashmagan bo’lishi ham mumkin, lekin asosiy majburiyatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uning muayyan harakatlarni amalga oshirishi yoki oshirmasligiga, shuningdek regredient uchinchi shaxs oldidagi vazifasini bajarilishiga bog’liq1.
Qaytarma (regress) majburiyat deb, bir taraf ikkinchi taraf uchun uchinchi shaxs oldida bajargan majburiyatni qaytarish to’g’risida talab qila olish huquqiga aytiladi. Regress (qaytarma) talabda ham boshqa majburiyatlar singari ikki taraf ishtirok etadi. Masalan, qarz shartnomasiga asosan, qarzdorlardan biri qarzni to’la hajmda to’lasa, qarz majburiyati bekor bo’ladi. Lekin boshqa qarzdorlar uchun qarzni to’lagan qarzdor ulardan tegishli summani undirish uchun qaytarma talab qila oladi. Agar majburiyatni to’la hajmda ba­jargan qarzdor bu to’g’rida boshqa sherik qarzdorlarini ogohlantir­masa, sherik qarzdorlar majburiyatni bajarmagan bo’lsa, zarar ko’rgan qarzdor qolgan qarzdorlarga nisbatan qaytarma da’vo qo’zg’ata olmay­di. U faqat kreditorga nisbatangina uning asossiz olganini qayta­rishi to’g’risida da’vo qila oladi. Qaytarma talab uchinchi shaxsga nisbatan qilingan xarajatning umumiy miqdoridan oshmasligi kerak.
Qaytarma majburiyat xo’jalik tashkilotlari o’rtasidagi munosa­batlarda ko’proq tarqalgan. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotdan sotib oluvchi tashkilotga mahsulot sifatsiz bo’lgani uchun jarima to’laganida, bunday sanksiyaga (jarima) tortilishi mahsulot tayyorlovchi tashkilotning shartnoma shartlarini buzganligi sababli vujudga kelganligi ko’rsatilib, keyinchalik bu jarima summasining o’ziga qaytarilishi to’g’risida mahsulot tayyorlovchi tashkilotga qaytarma da’vo qo’zg’ata oladi.
Binobarin, qaytarma da’vo tashkilotlar o’rtasida har bir xo’ja­lik yurituvchi subyektning o’z majburiyatiga nisbatan javobgarligi­ni oshiradi va u muayyan ahamiyatga ega bo’ladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling