Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet94/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Fuqarolik huquqining asosiy institutlari hisoblangan mulk huquqi va majburiyat huquqi institutlarining o’zaro bog’liqligi va nisbatini tahlil qiling?


2. Kreditorning solidar qarzdorlarga nisbatan talabini amalga oshirish shakli va qarzdorlarning qarshi talabini ta’minlashning o’ziga xosligi va ushbu munosabatlarning huquqiy “kombinatsiyalari” bo’yicha mushohada yuriting?
3. Ahrorov do’sti, estrada xonandasi – Komilov bilan xizmatdoshlarini chaqirib, uning qo’shiqlarini uy sharoitida eshitish to’g’risida kelishib oldi. Ammo belgilangan muddatga bir soat qolganda Komilov Ahrorovga telefon qilib, borolmasligini, uyda o’tirib futbol matchini tomosha qilishini aytdi.
Ahrorov Komilov tomonidan barbod qilingan uchrashuvga tayyorgarlik ko’rib, qilgan xarajatlari (sotib olingan oziq-ovqat va ichimliklar haqi)ni va yetkazilgan ma’naviy zararni to’lashni undan talab qildi.
Ahrorovning Komilovga nisbatan bunday talab qo’yishiga huquqiy asos bormi?
4. Ikki yonma-yon joylashgan dala hovli egalari, o’z yer uchastkalarida bahorgi va kuzgi tozalash ishlarini navbatma-navbat o’tkazishni kelishib olishdi. Ayni paytda, Fayzievning uchastkasi Safarovning uchastkasidan ikki baravar katta ekanligini hisobga olib, Safarov tomonidan o’tkaziladigan tozalash uchun, Fayziev eng kam ish haqi miqdorida haq to’lashi lozimligi haqida ham kelishib olishdi.
Dastlabki tozalov ishlarini Fayziev amalga oshirdi, lekin Safarov o’z majburiyatini bajarganda, Fayziev haq to’lashdan bosh tortdi va o’rtalaridagi shartnoma maishiy xarakterda bo’lib, yuridik kuchga emas emasligini aytib o’tdi.
Fayzievning fikrlari asoslimi? Fikringizni asoslang.
17-MAVZU. MAJBURIYaTLARNI BAJARISh

Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari. Majburiyatlarni bajaruvchi subyektlar (shaxslar). Bajarish predmeti. Majburiyatni bajarish muddati, joyi va usuli.




Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari

Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga muvofiq, muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi – kreditorga ashyoni topshirish, ma’lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish muayyan harakatdan saqlanganlik kabilardan iborat.


Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan olingan majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishi xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni mustahkamlash, jamiyatning tobora o’sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol o’ynaydi.
Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo’lmagan taqdirda esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo’yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Bunda taraflarning har biri o’z majburiyatlarini ancha tejamli bajarishi, ikkinchi tomonga uning o’z majburiyatlarini bajarishda har tomonlama yordam ko’rsatishi lozim.
Majburiyatlar davlat hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan bo’lsa, ularda ko’rsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. Agar qonun hujjatlarida majburiyatni bajarish sharti ko’rsatilmagan bo’lsa, majburiyatlar o’zaro kelishib qo’yiladigan talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon xo’jalik aloqalarining rivojlanishini ko’zlab, tejamlilik bilan va o’zaro hamkorlikda zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi.
Majburiyatning bajarish predmeti yuklangan majburiyatning xarakteriga qarab faol harakatni amalga oshirish yoki harakatdan saqlanish hisoblanadi. Odatda FKda ko’proq faol harakatdan iborat majburiyatlar o’rin olgan.
Majburiyatlarni bajarish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Ular: majburiyatlarni lozim darajada bajarish, kelishilgan va maqbul usulda bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun bajarish, aniq bajarish, tejamlilik va o’zaro hamkorlikda bajarish kabilardir.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish tamoyili deganda, majburiyatlar qo’yilgan talablarga to’liq javob beradigan darajada, bekamu ko’st va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar o’z majburiyatlarining lozim darajada bajarilishidan bab-baravar manfaatdor bo’lishlari, bir-birlariga ko’maklashishlari faraz qilinadi.
Mazkur tamoyil yuklatilgan majburiyatlarni majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo’lmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo’yiladigan boshqa talablarga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi jamiyat manfaati hamda uning tobora o’sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlarni lozim darajada bajarilishidan nafaqat majburiyat o’z foydasiga bajarilayotgan subyekt, balki oxir-oqibatda jamiyatning har bir a’zosi manfaatdor bo’ladi. Chunki barcha xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan o’z majburiyatini lozim darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham, garchi ular bevosita bunda kreditor sifatida qatnashmasalarda, salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish ularni qonun huj­jatlariga, shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qo’yiladigan talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi bo’yicha o’z vaqtida bajarilishini anglatadi.
Majburiyatlarni bajarishning yana bir tamoyili – bu majburiyatlar kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilish tamoyilidir. Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyati anglashilmasa va qonun bilan belgilab qo’yilgan bo’lmasa, shartnomada ko’rsatilgan bo’lishi kerak (FK 238-modda). Ushbu tamoyil mazmuniga ko’ra o’z navbatida majburiyatlarni real (asl holicha) bajarilishi, uni bajarishda tejamli usullardan foy­dalanish, majburiyat bajarilishida taraflarning hamkorlik qilish haqidagi qoidalarini anglatadi. Bu qoidalarni ham shartli ravish­da, garchi qonunda bevosita sanab o’tilmagan bo’lsa-da, majburiyat­larni bajarish tamoyillari sifatida qarash mumkin.
Majburiyatlarning aniq bajarilishi tamoyili – shartnomada ko’rsatilgan harakatning aynan o’zi bajarilishining, topshirilishi lozim bo’lgan narsaning (mahsulotning) asl holatida topshirilishi­ni bildiradi. Bu tamoyil ayrim adabiyotlarda “majburiyatlarni asl holatda bajarish tamoyili” deb ham nomlanadi. Bu FKning 330-moddasi mazmunidan kelib chiqib belgilangan.
Majburiyatning qarzdor aybi bilan kechiktirilishi yoki lozim darajada bajarilmasligi hollarini nazarda tutib, belgilangan neustoyka (jarima, penya)ning ham majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi natijasida kelib chiqqan zararning undirilishi – majburiyatni asl holida bajarishdan qarzdorni ozod qilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari majburiyatni bajarishda bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi (FK 237-modda). Ammo bu qoida yuqorida aytilganidek, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi majburiyatlar uchun qo’llanilmaydi. Chunonchi, topshiriq shartnomasi bo’yicha topshiriq beruvchi bergan topshirig’ini har vaqt bekor qila oladi, topshiriq olgan shaxs xohlagan vaqtida topshiriqni bajarishdan bosh torta oladi. Temir yo’l va boshqa turdagi transport vositasida yo’lovchilar tashish munosabatida ham yo’lovchi talabi bilan shartnoma har qachon bekor qilinishi mumkin.
Majburiyatlarni bajarishda tejamlilik qoidasiga muvofiq majburiyatni bajarishda taraflar kam xarajat bilan ko’p foyda keltirishga qaratilgan harakatlarni qilishlari lozim. Bu qoida kreditor va qarzdorga majburiyatni bajarish jarayonida eng qulay hamda eng foydali usuldan foydalanish lozimligini belgilaydi. Chunonchi, pudrat shartnomasi bo’yicha pudratchi ishni buyurtmachi materialidan bajarishda materialni tejamlilik bilan sarflashi va u noto’g’ri ishlatilishi uchun javobgar bo’lishi belgilangan. Yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashuvchi yukni eng qisqa yo’ldan tashishi ko’rsatilgan.
Majburiyatlarni bajarishda o’zaro hamkorlik va tejamkorlikda bajarish tamoyillari ham mavjud. Majburiyatlarni bajarishda o’zaro hamkorlik tamoyiliga binoan har ikki tomon majburiyatni bajarishda bir-birlariga zarur bo’lgan yordamni ko’rsatishlari lozim. Chunonchi, kreditor majburiyatning bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo’lishi bilan birga qarzdorning o’z majburiyatini bajarishda unga yordam berishga, ko’maklashishga ham majbur. Masalan, kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo’jalik mahsulotlarining davlat yo’li bilan xarid qilinishida tayyorlovchi (mahsulot qabul qiluvchi) tashkilotlar qishloq xo’jalik korxonalariga mahsulotlar yetishtirishda, mahsulotni tashishni tashkil qilishda yordam ko’rsatishi zarur.
Majburiyatlarni tegishli shaxs uchun bajarish tamoyili Fkning 240-moddasida o’z ifodasini topgan. Bunga asosan, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa va ish muomalasi odatlaridan yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor majburiyatni bajarish chog’ida ijroni kreditorning o’zi yoki bu ish uchun u vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni talab qilishga haqli bo’ladi va bunday talabni qo’ymaganlik oqibatlari xavfi uning zimmasida bo’ladi.



















Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling