Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Majburiyatlarni bajaruvchi subyektlar (shaxslar)


Download 1.75 Mb.
bet95/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Majburiyatlarni bajaruvchi subyektlar (shaxslar)

Majburiyatni o’z nomidan ijro etuvchi va ijroni qabul qilib oluvchilar majburiyat ijrosining subyekti hisoblanadilar. Ijro subyektlari majburiyat subyektlariga hamma vaqt ham mos kelmasligi mumkin. Majburiyat subyektlari barcha hollarda qarzdor va kreditor bo’ladi. Ijro subyektlari esa ayrim hollarda qarzdorlari uchun majburiyatni bajaruvchi boshqa biror shaxs bo’lishi, kreditor uchun ijroni qabul qiluvchi uchinchi bir shaxs bo’lishi ham mumkin.


Ammo ba’zi hollarda majburiyat kreditor uchun uning ko’rsatmasiga binoan, boshqa shaxsga ham ijro etilishi mumkin. Masalan, mahsulot oluvchi ulgurji savdo bazasi manziliga kelishi lozim bo’lgan mahsulot (tovar)ning bevosita savdo korxonalariga yuborilishi to’g’risida mahsulot yetkazuvchi bilan kelishishi mumkin.
Qarzni depozitga qo’yish yo’li bilan majburiyatning bajarilishi to’g’risida FKning 249-moddasida aytilganki, majburiyat bajarilishi lozim bo’lgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs bo’lmasa yoki vakil rozi bo’lmasa, majburiyat bo’yicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yo’qligi ko’rinib turgan bo’lsa, xususan bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar o’rtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan kreditorning ijroni qabul qilishdan bo’yin tovlashi yoki uning tomonidan bosh­qacha yo’l bilan kechiktirilishi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Pul summasini yoki qimmatli qog’ozlarni notarius yoxud sudning depozitga qo’yishi, majburiyatni bajarishi hisoblanadi.
Depozitga pul yoki qimmatli qog’ozlar qo’ygan notarius yoxud sud kreditorni bundan xabardor qiladi.
Notarial idoraning depozitga qarzni qo’yish yo’li bilan majbu­riyatning bajarilishiga oid munosabatlar O’zbekiston Respublikasi­ning “Notariat to’g’risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunning 74-moddasida aytilishicha, pul summalari va qimmatli qog’ozlar depozitga qo’yilganligi haqida notarius kreditorga xabar qiladi va uning talabi bo’yicha unga tegishli bo’lgan pul summalari va qimmatli qog’ozlarni topshiradi.
Majburiyatning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi FKning 241-moddasida ko’rsatilgan. Umuman, majburiyatning bajarilishi FKning 241-moddasida ko’rsatilganidek, uchinchi shaxs zimmasiga ham yuklatilishi mumkin. Qonunda aytilishicha, agar qonun hujjatlari­da yoki shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa, shuningdek uchinchi shaxs taraflardan biri bilan tegishli shartnoma orqali bog’liq bo’lsa, shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning bajarilishi uchinchi shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini uchinchi shaxs zimmasiga yuklash uchun quyidagi asoslar bo’lishi kerak:
1) belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan bo’lishi, chunonchi, yukni bir necha transport korxonasi ishtirokida tashishda shartnoma faqat bir transport korxonasi (yukni jo’natish punkti) bilan tuzilsa ham, majburiyatni bajarishda (yukni tashishda) boshqa transport korxonalarining ishtiroki transport qonunlarida ko’rsatilgan bo’lishi kerak;
2) ma’muriy jihatdan bo’ysunish holatining bo’lishi, masalan, qurilish tresti bilan o’ziga bo’ysungan qurilish boshqarmasiga majburiyatni bajarishni topshirishi kerak;
3) majburiyatning bajarilishi uchinchi shaxs zimmasiga yuklanishi shartnoma bilan belgilangan bo’lishi kerak. Chunonchi, ta’minotchi tashkilot mahsulotni yetkazuvchidan olib, o’zi iste’molchilarga yubormasdan, bu vazifani (majburiyatni bajarishni) o’zaro kelishuv bo’yicha mahsulot yetkazib beruvchiga yuklashi ham mumkin.
Bunday hollarda FKning 241-moddasi, 2-bandida ko’rsatilganidek, agar qonun, shartnoma yoki majburiyat mazmunidan majburiyatni qarzdorning shaxsan o’zi bajarishiga majburiligi anglashilmasa, kreditor qarzdor uchun uchinchi shaxs tomonidan taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart.
Biroq majburiyat bajarilmaganligi uchun, basharti qonun hujjatlari yoki shartnomada uchinchi shaxsning javobgar bo’lishi nazarda tutilmagan bo’lsa, shartnomadagi taraf javobgar bo’ladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling