Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet96/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Bajarish predmeti

Moddiy narsalar (ashyolar, pullar), ishlar va xizmatlar, shuningdek ijodiy mehnat natijalari (yaratilgan asarlar), umuman nimaning barpo etilishi yoki topshirilishi to’g’risida majburiyat belgilansa u bajarish predmeti bo’ladi. Faqat u fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar bo’lishi kerak.


Masalan, kreditorga majburiyat bo’yicha muayyan bir ashyoni, chunonchi, o’ziga xos belgilari bo’lgan narsani topshirish lozim. Aytaylik, majburiyat predmeti jismiy alomatlari, chunonchi, son, og’irlik yoki o’lchov bilan belgilanadigan bo’lsa, qarzdor tomonidan shu xildagi son, og’irlik yoki o’lchov bilan belgilanadigan ashyo topshirilishi kerak.
Majburiyatni bajarish predmetida sifat masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sifat majburiyatni bajarilishi oqibatida kreditor qabul qilib olgan majburiyat natijasida – tovar, ish, xizmat, intellektual faoliyat natijasidan qoniqish hosil qilish imkonini beradi va kelajakda turli nizolarni kelib chiqmasligini ma’lum darajada kafolatlaydi.
Pul majburiyatida u so’mlar bilan chet el valyutasidagi muayyan summadagi ekvivalent (teng) bo’lgan summadagi yoki shartli pul birliklari (Evro, “maxsus qarz olish huquqlari” va hokazolar) bilan to’lanishi lozimligi nazarda tutilishi mumkin. Bunday hollarda, odatda, hisob-kitoblar to’lov kunidagi rasmiy kurs bo’yicha belgilanadi. Pul to’g’risidagi majburiyatlarni chet el valyutasida ifodalash hamda to’lashga faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan hollarda va tartibda yo’l qo’yiladi.
Muqobil va fakultativ majburiyatlar. Qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini qilishga majbur bo’lishi (FKning 250-moddasi) muqobil majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, ikki fuqaro o’rtasidagi oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotuvchi oluvchiga o’zida bo’lgan bir narxdagi ikki narsadan birini, masalan, yo televizor yoki xolodilnikni sotish to’g’risida kelishishlari mumkin. Bunda shartnoma predmeti ikki ashyo bo’lib ko’riladi. Bu ashyolardan birini tanlab olish bilan majburiyatni bajarish huquqi qonun, shartnoma yoki majburiyat mazmunidan boshqacha hol anglashilmasa qarzdorga beriladi.
Fakultativ majburiyat deb, asosan, qarzdor muayyan bir harakatni qilishga majbur bo’lib, shu bilan birga mazkur majburiyatda nazarda tutilgan harakat o’rniga boshqa bir harakatni qilish huquqini o’zida saqlab qolishga aytiladi. Chunonchi, shartnomada televizor sotilishi ko’rsatiladi, ammo shu bilan birga sotuvchi televizor o’rniga xolodilnikni sotish huquqini o’ziga belgilab qo’yadi.
Majburiyatlarning muqobil va fakultativ majburiyatlarga bo’linib bajarilishining ma’lum huquqiy oqibatlari bor. Chunonchi, muqobil majburiyatda ko’rsatilgan ashyolardan biri tasodifan nobud bo’lsa, o’rniga ikkinchisi topshiriladi. Demak, bunday holda majburiyat bekor bo’lmaydi. Ammo fakultativ majburiyatda ko’rsatilgan asosiy narsa tasodifan, qarzdorning aybi bilan bog’liq bo’lmagan holda nobud bo’lsa, bunday majburiyat bajarish mumkin bo’lmaganligi tufayli bekor bo’ladi.
Ulushli va sheriklik majburiyatlarning bajarilishi to’g’risida o’n to’qqizinchi mavzuda batafsil to’xtab o’tiladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling