Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud muhokamasining oshkoraligi prinsipi


Download 464.55 Kb.
bet27/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud muhokamasining oshkoraligi prinsipi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi, IPKning 11-moddasida mustahkamlangan.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 11-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi. Davlat sirini, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq sud majlisida videokonferensaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisning audio va videoyozuvlari amalga oshirilmaydi.
Eshitish yopiq sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda ishni elektron shaklda shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning oshkoraligi prinsipi quyidagi ahamiyati bilan ajralib turadi:
birinchidan, oshkoralik bu sudlarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishining muhim kafolati hisoblanadi;
ikkinchidan, oshkoralik prinsipi jamoatchilikning odil sudlov ustidan nazorat yuritishni ta’minlaydi;
uchinchidan, mazkur prinsip muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, u jarayonda ishtirok etuvchilar va tadbirkorlar qonunni buzsa qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqishi haqida ogohlantiradi;
to‘rtinchidan, oshkoralik prinsipi sud hokimiyatining qandayligini, bu to‘g‘risida aholini ma’lum bir sud jarayoni haqida ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlaydi;
beshinchidan, odil sudlovni amalga oshirishda xalq nazoratining o ‘ziga xos shakli hisoblanadi.
Sud hujjatlarining majburiyligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi IPKning 5-moddasiga binoan iqtisodiy sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrug'i shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Iqtisodiy sud qabul qilgan sud hujjatlarini bajarmaslik Iqtisodiy protsessual kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu prinsip ham barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun odil sudlov hujjatlarini ijrosini to‘liq ta’minlash, ularning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni hamda sud hujjatlariga rioya qilinishi, ularda ko‘rsatilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini amalda ta’minlaydi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling