Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet53/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

birinchidan, vakil tortishuv hujjatlariga (da’vo arizasi, firk-mulohaza va boshqalar), sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi sud hujjatlaridan ustida beriladigan shikoyatlarni imzolash vakolatiga ega bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, vakil quyidagi huquqlarga ham ega, ya’ni da’vo talablaridan to‘liq yoki qisman voz kechish va da’voni tan olish, da’vo predmetini yoki asosini o‘zgartirish, kelishuv bitimi tuzish. Da’vodan voz kechish, da’voni tan olish, kelishuv bitimi tuzish sud muhokamasining yakunlanishiga olib keladi. Natijada ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudga ikkinchi bor murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uchinchidan, vakil bundan tashqari, boshqa mas’uliyatli harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Bularga ishni hakamlik sudiga topshirish, vakolatlarini boshqa shaxsga topshirishlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Mazkur vakolatlarning har biri ishonch bildiruvchi uchun huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, ijro ish yurituvchi doirasida vakil tegishli pul mablag‘i yoki boshqa mol-mulklarni olishi mumkin.
Har bir maxsus vakolat ishonch bildiruvchi vakilga maxsus vakolatlarni amalga oshirishga huquq bersa, buni ishonchnomada qayd etishning o‘zi yetarli hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun mulkni boshqarishga vakolatli bo‘lgan organnning roziligi talab etilishi mumkin.
Sudda vakillik qiluvchi shaxsga da’vo arizasini imzolash va uni taqdim etish huquqi berilishi mumkin. Agar da’vo arizasi da’vogarning vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, unga tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma yoki vakilning da’vo arizasini imzolash huquqi mavjudligini isbotlovchi boshqa hujjatni ham taqdim etishi kerak.
Aks holda sudya uchun IPKning 107-moddasiga ko‘ra da’voni ko‘rmasdan qoldirish yoki 155-moddaga ko‘ra da’vo arizasini qaytaradi.
Shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan fikr-mulohazasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga fikr-mulohazaning hamda ularda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda iqtisodiy sudga yuborishga haqli.
Yana bir holatda IPKning 270-moddasiga ko‘ra ham apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan fikr-mulohaza bildirish qoidalari nazarda tutilgan.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olgach, uning yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini va fikr-mulohazaning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni apellatsiya shikoyati ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda iqtisodiy sudga yuborishga haqlidir.
Shuningdek, kassatsiya instansiyasida ham mazkur qoidalarga rioya qilinadi. Ya’ni IPKning 293-moddasiga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga fikr- mulohaza nusxalari jo‘natilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati
(protesti) ko‘rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda iqtisodiy sudga yuborishga haqlidir.
Bunda shuni qayd etish kerakki, fikr-mulohaza bildirgan vakilning
ishonchnomada uni imzolash huquqi maxsus nazarda tutilishi lozim.
Vakil sud qarori ustidan agar unga maxsus vakolat berilgan bo‘lsa, shikoyat taqdim etishi mumkin. Shikoyatni imzolagan vakil unga ishonchnomani yoki bunday vakolatni tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etishi lozim. Bunday hujjatlarni ilova qilmaslik o‘z-o‘zidan hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Qonuniy vakillar vakil qilinuvchi protsessual muomala layoqatiga ega bo‘lganda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan barcha protsessual harakatlarni bajara oladilar.
Qonuniy vakillar boshqa vakillardan farqli ravishda bunga alohida vakolatlarsiz, mustaqil ravishda protsessual harakatlarni amalga oshiradilar. Lekin, ba’zi holatlarda ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun vasiylik va homiylik organining roziligi talab etiladi.
To‘la muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoxud vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar iqtisodiy sudda vakil bo‘la olmaydilar.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya'ni o‘n sakkiz yoshga to'lgach to'la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o'tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling