Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet52/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKda advokatning vakolatlarini qay tarzda rasmiylashtirish zarurligi ko‘rsatilmagan va kodeksda havolaki norma nazarda tutilgan. IPKning 62-moddasi 3-qismiga ko‘ra advokatning vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra advokatning ma’lum bir ishni yuritishga doir vakolati order bilan tasdiqlanadi. IPKning 62-moddasi 1-qismiga binoan ishonchnomaning orderdan farqini ko‘rsatib o‘tish joiz. Chunki ishonchnoma nafaqat ma’lum bir ishni iqtisodiy sudda olib borish uchun, balki ma’lum muddatga bir qancha turli ishlarni yoki bir guruhdagi aynan bir xil ishlarni yoxud tashkilot yoki fuqaroning barcha ishlarini ishonchnoma amal qiladigan muddat davomida yuritishga imkon beradi. Order faqat ma’lum bir alohida ishni olib borish uchun beriladi. Yana bir o'ziga xos farqli jihati shundaki, ishonchnoma ishonch bildirayotgan shaxs - yuridik shaxs rahbari yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxs tomonidan beriladi, order esa advokatlik byurosi, firmasi, hay’ati boshlig‘i (rahbari) tomonidan beriladi.
IPKning 65-moddasida vakil sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati berilgan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, advokat agar uning advokatlik litsenziyasi to‘xtatilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, iqtisodiy protsessda (aynan advokat bo‘lib) qatnasha olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi 3-qismi bayoni muammoli hisoblanadi. Unga ko‘ra advokat, taraf sifatida sud ishlarini yuritishning hamma bosqichida protsessning ishtirokchilari kabi teng huquqlarga ega. Ammo, bu qoida IPKning protsessda ishtirok etuvchi taraflarga izoh berilgan tegishli normalarga zid keladi. IPKning 43-moddasiga ko‘ra protsessda da’vogar (arizachi) va javobgar taraflar hisoblanadi. IPKga binoan advokat ishda qatnashayotgan shaxs ham, taraf ham emas. U faqat vakil maqomiga ega.
Iqtisodiy sudda ishonch bildirayotgan shaxsning (mijozning) manfaatlari yuzasidan vakillik qilish mijozning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha advokatlik faoliyatini amalga oshirishning muhim bir shaklidir.
Advokatlik faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan mazkur turi shu bilan ham muhimki, unda mijoz va qarshi tomon o‘rtasida nizoli vaziyat yuzaga kelganida hamda bu mijozning mulkiy (moddiy) manfaatlariga daxldor bo‘lganida uning manfaatlarini sudda advokat himoya qilishi kerak bo‘ladi. Ushbu holatda, mijoz manfaatlarini ishonchli va malakali himoya qilish hamda egallangan huquqiy pozitsiyaga sud tomonidan qabul qilingan hujjat bilan tasdiqlangan huquqiy tus berish nihoyatda zarur bo‘ladi.
Qonun chiqaruvchi orderning mazmuni qanday bo‘lishi zarurligini belgilab bermagan. Odatda, orderda advokat haqida ma’lumotlar uning advokatlik byurosi, firmasi, hay’atiga mansubligi, order berilgan ish to‘g‘risida, shuningdek advokatlik tashkiloti hamda advokat sudda manfaatlarini himoya qiladigan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma haqida ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarga ega bo‘lgan vakil iqtisodiy sudda ishtirok etish uchun jalb qilinadi va o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida sudda harakat qilishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, Iqtisodiy protsessual kodeks ayrim protsessual harakatlarni ishonchnomada yoki boshqa hujjatlarda maxsus nazarda tutilishini ham belgilaydi. IPK 63-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sudda ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, bundan da’vo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, da’vo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va da’voni tan olish, da’vo predmetini yoki asosini o‘zgartirish, kelishuv bitimini tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulkni yoki pulni olish mustasno. Vakilning ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari vakil qilayotgan shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Ushbu vakolatlardan maxsus guruhlarni ajratish mumkin:

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling