Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali
Download 251.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Mehnat huquqi (O`zb)
1-Kazus
Mamlakatimizda barcha sohalar qatori, mehnat munosabatlari tizimi ham tubdan isloh qilinmoqdadir, sohada keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta bu islohotlar ko‘plab Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar tomonidan ham keng e’tirof etilmoqda. Xususan, 2022 yil 28 sentabr kuni AQSh mehnat vazirligi tomonidan e’lon qilingan navbatdagi “Bolalar mehnatining eng yomon ko‘rinishlari” (TDA Report) to‘g‘risidagi hisobotda O‘zbekiston eng yuqori – “muhim o‘zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar” qatoriga kiritildi. Bu rivojnalanayotgan yangi O‘zbekiston uchun albatta, sezilarli natijadir. E’tiborli jihati shundaki, dunyoda 131 davlatdan faqat 9 ta davlat, shu jumladan O‘zbekiston shunday toifaga kiritilgan. Bu esa davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi tufayli inson huquqlari va ularning kafolatlarini taʼminlash, shuningdek, majburiy va bolalar mehnatiga barham berish borasida aniq natijalarga erishish yo‘lidagi xizmatlarining samarasidir. Shuningdek, 2019-2022 yillarda respublika miqyosida 32 ta meʼyoriy- huquqiy hujjat qabul qilindi, Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro migratsiya tashkilotining qator konvensiya va protokollari ratifikatsiyadan o‘tdi, birgina 2021 yilning o‘zida bu yo‘nalishda 16 ta meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilingani ham ta’kidlash joizdir. Mamalakatimizda olib borilayotgan barcha islohatlar faqat inson va uning qadri uchundir. Chunki, bosh qomusimiz hisoblanmush Konstitutsiyamizning 37- moddasida ham “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlab qo‘yilgandir. Gyote aytganidek, “Qonun qudratli, biroq ehtiyoj undandan kuchliroq”dir. Hozirgi kunda qonun talablarini buzuchilar ham, ularni chetlab aylanib o‘tishni xohlovchilar ham oramizda topiladi, albatta. Xususan, yuqoridagi kazusda ham shu holatni ko‘rishimiz mumkindir. Vaziyatga O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi normalari asosida huquqiy baho berib, asoslantiruvchi qismiga o‘tishimizdan avval, kirish qismida kazus haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. Ya’ni, holat bo‘yicha “HAYAT OST” xususiy klinikasida joriy yilning mart oyida shtatlar qisqarishi munosabati bilan barcha xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish xati tarqatilgan va haftaning ular xohlagan kunida ish qidirish uchun imkoniyat berilgan. Amaldagi Mehnat kodeksining 97-moddasi 2-qismida “taraflardan birining tashabbusi” bilan mehnat shartnomasi bekor bo‘lishi mumkin ekanligi aytilgan. Ayni yuqoridagi holatda ham taraflardan biri hisoblanmush ish beruvchi “HAYAT OST” xususiy klinikasi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 100-moddasida nomuayyan yoki muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish asoslari sanab ko‘rsatilgan bo‘lib, asoslar qatoriga quyidagilar kiradi: 1. Texnologiyadagi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishigi olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi; 2. Xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi; 3. Xodim tomonidan o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganlik. Avval mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodimning intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yohud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir-choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi; 4. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi; 5. O‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi; 6. Korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi; 7. Xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda. Bizning kazusimizda ham mehnat shartnomasi MKning 100-moddasi 2- qismi 1-bandi bilan bekor qilinmoqda. Va MKning 102-moddasida belgilangan ogohlantirishning muddatlari va tartibiga rioya etilmoqda. Ammo, yana bir masala bu - ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni yozma Download 251.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling