Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali
Download 251.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Mehnat huquqi (O`zb)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Birinchidan, xodimlarni ishdan bo‘shatish va boshqa dalillarni tekshirish
uchun sud xodimlar sonini qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rilgandan oldin va keyin amalda bo‘lgan shtat jadvallarini, son yoki shtatni qisqartirish to‘g‘risidagi buyruqlarni, ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq kitoblarini so‘raydi va sud 1 https://lex.uz/docs/-1444779 majlisida ko‘rib chiqadi. Bu shuni anglatadiki, “Noto‘g‘ri matn mavjudligi yoki qisqartirish tartibini hujjatlashtirish tartibining buzilishi sud tomonidan butun protsedurani noqonuniy va bekor qilinishi kerak deb tan olish uchun asos bo‘ladi 2 . Ikkinchidan, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida faqat mehnat munosabatlarini bekor qilish huquqiga ega mansabdor shaxsgina ogohlantirilishi mumkinligidan kelib chiqib, sudlar ogohlantirish tegishli mansabdor shaxs tomonidan imzolanganini aniqlashi kerak. Ogohlantirishda xodimning imzosi bo‘lmagan taqdirda ham ish beruvchi xodimning belgilangan muddatda ogohlantirish bilan tanishtirilgani, lekin xodim imzo qo‘yishdan bosh tortgani haqida ishonarli dalillar keltirsa, sud xodimni o‘z vaqtida mehnat shartnomasining bekor qilinishi bo‘yicha ogohlantirilgan deb topishi mumkin. Uchinchidan, ishdan bo‘shatilish vaqtida ularning ijtimoiy holatlari inobatga olinmaganligi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (konktrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 12-sonli Plenum qarorining 25-bandiga ko‘ra, “Birinchi navbatda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquqqa malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlar egadirlar. Ikkinchi navbatda, agar xodimlarning malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lsa, MK 103-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan holatlar hisobga olinishi lozim. Bunda ushbu holatlarning MKning 103-moddasida qay tartibda ko‘rsatilishining ahamiyati yo‘q. Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda ikkinchi navbatda hisobga olinadigan, ko‘p sonli holatlar bo‘yicha afzallikka ega bo‘lgan xodim ishda qoldirilishi kerak. Uchinchi navbatda, agar xodimlarning malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lsayu, bir-birlariga nisbatan MK 103-moddasining 2-qismida belgilangan ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo‘lmasalar, ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq to‘g‘risidagi masalasini hal etishda jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan holatlar hisobga olinadi 3 . Download 251.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling