Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali
Download 251.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Mehnat huquqi (O`zb)
Beshinchidan, esa sud shuni ham yoddan chiqarmasligi kerakki, xodimni
ishga tiklashda unga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati ish beruvchiga yuklatilishini. Sud ish beruvchiga har qanday mehnat huquqining buzilishi oqibatida xodimga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash majburiyatini yuklashi kerak. Ma’naviy zarar miqdori ish beruvchining xatti-harakatlariga baho bergan holda aniqlanib, u xodimning oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas. 4 https://lex.uz/docs/-142859#-143684 “Sud, xodimga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash masalasini hal etishda qaysi holatlarda va ish beruvchining qaysi harakatlari (harakatsizligi) oqibatida unga zarar yetkazilganligi, ish beruvchi aybining darajasi, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o‘tkazishda qonun ochiq-oydin buzilgan- buzilmaganligini aniqlashi, xodimning qanday ma’naviy va jismoniy azoblar chekkanini belgilashi, bu zararlarni u qancha summada yoki boshqacha moddiy shaklda qoplashini baholamog‘i va muayyan nizoni hal qilish uchun muhim bo‘lgan boshqa holatlarni oydinlashtirmog‘i lozim. Ma’naviy va jismoniy azoblar darajasi yetkazilgan ma’naviy ziyonning haqiqiy holati jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari, yetkazilgan azoblarning og‘irligini tasdiqlovchi aniq holatlarga qarab sud tomonidan aniqlanadi” 5 . Ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy zarar miqdori xodimni qanoatlantirilgan moddiy zarar, shuningdek majburan bo‘sh yurgan vaqti uchun beriladigan haq miqdoriga bog‘liq holda qoplanishi mumkin emas. Xulosa qilib shuni aytamizki, fuqaro D.Akramovaning bergan arizasi “Ishga tiklash haqidagi talab” bo‘yicha bo‘lganligi bois davlat boji to‘lashdan ozod qilinganligini, mehnat shartnomasini bekor qilishni asosliligini isbotlovchi dalillarni taqdim etish esa, qonun bilan javobgarga yuklatilganligi sababli ishga tiklash haqidagi da’vo arizalarini FPK 189-moddasi birinchi qismining 6-bandi va 195-moddasi birinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarishga yo‘l qo‘yilmasligini. Va xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqartirish bilan bog‘liq munosabatlarning ayrim tomonlarini qamrab oluvchi ko‘plab mustaqil huquqiy hujjatlarning mavjudligi, ushbu muammolarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zarurligini. Chunki, xodimlar sonini va xodimlarini qisqartirish bo‘yicha ishdan bo‘shatish tartib-qoidalari mehnat munosabatlarining ishlashi uchun ijobiy va salbiy oqibatlarga olib kelishini yuqoridagi vaziyatda ham kuzatdik. Bir tomondan, ushbu asoslar bo‘yicha ishchilarni bo‘shatish ishlab chiqarishni optimallashtirish va mehnat resurslarini qayta taqsimlash vositasi bo‘lishi mumkin, ikkinchi tomondan, norozi ishchilarga bosim o‘tkazish dastagi 5 https://lex.uz/docs/-1444779 bo‘lishi mumkin. Ustiga ustak vaziyat qatnashchisi yuqoridagi holat kabi homilador ayol bo‘lishi bu albatta, kishini o‘ylantiradi. Chunki biz tatbiq qilayotagn ushbu tartib-qoidalarda ishchilarni huquqiy himoya qilish qonun va amaliyotning muhim vazifasidir. Fikrimizning so‘ngida V.Gyugoning “Kimki ayol huquqini himoya qilsa, bola huquqqini himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq aytganda – kelajak huquqini himoya qiladi” 6 degan so‘zlari bilan yakunlashni joiz topdik. 6 https://statuslar.uz/huquq-va-burch-haqida-statuslar-qonun-haqida-hikmatli-so-zlar/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling