Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali


Download 251.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi251.57 Kb.
#1063505
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat huquqi (O`zb)

ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shartligidir. Ushbu vaziyatda bu haqida 
to‘xtalib o‘tilmagani ham, keyinchalik xodimda norozilik fikri tug‘ilib, sudga 
murojaat qilishiga olib kelmagan bo‘lardi. Agar xodim ogohlantirishga qo‘l 
qo‘ymagan taqdirda ham ish beruvchi hech bo‘lmaganda shu holat yuzasidan 
dalolatnoma rasmiylashtirib qo‘yishi lozim edi. Balki, ish beruvchi homilador 
ayolni ishdan bo‘shatayotganligi uchun ham bunday rasmiy ogohlantirish qilmay 
xodimni 
ishdan 
bo‘shatgandir 
(noqonuniy 
ishini 
qonuniylashtirishni 
xohlamagandir). 
Keyingi e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan holat bu - nima uchun, barcha 
xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish xati tarqatilganu, ammo, belgilangan 
muddat kelganda barcha xodimlar emas, balki korxona bo‘linmalari hamshiralari 
ishdan bo‘shatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 
“Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (konktrakti)ni bekor qilishni tartibga 
soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 12-sonli Plenum qarorining 23-
bandiga ko‘ra, 
“Mehnat shartnomasi xodimlar soni (shtati), ishning xususiyati o‘zgarishi 
yoki korxonaning tugatilishi (MK 100-moddasi 2-qismining 1-bandi) munosabati 
bilan bekor qilingan shaxslarning ishga tiklash haqidagi da’volarini hal qilishda 
sudlar: 
haqiqatda xodimlar soni (shtati), ishning xususiyati o‘zgargan-
o‘zgarmaganligini, korxonaning faoliyati tugatilgan-tugatilmaganligini; 
ish beruvchi tomonidan xodimlarni ishdan bo‘shatish tartibini tartibga 
soluvchi mehnat qonunlari normalariga rioya etilgan-etilmaganligini aniqlashlari 


lozim”
1
. Ya’ni bunda mart oyida shtatlar qisqarishi munosabati bilan barcha 
xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish xati tarqatish to‘g‘risidagi buyruqni yoki 
boshqa chiqarilgan lokal hujjatni va nima sababdan 2 oy o‘tgandan keyin faqat 
korxona bo‘linmalari hamshiralari ishdan bo‘shatilganligi va bu xodimlarni 
bo‘shatish uchun asos nima ekanligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni taqdim etishini 
so‘rash kerak bo‘ladi. Biz bu bilan hamma xodimlarni ishdan bo‘shatish kerak 
degan fikrdan umuman yiroqdamiz, balki, bu qisqartirishlar haqiqatdan ham 
qonuniy, reja asosida ketayotganligi faktini bilmoqchimiz xalos. Sababi davlat 
korxonasimi yoki xususiy korxona bo‘lishidan qat’i nazar xodimlar manfaatiga 
putur yetmasligi kerak. Ularni balki, ishdan bo‘shatmasdan ham bo‘sh ish 
o‘rinlarini qisqartirish orqali ham bu qisqartirishni amalga oshirishni tekshirib 
ko‘rish uchun yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlardagi ma’lunotlarni ham o‘rganish 
maqsadaga muvoffiq bo‘lgan bo‘lardi. Shuni ham ta’kidlash joizki, xodim bilan 
mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligini buyruqda ko‘rsatilgan 
asoslar bo‘yicha tekshirishi lozim.
D.Akramova ishga tiklash bo‘yicha ariza bilan sudga murojaat qilishi bu 
ununing konstitutsiyaviy hquqi hisoblanadi. Chunki, Konstitutsiyamizning 44-
moddasida va O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-
sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi 
qonunida ham, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, 
davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy 
xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangandir. Biz 
yoritishimiz kerak bo‘lgan holat esa bu kazusimizning xulosasi uchun xizmat 
qiladigan asoslantiruvchi qismimizning mohiyatini tashkil qiluvchi sudning 
chiqaradigan hal qiluv qarori hisoblanadi. Demak, ushbu hal qiluv qarorini 
chiqarishda sud qaysi holatlarni inobatdan chetda qoldirmasligi kerak. 

Download 251.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling