Toshkent farmatsevtika instituti


Oqsillar  –  emulgator  sifatida


Download 4.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana12.12.2017
Hajmi4.3 Mb.
#22078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

Oqsillar  –  emulgator  sifatida.    Oqsil  tarkibidagi  gidrofil  va  gidrofob 

guruhlar  hisobiga  emulgator  sifatida  boshqa  moddalarning  eruvchanligiga  ta’sir 

etishi  mumkin.  Emulgatorlar  –  bir-birida  erimaydigan    (yog`-suv)  suyuqlik  hosil 

qiluvchi,  emulsiyuani  turg`unlashtiruvchi  moddalardir.  Oqsil  yog`  tomchisining 

yuzasida  yupqa  parda  hosil  qilganida  gidrofob  guruhlari  yog`  tomchisining  yuza 

qatlamida, gidrofil qismi esa uning suvli fazaga qaragan tomonida bo`ladi. Oqsilli 

emulgatorlardan  dori  vositalari,  kapsulalarni,  masalan,  jelatinani  tayyorlashda 

foydalaniladi. Odam organizmida qon va limfaning lipidlari emulgirlangan holatda 

bo`ladi. Buyrak va o`tda tosh hosil bo`lishining sabablaridan biri organizm shilliq 


 

56 


qavatida  glikoproteid  –  mutsinning  yetishmasligi  oqibatida  bo`lishi  mumkin, 

chunki  muhim  gidrofob  mikrozarrachalarni  parchalab,  organizmdan  chiqarib 

yuboruvchi  modda  hisoblanadi.  Sutni  emulsiya  sifatida  qarash  mumkin,  chunki 

unda  mayda  yog`  tomchilari  kazeinogen  (sut  oqsili)  bilan  emulgirlanib,  tekis 

taqsimlanadi, shu sababli ham sutning rangi oq. 

Denaturatsiya  va unga olib keluvchi fizik-kimyoviy omillar. Oqsillarning 

xarakterli    xossalaridan  biri  ularning  turli  fizik  va  kimyoviy  ta’sirlar  ostida  

birlamchi strukturasi saqlangan holda yuqori tuzilish darajasi bo`lgan – ikkilamchi, 

uchlamchi  va  to`rtlamchi  strukturalarining  buzilib,  nativ  (tabiiy)  fizik-kimyoviy, 

eng  muhimi  biologik  xususiyatlarini  yo`qotilishidir. Bu  hodisa  denaturatsiya    deb 

atalib,  eritmani  qizdirish  natijasida  yaqqol  namoyon  bo`ladi  va  avvalo,  oqsilning 

erish  qobiliyati  o`zgarishi  bilan  xarakterlanadi.  Denaturatsiya  faqat  murakkab 

fazoviy tuzilishga ega bo`lgan molekulalar uchungina xos bo`lib, sintetik va tabiiy 

peptidlar bunday xossaga ega emaslar. 

Denaturatsiya vaqtida to`rtlamchi, uchlamchi va hatto ikkilamchi strukturani 

mustahkamlovchi bog`lar uziladi. Natijada polipeptid zanjir yoyilib tartibsiz o`ram 

holatiga  keladi.  Bular    oqsilni  gidrat  qobig`ini  yo`qolishiga  va  cho`kmaga 

tushishiga  sabab  bo`ladi.  Lekin  bu  cho`kma  tuzlanishdan  hosil  bo`lgan 

cho`kmadan  farq  qiladi.  Tuzlanishda  cho`kmaga  tushgan  oqsil  o`zining  tabiiy 

holatini  saqlab  qoladi,  denaturatsiyada  esa  oqsil  o`z  xossalarini  yo`qotadi. 

Kuzatilgan    holat  denaturatsiya  va  tuzlanishga  olib  keluvchi  moddalarning  ta’sir 

etish mexanizmlari turlicha ekanligini ko`rsatadi. 

Denaturatsiyalovchi omillar ikki guruhga bo`linadi: fizik va kimyoviy. Fizik 

omillarga  harorat,  bosim,  mexanik  ta’sirlar,  ultratovush  va  ionlashtiruvchi  nurlar 

kiradi. 


 

57 


 

 

1.14-rasm. Oqsillarning denaturatsiyasi va renaturatsiyasi 



 

Oqsillarni 

issiqlik 

ta’sirida  denaturatsiyalanishi  nisbatan  ko`proq 

o`rganilgan.  Ma’lumki,  oqsillar  qizdirilganda  iviydi  (koagulyatsiyalanadi)  va 

cho`kmaga  tushadi.  Ko`pchilik  oqsillar  termolabil,  ammo  qizdirishga  chidamli 

oqsillar ham ma’lum. Tripsin, ximotripsin, lizotsim va biologik membranalarning 

ayrim  oqsillari  bunga  misol  bo`la  oladi.  Qaynoq  buloqlarda  uchraydigan 

bakteriyalar  oqsillari  qizdirishga  alohida  chidamliligi  bilan  farq  qiladi.  Bunday 

oqsillar qizdirilganda harorat oqsil molekulasining ichki qismidagi bog`larni uzish 

uchun  yetarli  bo`lmaydi.  Oqsillar  izoelektrik  nuqtasida  juda  tez  issiqlik 

denaturatsiyasiga  uchraydi.  Oqsillarning  bu  xossasidan  amaliyotda  foydalaniladi. 

Ayrim oqsillar esa aksincha, past haroratda denaturatsiyalanadi.  

Denaturatsiyaga  olib  keluvchi  kimyoviy  omillarga  kislota  va  ishqorlar, 

organik erituvchilar (spirt, atseton), detergentlar (yuvish vositalari), ayrim amidlar 

(siydikchil, guanidin tuzi), alkoloidlar, og`ir metallar (mis, qo`rg`oshin, bariy, ruh, 

kadmiyning  tuzlari)  kiradi.  Kimyoviy  moddalarning  denaturatsiyalovchi  ta’sir 

mexanizmi ularning fizik-kimyoviy xossalariga bog`liq.  Kislota va ishqorlar oqsil 

cho`ktiruvchi  moddalar  sifatida  keng  qo`llaniladi.  Ko`pchilik  oqsillar  muhit  pH 


 

58 


ning qiymati 2 dan past va 10-11 dan yuqori bo`lganda denaturatsiyalanadi. Ammo 

ayrim oqsillar, masalan giston va protaminlar hattoki pH=2 yoki pH=10 bo`lganda 

ham denaturatsiyalanmaydi. 

Og`ir metallar, alkoloidlar ham cho`ktiruvchi sifatida ishlatiladi, chunki ular 

oqsillarning qutbli guruhlari bilan bog`lanib, vodorod va ion bog`larini uzadi. 

Denaturatsiyalangan oqsillarning xossalari. Denaturatsiyalangan oqsillarga 

xos belgilar: 

1)

 

nativ  oqsil  molekulasiga  nisbatan  funktsional  (COOH,  NH



2

  ,  SH


2

,  OH) 


guruhlar  soni  ortiq  bo`lib,  bir  qismi  odatda  oqsil  molekulasini  ichida 

bo`ladi.  Denaturatsiyada  polipeptid  zanjirning  yoyilishi  natijasida 

qo`shimcha guruhlar yuzaga chiqadi

2)

 



oqsil  molekulasining  yoyilishi  natijasida  gidrofob  radikallar  yuzaga 

chiqadi,  gidrat  qobig`i  va  zaryadini  yo`qolishi  oqsilni  eruvchanligi 

kamaytiradi va cho`kmaga tushiradi

3)

 



oqsil molekulasini konfiguratsiyasi o`zgaradi; 

4)

 



molekulaning  tabiiy  struktura  tuzilishini  buzilishi  oqibatida  biologik 

faolligi yo`qoladi; 

5)

 

tabiiy oqsilga nisbatan denaturatsiyalangan oqsillar proteolitik fermentlar 



ta’sirida  oson  parchalanadi.  Chunki  tabiiy  oqsilning  ixcham  strukturasi 

yoyilib, u g`ovak shakliga o`tadi va uning peptid bog`iga fermentlar ta’sir 

qilishi  osonlashadi.  Shu  sababli  tarkibida  oqsil  saqlovchi  mahsulotlar 

(ayniqsa  go`shtni)  issiqlik  ta’sirida  yoki  boshqa  yo`l  bilan  ishlangandan 

so`ng, ovqat hazm qilish a’zolarida proteolitik fermentlar ishtirokida oson 

hazm bo`ladi. 

Odam va hayvonlar oshqozonidagi tabiiy denaturatsiyalovchi agent – xlorid 

kislota oqsilni denaturatsiyalab, uning fermentlar ta’sirida parchalanishiga yordam 

beradi.  Ammo  oshqozondagi  xlorid  kislota  va  proteolitik  fermentlar  oqsil  tabiatli 

dori  moddalarini  og`iz  orqali  qabul  qilishga  yo`l  qo`ymaydi,  chunki  ular 

denaturatsiyalanib,  shu  joyning  o`zida  parchalanadi  va  biologik  faolligini 

yo`qotadi. 



 

59 


Denaturatsiyalangan  oqsillarning  fizik-kimyoviy  va  biologik  xossalarini 

tiklanishiga  renaturatsiya  yoki  renativatsiya  deyiladi.  Bunda  oqsilning  strukturasi 

avvalgi holatiga kelsa, uning biologik faolligi ham qayta tiklanadi. 

Oqsillarning  denaturatsiya  jarayonidan  klinika,  farmatsiya  va  biologik 

tadqiqotlarda  oqsil  bo`lmagan  va  past  molekulali  moddalarni  ajratib  olishda  

biologik  materialda  oqsilni  borligini  va  uning  miqdorini  aniqlashda;  qo`rg`oshin, 

mis,  simob  bilan  zaharlanganda  davolash  va  profilaktikada  og`ir  metallarni 

bog`lash uchun foydalaniladi. 

Farmatsevtika  amaliyotida  oqsilni  denaturatsiyasidan  oqsil  preparatlari, 

masalan, ampuladagi oqsil preparatlarining sifatini nazorat qilishda foydalaniladi.  

 

Nazorat  savollari 

1.

 



Oqsillarni amfoterlik xossalarini namoyon bo`lishining qanday sabablari bor? 

2.

 



Izoelektrik nuqta nima? 

3.

 



Oqsillarning kolloidlik xossalari nimaga bog`liq? 

4.

 



Osmotik va onkotik bosim nima? 

5.

 



Oqsillarning erishiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar? 

6.

 



Oqsillarning gel hosil qilish qobiliyati nimaga asoslangan? 

7.

 



Tuzlanish nima va undan amaliyotda qanday foydalaniladi? 

8.

 



Denaturatsiya qanday jarayon? 

9.

 



Denaturatsiyalovchi omillarga qanday omillar kiradi? 

10.


 

Denaturatsiyalangan  oqsillar  qanday  xossalari  bilan  tabiiy  oqsillardan  farq 

qiladi? 

 

 



 

 

 



 

 


 

60 


1.5. Oqsillarning tasnifi, nomlanishi va vazifalari 

 

Oqsillarning tasnifi va nomlanishi. Turli o`simliklar, hayvonlar va mikrob 

hujayralaridan,  hujayra  komponentlaridan,  to`qimalar  ekstraktlaridan  xilma-xil 

oqsil  preparatlari  ajratib  olingan.  Organizmning  a’zo  va to`qimalarida  o`ziga  xos 

oqsillar  uchraydi.    O`simlik  va  hayvon  oqsillari  qaysi  turga  mansubligiga  qarab 

ham  bir-biridan  farq  qiladi,  umuman  oqsillarning  turga  xosligi  tabiat  qonunidir. 

Olimlar ularni ayrim  guruhlarga bo`lish ustida ko`pdan beri ish olib borsalar ham 

haligacha  qoniqarli  tasnif  topilgani  yo`q.  Buning  sababi  ularning  bir  xil 

elementlardan  tuzilganliklari,  shuningdek  xilma-xil  struktura  variantlari  va 

funktsional  xususiyatlaridir.  Shunga  asosan  oqsillarni  fizik-kimyoviy,  funktsional 

va struktura belgilari bo`yicha tasniflashga  harakat qilinadi. 



Fizik-kimyoviy tasniflash – oqsillarni elektrokimyoviy va qutbli xossalariga 

asoslanadi.  Ushbu  belgilarga  ko`ra  oqsillar  qutbli  yoki  gidrofil  (tarkibida  qutbli 

guruhlari  ko`p,  yaxshi  eriydigan),  qutbsiz  yoki  gidrofob  (tarkibida  qutbsiz 

qoldiqlar  bo`ladi,  deyarli  erimaydi)  va  amfipatik  yoki  amfifil  (ikki  tomonlama 

belgilarga  ega  –  molekulaning  bir  qismi  qutbsiz,  boshqa  qismi  esa  qutbli;  asosan 

membrana oqsillari) guruhlariga bo`linadi. 



Funktsional tasniflash – oqsillarning  biologik vazifalariga asoslanadi. 

Struktura  belgilariga  ko`ra  oqsillar  ikkita  yirik  guruhga  bo`linadi:  oddiy 

oqsillar (protein, apoprotein) – gidrolizlanganda faqat aminokislotalarga ajraladi va 

murakkab  oqsillar  (proteid,  goloproteid)  –  gidrolizlanganda  aminokislotalardan 

tashqari oqsil bo`lmagan komponentlar ham hosil bo`ladi, masalan uglevod, yog`, 

nuklein kislotalari va hokazolar. 

Oqsillarning  tasnifi  ularning  ikkilamchi  va  uchlamchi  strukturalarining 

xossalaridan kelib chiqishi ham mumkin. Bunga asosan globulyar oqsillar orasida 

4 ta sinf farq qilinadi: α, β, α+β, α/β  oqsillar. α-oqsillarga tarkibida 60% dan kam 

bo`lmagan  α-spiral  saqlovchi;  β-oqsillarga  esa  faqat    β-struktura  saqlovchi 

globulyar oqsillari kiradi. 



 

61 


α+β  oqsillar  tarkibiga  ikkala  struktura  ham  kiradi.  Bunda  bir  domen  α-

spiraldan, ikkinchisi β-qatlamdan; α/β –oqsil sinfi esa polipeptid zanjiri bo`ylab α-

spiral va  β-qatlamning navbatlashib kelishidan yoki bir va bir nechta β-qatlam har 

biri bir nechta α-spiral bilan o`ralgan bo`ladi. 

Oqsillar tasodifiy belgilariga asoslanib, ko`pincha ular ajratib olingan manba 

yoki molekulaning eruvchanligi, konfiguratsiyasiga qarab ham nomlanadi. 



Oddiy  oqsillar  va  ularning  vakillari.  Oddiy  oqsillar  eruvchanligiga, 

aminokislota tarkibiga va boshqa ba’zi xususiyatlariga asosan quyidagi guruhlarga 

bo`linadi:  gistonlar,  protaminlar,  albuminlar,  globulinlar,  prolaminlar,  glutelinlar 

va proteinoidlar (skleroproteinlar). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1.15-rasm. Oddiy oqsillarning tasniflanishi 



Gistonlar    (gr.  histos  –  to`qima)  –  ko`p  hujayrali  organizmlarning  to`qima 

oqsili  bo`lib, xromatin  DNK  bilan  bog`langan. Bu oqsillarning molekula og`irligi 

nisbatan  kichik  (11000-24000);  elektrokimyoviy  xususiyatlariga  ko`ra  –  kuchli   

asos  xossalari  izoelektrik  nuqtasi  9,5-12,0  atrofida.  Gistonlar  faqat  uchlamchi 

strukturaga  ega. Ular 5 turga bo`linadi: H

1

, H



2a

, H


2b

, H


3

, H


4

. Guruhlarga bo`linishi 

Protenoidlar 

Glyutelinlar 

Albuminlar va 

globulinlar 

Prolaminlar 

Protaminlar 

Gistonlar 

Oddiy oqsillar 


 

62 


gistonlar  tarkibidagi  arginin  va  lizinning  nisbatiga  asoslangan.  Gistonlarning 

qo`shimcha  yana  bir  turi  –  H

5

  qushlar,  amfibiyalar  va  baliqlarni  eritrotsitlaridan 



ham ajratib olingan. 

Ko`p  hujayrali  organizmlar  to`qimalarida  giston/DNK  nisbati  1  atrofida. 

Tabiiy  sharoitda  gistonlar  DNK  bilan  mustahkam  bog`langan  nukleoproteid 

shaklida  uchraydi.  Giston-DNK  bog`i  elektrostatik  bog`  hisoblanadi,  chunki 

gistonlar tarkibidagi diaminokislotalar – arginin va lizin miqdorini musbat zaryadi 

katta,  DNK  zanjiri  esa  manfiy  zaryadga  ega.  Gistonsimon  oqsillar  hujayra 

sitoplazmasi  ribosomalarida  uchraydi.  Bakteriyalarda  tipik  gistonlar  uchramaydi, 

viruslarda esa gistonsimon oqsillar bor. 

Gistonlar yadroda struktura va boshqaruv vazifasini bajaradi. Ular DNKning 

fazoviy  strukturasini  va  o`z  navbatida  xromatin  va  xromosomalarning  

strukturalarini  turg`unlashtirishda  ishtirok  etadi.  H

1

 



gistonidan  boshqa  barcha  4 

turdagi gistonlar xromatinning struktura birligi bo`lgan nukleosomalarning asosini 

tashkil  etadi;          H

1

 



gistoni  esa  nukleosomalar  orasidagi  DNK  fragmentlarini 

to`ldirib  turadi.  Boshqaruv  vazifasi  genetik  axborotni  DNK  dan  RNK  ga 

o`tkazilishini blokirovka qilishdan iborat. 

Gistonlarga globin (gemoglobin), bo`qoq bezi gistoni, skombron (skumbriya 

balig`idan olingan) oqsillari kiradi. 

Protaminlar  –  gistonlar  o`rnini  bosuvchi  o`ziga  xos  biologik  material 

hisoblansa  ham  gistonlardan  aminokislotalari  tarkibi  va  strukturasi  bilan  farq 

qiladi.  Ular  eng  sodda  tuzilgan  oqsillar  bo`lib,  molekula  og`irligi  ham  eng  past  - 

4000-12000  gacha. Ammo ularning tarkibida arginin va lizinning miqdori – 80% 

gacha  va  undan  ham  ortiq  bo`lganligi  sababli  kuchli  ishqor  xossasiga  ega. 

Gistonlar singari protaminlar ham – polikation oqsillar, sperma xromatinida DNK 

bilan  bog`langan.  Protaminlar  baliq  urug`idagi  nukleoprotamin  tarkibida  ko`proq 

bo`ladi.  Protaminlar  olingan  manbasiga  ko`ra  quyidagicha  nomlanadi:  salmin  – 

lososning,  truttin  –  forelning,  skumbrin  –  skumbriyaning,  klupein  –  seldning 

urug`idan olingan. 



 

63 


Protaminlar  ham  gistonlar  kabi  spermatozoidlarning  DNK  sida  struktura 

vazifasini bajaradi. 



Prolaminlar  –  o`simlik  oqsillari  guruhi,  donli  o`simliklarning  urug`ida  

mavjud.  Prolaminlarning  asosiy  xususiyati  -  suvda,    tuzli  eritmalarda,  mutlaq 

spirtda, kislota  va  ishqorlarda  erimasligidir.    Ular  70°li    etanol  bilan  ekstraktsiya 

qilinadi.  Bu  muhitda  erish  xossasi  ular  tarkibidagi  qutbsiz  aminokislotalar  va 

prolinga  bog`liq.  Prolaminlarning  nomlanishiga  ular  ajratib  olingan  manbalarga 

asoslangan. Gliadin – bug`doy va javdardan, gordein – arpadan, avenin – sulidan, 

zein – makkajo`xori donidan olingan.  

Glutelinlar  o`simlik oqsillari, neytral erituvchilarda – suv, tuzli eritmalar va 

etanolda  erimaydi,  ammo  kuchsiz  eritmalar  –  suyultirilgan  kislota  va  ishqorlarda 

eriydi.  Ularni  prolaminlarga  nisbatan  erituvchilarda  erishi  tarkibida  argininni 

miqdori  ko`proq  prolinni  miqdori  kamroq  bo`lishiga  bog`liq.  Glutelinlar  – 

bug`doy, arpa donlari tarkibida uchraydi. Guruchdan olingan orizenin, bug`doydan 

olingan glutenin shu guruh oqsillariga kiradi. 



Albuminlar  va  globulinlar  barcha  hayvon  va  o`simlik  to`qimalarida 

uchraydi.  Ular  qon  plazmasi,  hujayra  va  biologik  suyuqliklardagi  oqsillarning 

asosiy  qismini  tashkil  etadi.  Albuminlar  va  globulinlar  neytral  tuzlar  –  ammoniy 

yoki  natriy  sulfatning  har  xil  miqdorida  cho`kmaga  tushuvchi  (tuzlanuvchi) 

oqsillar  guruhiga  kirib,  50%  to`yingan  tuzli  eritmada  –  globulinlar;  to`la  –  100% 

to`yintirilganda esa albuminlar cho`kmaga tushadi. 



Albuminlar  –  molekula  og`irligi  uncha  katta  bo`lmagan  (15  –  70  ming) 

oqsillar. Ularning tarkibidagi katta miqdordagi glutamin kislotasi hisobiga manfiy 

zaryadli, kislotalik xossasiga ega (izoelektrik nuqtasi 4,7). Ular kuchli gidratlangan 

oqsillar bo`lganligi sababli, suv tortib oluvchi moddalar bo`lgandagina cho`kmaga 

tushadi.  Yuqori darajada adsorbtsiya qilish albuminlarga xos xususiyat bo`lib, ular 

qutbli  va  qutbsiz  molekulalarni  adsorbtsiyalaydi.  Qon  plazmasi  albuminlari  turli 

moddalarni  nospetsifik  adsorbtsiyalashi  tufayli  muhim  fiziologik  funksiya  – 

tashish vazifasini bajaradi. 



 

64 


Albuminlarning  asosiy  vakillari:  sut  albumini,  tuxum  albumini,  zardob 

albumini, leykozin (bug`doy donidan olingan albumin)dir. 

Kimyoviy tarkibiga ko`ra albuminlar leytsinni miqdorini ko`p bo`lishi (15%) 

bilan  tavsiflanadi.  Albuminlarning  asosiy  vazifasi  –  osmotik  jarayonlarni 

boshqarish  va  tashish.  Albuminlar  miqdorini  kamayishi  lipidlar  tashilishini 

buzilishiga  sabab  bo`ladi.  Ular  shuningdek  qon  plazmasi  tarkibidagi  Ca

2+

  ionlari, 



steroid  gormonlar,  ayrim  dori  preparatlari  -dikumarin,  penitsillin,  aspirin  bilan 

kompleks hosil qilib, ular miqdorini boshqarishda ishtirok etadi. 



Globulinlarning  molekula  og`irligi  albuminlarga    qaraganda  kattaroq 

(100000  dan  yuqori).  Albuminlardan  farqi  toza  suvda  erimaydi;  kuchsiz 

(suyultirilgan)  tuzli  eritmalarda  eriydi.  Globulinlar  kuchsiz  kislotali  yoki  neytral 

(izoelektrik nuqtasi pH 6-7,3 oralig`ida) va kuchli gidratlangan oqsillar bo`lganligi 

sababli  ammoniy sulfatning kam kontsentratsiyali eritmalarida cho`kadi. 

Asosiy  vakillari:  mushak  miozinogeni,  kanop  urug`i  -  edestin,  no`xatdan 

olingan-  legulin  oqsili,  tuxum  sarig`i  globulini,  qon    zardobi  globulini  va 

boshqalar.  

Globilinlar kimyoviy tarkibini ko`prog`ini glitsin (5% atrofida) tashkil etadi. 

Qon zardobi oqsilini elektroforez usulida taqsimlaganda quyidagicha fraktsiyalarga 

ajraladi:  albiminlar  54-58%,  globilinlar  fraktsiyasi  esa  bir  necha  fraktsiyalarga 

ajralgan:  α

1

-globulinlar  (6-7%),  α



2

-globulinlar  (8-9%),  β-globilinlar  (13-14%),  γ-

globulinlar (11-12%).   

Protenoidlar  –  tayanch  to`qimalar  oqsilli,  asosan  suyak,  tog`ay,  pay, 

bog`lam,  muguz,  tirnoqda  uchraydi.  Ularning  hammasi  fibrillyar  oqsillarga 

(fibroin,  kollagen,  keratin,  elastin)  mansub  bo`lib,  faqat  maxsus  erituvchilarda 

eriydi.  Tolali  tuzilishdagi  bu  oqsillar  –  amorf    xossali,  qisqarish  va  bo`shashish 

qobiliyatiga ega. 

Peptidlar.  Tirik  organizmda  ko`plab  peptidlar  ham  aniqlangan.    Ular  oqsil 

strukturasi  bilan  bog`lanmagan  –  erkin  holatda  uchraydi.  Tabiiy  peptidlarga 

bo`lgan qiziqish ularning yuqori darajadagi biologik faollikka ega ekanliklari bilan 

bog`liq. Ularning ko`pchiligi kuchli farmakologik  faollikka ega bo`lganligi uchun 



 

65 


dori vositasi sifatida qiziqish uyg`otadi. Tabiiy peptidlar ta’sir qilish xususiyati va 

kelib  chiqishi  bo`yicha  bir  necha  guruhlarga  bo`linadi:  gormonal  faollikka  ega 

bo`lgan  peptidlar  (vazopressin,  oksitotsin,  kaltsitonin,  glyukagon,  kortikotropin); 

boshqaruvchi  peptidlar  (gipotalamus  peptidlari  –  liberinlar  va  statinlar;  mushak 

peptidlari  –  anserin  va  karnozin);  miyadagi  neyropeptidlar  (enkefalin,  endorfin, 

skotofobin,  xotira  va  uyquning  peptidi);  ovqat  hazm  qilishda  ishtirok  etuvchi 

peptidlar (gastrin, sekretin), to`qima gormonlari (angiotenzin, bradikinin, kallidin, 

atriopeptidlar), antibiotiklar (A, B, C gramitsidinlar va D aktinomitsin); alkoloidlar 

(ergotamin,  pandamin).  ko`rinib  turibdiki,  ko`pchilik  peptidlarning    biologik 

faolligi ularning boshqaruvchilik vazifasi bilan bog`liq. 

Ayrim  peptidlar  bir  qator  muhim  va  qiziqarli  vazifalarni  bajaradi:  uyquni 

induktsiyasiga  javobgar  gormonlar;  xotira,  aqliy  rivojlanish,  shartli  reflekslarni 

ishlab  chiqilishida  ishtirok  etuvchi  peptidlar  ochilgan;  hozirda  insonning  ruhiy 

faoliyatining  normaga  nisbatan  o`zgarishi  bilan  miyadagi  ayrim  peptidlarning 

miqdori o`rtasida bog`liqlik mavjudligi kuzatilmoqda. 

Oqsillarning  biologik  vazifalari.  Oqsillar  boshqa  birikmalarga    (kimyoviy 

komponentlarga)  qaraganda  hujayrada  jarayonlarida  xilma-xil  vazifalarni 

bajaradilar. 

Hamma 


proteinlarning 

struktura 

elementlari 

o`xshash 

aminokislotalardan  iborat  bo`lsa  ham,  ularning  oqsil  molekulasidagi  nisbiy 

miqdorlari  va  joylanish  o`rinlari  turlichadir.  Oqsillarning    asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

1.  Katalitik  vazifasi  –  shu  vaqtgacha  ixtiro  etilgan  barcha  biologik 

katalizatorlar  –  fermentlar  oqsillardir.  Bitta  hujayrada    10

4

  ferment  molekulasi 



bo`lib,  ular    2000  dan  ortiq  reaktsiyani  katalizlaydi.  Bunday  vazifa  faqat  oqsillar 

uchungina xosdir. 



2.  Oqsil    gormonlar  –  ichki  sekretsiya  bezlarining  bir  qator  mahsulotlari 

peptid va oqsil  tabiatiga ega. Masalan, insulin, o`sish gormoni va boshqalar.Ular 

hujayra ichida va butun organizmda moddalar almashinuvini boshqaradilar. 

3.  Retseptorlik  vazifasi  –  hujayra  yuzasida  va  ichiga  har  xil  regulyatorlar 

(gormonlar, mediatorlar, siklik nukleotidlar) ta’sirini tanlab o`tkazishi. 



 

66 


Download 4.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling