Toshkent farmatsevtika instituti
Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 4.1. Ashyolarning xossalari
- 4.2. Metallar, tasnifi, tibbiyotda ishlatilishi
3.6. Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari H ar bir tibbiy asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi korxona tom onidan foydalanish hujjatlari bilan butlanadi. Dori vositalariga ulardan foydalanish b o ‘yicha yo‘riqnomalar, qadoqlarning yorliqlarida esa nomi, qabul qilish tartibi, yaroqlilik 49 muddati, ishlab chiqarilgan sana, turkum i va hokazolar ko‘r- satiladi. Asboblar yoki buyumlar bilan birga qutiga solinadigan yoki qutining qopqog‘iga yelimlanadigan yorliq bilan ta ’minlanadi. Yorliqda buyum ning nom i, uning belgisi yoki indeksi, texnik m a’lumotlar, standart raqami yoki TSh, buyumni qabul qilish, bitta qadoqdagi m ahsulot t o ‘g‘risidagi m a ’lu m o tlar, ishlab chiqarilgan sanasi ko'rsatiladi. Murakkab mahsulotlarga pasport yoki formular — varaqa ilova qilinadi. Pasport — mahsulotning asosiy ustuvorliklari va tavsiflarini o‘zida jam lagan hujjat. M azkur hujjatda mahsulot, uning texnik m a’lumotlari, yetkazib berish to ‘plami, qabul qilish shahodat- nomasi, korxonaning kafolat m ajburiyati va saqlash haqida qadoqlashga doir um umiy m a’lum otlar ko ‘rsatiladi. Yangi mahsulotlarga ular uchun zarur bo'lgan ishlatilganligi va ishonchliligi haqidagi varaqa — form ular ilova qilinadi. Unga asbobning ishlatilganligini hisobga olish daftari va texnik xizmat ko‘rsatishi to ‘g‘risidagi varaqchalar va m a’lum otlar kiritiladi. Zarur hollarda mahsulot bilan birga texnik ta ’rifnom a va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma yetkazib beriladi. Ko'pincha ushbu hujjatlar bitta to ‘plamga birlashtiriladi. Murakkab m ahsulotlar uchun foydalanish hujjatlari tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy t a ’m ir u c h u n zaru r b o ‘lgan tex n ik xizm at k o ‘rsatish to ‘g ‘risidagi yo‘riqnoma kiritiladi. Xnlosalar 1. Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarma zimmasiga dori va tashxis vositalari hamda tibbiy texnika va tibbiy buyum lar sifati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish ham da am alga oshirish, dori vositalari va tibbiy buyum lam i, d a v o la s h - o z iq a m a h s u lo tla r i h a m d a tib b iy te x n ik a n i ekspertizalash, standartlash va ro‘yxatga olish va sertifikatlashni 50 amalga oshiruvchi muassasalar ham da tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish masalalari yuklatilgan. 2. Tibbiyot buyumlari sohasida davlat siyosatini shakllantirish, m uam m olarini hal etish Yangi tibbiy texnika qo‘mita zimmasiga yuklatilgan. Q o‘mita Bosh boshqarm aning tuzilmaviy bo ‘g‘ini b o ‘lib, tibbiy texnika va tibbiy buyum lar hamda tashxis vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash bo'yicha davlat siyosatini ta ’minlashga d a’vat etilgan. 3. Standartlar tayyor mahsulot sifatiga talablami, sifat ko‘rsat- kichlari, ulami nazorat qilish va sinash usullari, buyumlarning vazifasi va ulardan foydalanish shartlariga bog'liq holda ishonchlilik va chidamlilikning zarur darajasini belgilaydi. 4. Standartning qoidalari barcha davlat, savdo, ijara, hissador, q o 'sh m a va boshqa korx o n alar va tashkilotlar, konsernlar, uyushmalar, shuningdek 0 ‘zbekiston hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tom onidan so‘zsiz bajarilishi lozim. 5. Standartni ishlatilishiga qarab standartlash oigan va xizmatlari turli darajaga boMinadi: xalqaro standart (davlatlar aro), milliy standart (davlat ichida), davlat standard, tarmoq standarti, texnik shartlar. 6. 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida standartlash obyektlariga nisbatan talablam i belgilaydigan m e’yoriy hujjatlaming quyidagi toifalari amal qiladi: M ustaqil D avlatlar ham do'stligining xalqaro standartlari (ГОСТ); — 0 ‘zbekiston Respublikasi standartlari ( 0 ‘zRS); texnik shartlar ( 0 ‘zTSH); birlashmalar, firmalar, konsernlar va boshqa xo ‘jalik subyektlari stan d artlari ( 0 ‘zS); xorijiy m am lakatlar (G M P , ISO, xalqaro Farm akopeyalar, М ЭК va boshqalar) ning xalqaro mintaqaviy va milliy standartlari. 7.Tayyor tibbiyot tovarlarining sifatini nazorat qilish asosiy m e’yoriy hujjat — Texnik shartlar asosida amalga oshiriladi. 8. H ar bir tibbiy asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi korxona tom onidan ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari bilan butlanadi. 51 Nazorat savollari 1. Sifat nazorati va standartlash nima? 2. Texnik shartlarning mazmuni qanday? 3. Korxona standartlarining asosi nimada? 4. Standartlash obyekti nima? 5. Standartlash turlari qanday? 6. Standartlash sohasida m e’yoriy hujjatlarning toifalari qanday? 7. Tarm oq standartlari shartlari qanday? 8. Milliy, Xalqaro, Yevropa Farmakopeyalari haqida nimalami bilasiz? ADABIYOTLAR 1. С .З.У маров и др. М едицинское и ф арм ац евти ческое товароведение. Учебник. 2-е изд., испр., М. ГЭО ТА Р-М ЕД, 2004. 2. М .А Н иколаева .Товароведение потребительских товаров. Теоретические основь 1 . Учебник для вузов. М., НОРМА, 1998 r. 3. З.З.Х акимов, М .Н .Зияева, Г.У. Тиллаева. “ М едицинское и ф арм ац евти ческое товар о вед ен и е” У чебное пособие. Таш кент, 2005. 4. Т П анфилова. “ М едицинские изделия. Требуется новая си стем а с т а н д а р т и з а ц и и ” Газета “ Ф а р м а ц е в т и ч е с к и й вестник” № 15 от 29 апреля 2003. 5. В.Писарев. С оврем еннм е систем н управления качеством на предприятии. / / Ремедиум. — 2002 март. 6. А .А .Б е р к м ан . С и с т е м а у п р а в л е н и я к а ч е с т в о м при производстве фармацевтических препаратов. / / Ф арм ация Казахстана — 2002 -№ 6. 7. В.Багирова, М .Д енисова. Л екарственное средство как объект стандартизации. / / Ремедиум. — 2002 сентябрь. 8. Т.Н . Н урп еи сов. С тан д артм к ак о с н о в а у п р ав л ен и я к ач ество м м е д и ц и н с к о г о о б слу ж и ван и я н а с е л е н и я . / / Ф арм ация Казахстана — 2001 август — сентябрь. 52 9. Г.М иняйлик. С овременнме тенденции стандартизации и сертиф икации медицинских изделий / / Ремедиум. — 2002 сентябрь. 10. Г.У Тиллаева, А.М. Нажмитдинов. Современная система контроля качества м едицинских изделий. / / Ўзбекистон Ф арм ацевтик хабарномаси, 2004 й. № 2. 11. Зияева М.Н., Тиллаева Г.У.,Тулаганов А.А. Современньге те н д ен ц и и стан дарти зац и и и кон троля качества меди- цинских изделий / / Ўзбекистон Ф армацевтик хабарномаси, 2005 й. №1. 12. 0 ‘zR 1997-у.25.04 dagi “ Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat to ‘g‘risida” qonuni. 13. 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 1995-y.25.05 dagi qarori “ Dori vositalar, tibbiy buyumlar va davolash-profilaktika, oziq-ovqatlar sifati ustidan nazoratini tashkil etish to ‘g ‘risida” 14. M ahsulotlar va xizm atlam i sertifikatlashtirish to ‘g ‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasining 1993-y. 28.12 dagi qonuni. 15. 0 ‘zbekiston Respublikasi standard. Mahsulot sifati. Asosiy atam alar va ta ’riflar. 1994-y. 16. 0 ‘zbekiston davlat standarti. Asosiy atam alar va ta ’riflar. 0 ‘Z DST 5.5:1999-y. 17. 0 ‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarm oq sandartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro ‘yxatga olish tartibi. Rasmiy nashr. RST O 'Z 1.9-95. 18. ГОСТ 15467-76. (CT СЭВ 3519-81). Управление качеством продукции. О сновнме понятия. Терм инм и определения. 19. ГОСТ P51148-98 “ И зделия м еди ци н ски е” 20. М .М .М ирзарахимов. “ Н овне возмож ности в метрологи- ческом обеспечении средств измерений медицинского назна- ч ен и я” / / Ўзбекистон Ф арм ацевтик хабарномаси, 2003 й., № 1 . 21. РС Т .У з 1.0-92. С т а н д а р т Р е с п у б л и к и У зб ек и стан . Государственная система стандартизации РУз. О сновнм е положения. IV BOB. MATERIALSHUNOSLIK ASOSLARI i Bu bobda siz quyidagi savollarga javob topasiz: j 1. A shyolam ing xossalari qanday? I 2. Tibbiyot tovarlam i ishlab chiqarishda qanday m etallar ishlatiladi? j 3. Zanglash va him oya m anzarali qoplam alam ing turlari qanday? I 4. N om etall ashyolar turlarini ayting. 5. Shisha, sopol ashyolardan qanday tovarlar tibbiyot uchun ishlanadi? ! 6. Polim er ashyolar tibbiyotda qanday m aqsadda ishlatiladi? 7 Kauchuk va rezinadan qanday m ahsulotlar tayyorlanadi? 8. Term oplastik m ateriallar nim a uchun ishlatiladi? 9. Term ofaol plastm assalar nima? Tibbiy mahsulotlam ing funksional xossalari, ya'ni davolash- tashxis jarayonida o ‘z vazifalarini kerakli darajada bajarish va yetarlicha uzoq xizmat qilishga qodirligi, asosan, ular tayyorlangan ashyolar — m ateriallam ing xossalari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, tibbiy b u y u m lar uchun z a ru r b o ‘lgan ashyolar ularning tibbiy qoMlanishi xususiyati bilan quyidagi talablarga javob berishi zarur: 1) ashyolar organizm hujayralari va muhitlariga nisbatan zarar yetkazmaydigan biologik toza va organizm uchun zararli moddalami ajratib chiqarmaydigan boMishi lozim; 2) xossalari va shakllarini o ‘zgartirmasdan aseptika (operatsiya jarayonida, shuningdek yaralam i davolashda infeksiyadan saqlash uchun qoMlaniladigan usul va choralar) ga rioya qilish m aqsadida zarur ishlov berish imkoniyatiga ega boMishi kerak; 3) zanglashga m oyil boMmasligi sh art. U sh b u ta la b la r ashyolarni tanlashda qo ‘shim cha cheklanishlami yaratadi. 4.1. Ashyolarning xossalari H ar qanday ashyo o'zining muayyan mexanik, kimyoviy va texnologik xossalariga ega. Ular, asosan, m e’yoriy hujjatlarda belgilanadi. Ashyoning xossalarini tavsiflaydigan va uni m a’lum b u y u m n i tayyorlash u c h u n ta n la sh n i belgilaydigan asosiy 54 ko'rsatkichlar standartlarga va ushbu mahsulot bo'yicha TSh larga yozib qo'yiladi. Bu esa aw alo asbobning ishlashi, ishonchliligi va chidamliligini belgilaydigan mexanik va kimyoviy (zanglashga qarshi) xossalariga tegishlidir. Mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchanlik, yopishqoqlik, cho'zi- luvchanlik va m o'rtlik ashyoning mexanik xossalarini tashkil etadi. Mustahkamlik — ashyoning tashqi ta ’sir kuchlariga, yemiril- masdan qarshilik ko'rsatishga qodirligi. M ustahkamlik va cho'zilganda nisbatan uzayish ko'rsatkich- laridan metallar, plastmassalar, rezina, to'qim alar, iplar va boshqa ashyolarning mexanik xossalarini baholashda keng foydalaniladi. Cho'zilishga qiyosan past mustahkam likka ega bo'lgan ayrim ash y o lar (c h o 'y a n , sh ish a) u ch u n “qisish m u sta h k am lig i” ko'rsatkichi qoMlaniladi. Masalan, plastmassalar va shishaning siqish mustahkamligi cho'zilishga nisbatan 15—20 m arta yuqori va po'latning siqish mustahkamligi bilan barobardir (100 kgs/sm2 gacha boradi). Qattiqlik — u yoki bu jinsning unga bo'ladigan bosimiga qarshilik ko'rsatishga qodirligi. Bu ko'rsatkich m etallar uchun alohida ahamiyatga ega. M etallar uchun qattiqlikni aniqlaydigan asosiy usullari mavjud: Brinnel usuli (p o 'lat sharchani bosish) va Rokvell usuli (konussim on piram idani bosish). Egiluvchanlik — ashyoning o 'z shaklini tashqi kuchlar ta ’sirida o'zgartirish va kuchlar ta ’siri to'xtaganidan keyin yana tiklashga qodirligi. Turlicha asboblar — pinsetlar, qon to'xtatish qisqichlari uchun po'lat yuqori egiluvchanlikka ega bo'lishi kerak. Yopishqoqlik — ash y o larn in g zarb ali yuklar tushganda parchalanm aslikka qodirligi. Tibbiy iskanaiar va bolg'achalar, yetarlicha qattiqlik bilan bir qatorda, yuqori qovushqoqlikka egadir, chunki zarba paytida ular sinmasligi va parchalanib ketmasligi lozim. Egiluvchanlik — ashyolarning tashqi kuchlar ta ’siri ostida parchalanm asdan o 'z shaklini o 'zg artirish va ku ch lar ta ’siri to'x tag an id an keyin o'zgargan shaklini yana saqlab qolishga qodirligi. Q o'rg'oshin eng egiluvchan metallardan biri hisoblanadi. Tashqi kuchlar t a ’sirida o 'z shaklini batam om yoki deyarli 55 o ‘zgartir-m aydigan, lekin tez parchalanadigan ashyolar m o ‘rt ashyolar deyiladi. Shisha, cho‘yan, ayrim plastmassalar (polistirol) m o‘rt ashyolar toifasiga kiradi. Shishalar, m etallar va q ato r plastm assalar qizdirilganda ularning egiluvchanligi ortadi, mustahkam ligi esa zaiflashadi. Ashyolarning bunday xossalari bolg‘alash, bosish, tam g‘alash, amaliyot usullari bilan kerakli shaklga solishda qo‘l keladi. Qator ashyolar haqida ularning eskirishi — charchashiga oid tushunchalar mavjud. Charchashlik — m etallarning ko ‘p m arta takrorlanadigan og‘irliklar ta ’sirida yemirilishiga qodirligi. Qator nometall ashyolar, masalan, rezina, plastmassa eskirishga, ya’ni vaqt o‘tishi bilan tashqi m uhit (quyosh nuri, ozon gazi, harakatning o ‘zgarishi) ning tu rli o m illari t a ’sirid a m u stah k am lig in in g o ‘zgarishi (kamayishi) ga moyil boMadi. Kimyoviy xossalar ashyoning tashqi m uhit omillari ta ’siriga nisbatan aniqlanadi: uning oksidlanishi, turli kimyoviy va erituvchi m o d d alar t a ’siriga bard o sh lilig i, shu ju m la d a n zanglashga chidamliligi bilan belgilanadi. Masalan, poMat tarkibida xromning muayyan foizining mavjud boMishi uni zanglashiga yoM bermaydi, oltingugurt va fosfoming ortiqcha miqdori esa poMatni m o‘rt, ishlatishga yaroqsiz qiladi. Shishaning kimyoviy chidamliligi uning tarkibi bilan aniqlanadi. Ashyoning kimyoviy tarkibi rusumini belgilaydi. Ashyolarning texnologik xossalari ulardan asboblar ishlab chiqarishda turli texnologik usullarni qoMlanishini taqozo etadi. Masalan, ko‘plab metall ashyolar yaxshi qoliplanadi, boshqalariga esa faqat quyish yoMi bilan shakl berish m um kin. Tibbiy m ahsulotlar olish uchun ishlatiladigan ashyolar bitta yoki bir nechta iqtisodiy m a’lum va o'zini oqlagan texnologik usullar bilan ishlov berilishiga yoM qo‘yishi mumkin. Ayni paytda ashyoning xossalari, ayniqsa, unga kerakli shakl berilayotganda, sezilarli darajada qizishiga olib keladi, oqibatda yumshaydi, eriydi va o'zgaradi. K o‘pincha quyish natijasida ishlov berish va plastik deformatsiya (bolg‘alash, qoliplash, bosish, cho‘zish) yoMi bilan 56 ashyoning ichki tuzilmasi o‘zgaradi va natijada uning mexanik xossalari o ‘zgaradi. Buyumning mexanik sifatlarini yaxshilash uchun unga termik ishlov beriladi, bu esa shaklini o ‘zgartirmasdan, unda zarur mexanik xossalarni yaratadi. 4.2. Metallar, tasnifi, tibbiyotda ishlatilishi Metallshunoslik — metallar va qotishmalaming tarkibiy tuzilishi ham da xossalari haqidagi fan boMib, u katta muvaffaqiyatlarga erishdi: bugungi kunda oldindan ko ‘zlangan xossalarga ega qotishmalarni hosil qilishi mumkin. Qotishmalar 2 ta katta guruhga boMinadi: 1 ) asosini tem ir tashkil etadigan qotishmalar — qora metallar; 2 ) boshqa m etallar, ya’ni rangli metallar. Qora metallar — asboblar, uskunalar, mexanizmlarni yasash uchun asosiy ashyolar. Uglerod bilan tem ir qotishmalari, qora metallar, po‘la tv a cAo'jwilarga boMinadi. Qotishmada 2 foizgacha uglerod boMsa, bunday qotishmani po‘lat deb ataladi. Agar uglerod miqdori ko‘p boMsa, yani 2 % dan ortsa, bunday qotishma cho‘yan deyiladi. PoMatlar qizitilganda egiluvchan holga kelib, bolg‘alanish xossasiga ega boMadi. Yuqori h aro ratd a ch o ‘yanlar eriydi va ulardan faqat quyish yoMi bilan buy u m lar yasash m um kin. C ho‘yan va boshqa qotishm alardan tibbiy asbob-uskunalarning asos qismlarini yasash mumkin: tibbiy kursilar, kursilar asoslari, asboblar va apparatlar ustunlari (oyoqlari) ning ulanadigan joylari — oshiq-moshiqlari, poMatdan ko‘plab tibbiy asboblar va apparat- lam ing qismlari yasaladi. PoMatni konstruksion (m ashina) va asbobsoz turlarga boMish maqsadga muvofiqdir. Konstruksion poMatda uglerod miqdori 0,5 % gacha, asbob yasaladigan poMatda esa 0,7 % gacha va undan ortiq boMadi. Oxirgi poMatdan turli asboblar tayyorlanadi. Tibbiy buyumlar yasash uchun faqat uglerodli, odatdagi poMatlarda zararli aralashm alar — oltingugurt va fosfor kam boMganligi bilan farq qiladigan sifatli poMatlar ishlatiladi. PoMatga boshqa kom ponentlar aralashtirib legirlangan — metallga boshqa metall q o ‘shib, fizik- 57 kimyoviy xususiyatlari yaxshilangan po ‘lat hosil qilinadi. Po‘latga 13—18 % xrom qo ‘shilib, uning zanglashga nisbatan chidamliligi keskin orttiriladi. Bunday poMatlar zanglamaydigan p o ‘latlar deyiladi. Uglerodli poMatlarning xususiyatlari ularning tarkibidagi uglerodning m iqdoriga bogMiq. PoMatning tarkibida uglerod qanchalik ko‘p boMsa, uning mustahkamligi shunchalik yuqori boMadi. B unday poMatdan jarro h lik asboblari tayyorlanadi. PoMatlarning 15, 30, 45 rusumlarida tegishlicha 0,15%, 0,3%, 0,45 % uglerod boMsa, ulardan asboblaming tutqichlari, murvatlari tayyorlanadi. Jarrohlik asboblarini tayyorlashda rusumlari U7A, U8A, U 10A va U 12A boMgan sifatli asbobsoz poMatlar ishlatiladi. Mazkur rusumlaming belgilaridagi raqam 10 dan 1 qismi uglerod ekanligini, “A” harfi esa sifatli poMatning oddiy poMatdan farqini bildiradi. Zanglamaydigan p o ‘latlar — uglerodli poMatlar korroziya (zanglash) ga moyil boMmaydi. Shu bois ulardan yasalgan tibbiy asboblar nikel yoki xrom qatlami bilan qoplanadi. Zanglamaydigan poMatlami 2 toifada tayyorlanadi: toblanadigan va toblanmaydigan. Toblanadigan poMatlar xromli 20x 13, Zx 13, 40x 13 rusumli boMib, bunda 0,20 poMatdagi uglerod miqdorini anglatadi; 13 — foizda xrom miqdoridir. Ushbu rusumli asboblarning zanglamasligi uchun 2 ta shartni bajarish zarur: asbob toblangan va yaxshi sayqallangan boMishi lozim. Tibbiy asboblami ishlab chiqarishda boshqa Iegirlangan poMatlar ham ishlatiladi: xromli 9x18 rusumli poMat (9 % — uglerod va 18 % — xrom) — neyrojarrohlik va oftalm ologiyada ishlatiladigan kesuvchi asboblarni yasash uchun zarur. Tibbiy ignalaming ayrim turlarini tayyorlash uchun mutlaqo zanglam aydigan, yuqori m ustahkam lik va chidam lilikka ega 36NXT10 rusum ( 36 % nikel, 11,5 — 13 — xrom, 3 % ga yaqin titan, 1 % dan aluminiy va marganes) ga ega boMgan qotishm a ishlatiladi, qotishm ada tem ir yarmidan ozroq, shuning uchun u presezion qotishm alar toifasiga kiradi (ГОСТ 10994-74). Cho‘yanlar — 2 % dan ortiq uglerodga ega boMgan tem ir qotishma. Tibbiy asbob-uskuna uchun 2,6—2,9 % li uglerodga 58 ega b o ‘lgan c h o ‘yanlar ishlatiladi. C h o ‘yandan kursilarning asoslari, krestovinalar, ustunlam ing asoslari va boshqa narsalar yasaladi. C h o ‘yan mustahkamligi undagi kremniy miqdoriga bog‘liq. C ho'yan bronzaga nisbatan 5 karra arzon, bu esa juda muhim. Narxi baland bo ‘lmagan, eng murakkab qismlami quyish imkonini beradigan yaxshi quyma va bardoshliligi sifatlariga ega ch o ‘yan tibbiy uskunalar tayyorlashda keng ishlatiladi. Rangli metallar. Tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni yasashda mis qotishm alari o ‘zining omm aviyligi bilan ajralib turadi. Aluminiy, magniy, nikel va xrom qotishmalari ham ayrim hollarda ishlatiladi. Mis yuksak egiluvchanlik sifatiga ega, oson qoliplanadi, cho‘ziladi, payvandlanadi, yuqori issiqlik va elektr o ‘tkazuvchan- ligi, kam oksidlanish qobiliyatiga egadir. Natijada u elektr asbob- uskuna, term ostatlarda, suv va bug4 taqsim oti arm aturalarida ko‘proq ishlatiladi. O rganizm to'qim alariga bevosita bog'liq asboblar uchun nikel qoplamali mis ishlatiladi, chunki uni zanglashi natijasida zaharli m odda — misning suvda oksidlanishi kuzatiladi. 99,9 % li M l rusumli mis yumshoq zondlar va qoshiqlaryasashda ishlatiladi. Misning rux bilan aralashgan qotishmasi — latun (jez) keng ishlatiladi. Tibbiy asboblarini yasashda latunning 2 ta rusumi ishlatiladi: L62 va LS59-1. L62 rusumli latun 62 % ga yaqin misga ega (qolgan qismi — rux). Latun sovuq holatda egiluvchan bo‘lib, sterilizatorlar, bujlar, kateterlar, zondlar, m om iq tutqichlam i tayyorlashda ishlatiladi. Latun LS59-1 o'rtach a 59 % mis va 1 % q o ‘rg‘oshinga ega (qolgani — rux) va shprislar arm aturasi, ignalam ing kanyullari va troakarlar yasashda ishlatiladi. Latundan tayyorlangan asboblam i zanglashdan saqlash uchun ularning usti rux va mis qotishm asi (18—20 %), nikel va kobalt (nikel + kobalt 13,5— 16,5 %), ya’ni maxsus jezlarga mansub neyzilbeig deb ataladigan qotishma bilan qoplanadi. Neyzilbergdan traxeotom ik naychalar, kanyullar, ko‘z qoshiqchalari, Voyachek zondlari tayyorlanadi. 59 Tibbiyot apparatlarini ishlab chiqarishda aluminiy va uning qotishm alari — duralum iniy ham da silum in keng ishlatiladi, shuningdek nodir m etallar — kumush va platina ham ishlatiladi. K um ushdan oftalm ologik asboblar, platinadan ayrim ignalar tayyorlanadi. Niobiy aralashtirilgan tantaldan tikuv apparatlar uchun halqa- lar ko‘rinishidagi choklash ashyosi tayyorlanadi. Vitaliumdan suyaklar ichiga o ‘rnatiladigan mixlar yasaladi. Titan va titan qotishmalari bolalar jarrohligida, ko‘z asboblari va ko‘zgular tayyorlashda ishlatiladi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling