Тошкент кимё-технология институти


Download 0.87 Mb.
bet2/17
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1145044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
course work

Mundarija.

  1. Kirish 5

  2. Ishlab chiqarishning nazariy asoslari. 8

  3. Xomashyo va maxsulotning fizik-kimyoviy xususiyatlari. 12

  4. Texnologik tizimning bayoni. 23

  5. Moddiy balans xisobi.. 33

  6. Issiqlik balans xisobi 39

  7. Xulosa 41

  8. Adabiyotlar ro’yhati 42



1.Kirish.
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017-2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta'minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta'minlash maqsadida "O'zkimyoimpeks" mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o'z yechimini topgani yo'q. Masalan, mineral o'g'it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og'ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qoʻngʻirot soda zavodi- kimyo sanoatining yirik korxonasi. Qora-qalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot shahri yaqinida joylashgan.
"Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Ustyurtdan qazib olinadigan xom ashyo konlari negizida natriy karbonat (Ma,SO.) - soda ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2 martdagi qaroriga muvofiq boshlangan. 2001-yildan "Oʻzkimyosanoat" kompaniyasinint shoʻʼba korxonasi. 3-dni loyihalash va texnologik qismining qurilishi boʻyicha asosiy sherik Xitoyning "S1T1S" kompaniyasi hisoblanadi. Loyiha boʻyicha yillik quvvati 100 ming tonna (yen-gil va ogʻir turlaridan 50%dan) soda ishlab chiqarishga moʻljallangan. Korxona 2005-yilning noyabr oyida ishga tushirildi.
“qo‘ng‘irot soda zavodi” mchj qo‘shma korxonasida 2022 — 2025-yillarda kalsiylangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qishloq xo'jaligini moliyalashtirishga umuman e'tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o'zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.
Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mineral o'g'itlar bilan bog'liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o'sib ketmoqda.
Shu munosabat bilan 2018-yildan boshlab, iste'molchilarga mineral o'g'it yetkazib berish "O'zkimyosanoat" AJ huzurida tashkil qilinadigan "Yagona agent" vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o'g'itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o'g'itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017-yilda "Farg'onaazot" korxonasi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Qo'qon superfosfat zavodi, "Ammofos-Maksam" va "Maksam-Chirchiq" birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo'lgan, "Navoiyazot" korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o'z aylanma mablag'larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb etish orqali hal etib kelmoqda.
Davlatimiz rahbari joriy va kapital ta'mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.
Qishloq xo'jaligini fosforli o'g'itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta'minlash masalasi muhokama qilinar ekan¸ bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo'lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021-yilda yangi fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko'zda tutilmoqda.
Yig'ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta'minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko'p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va, asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog'liqdir. Ammo bu yo'nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda. Shundan kelib chiqqan holda, "O'zkimyosanoat" AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda "O'zkimyosanoatloyiha" loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo'nalishlarini o'zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi.
O’zbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati O’zbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xomashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud bo’lgan bo’lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo’ldi. Bugungi kunga kelib, 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’lum bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan, kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tahkil etadi. Eng muhim anorganik birikmalar anorganik kislotalar, tuzlar, ishqorlar va sodalar, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va hokazolardir. O’simlik moddalari kimyosi va Bioorganika kimyosi institutlarida 15 ta yangi original import o’rnini bosuvchi mahalliy dori vositalarini olish texnologiyalari yaratildi va ularni ishlab chiqish yo’lga qo’yildi (Ekdisten, Ayustan, Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan va h.k.);
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida beshta innovatsion ishlanmalar amaliyotga joriy etilmoqda, jumladan, suyuq oltingugurt kislotasi chiqindilarini tozalash va “Kauldi” koni suvini tozalash uchun filtratsion tizim, yangi turdagi changtutgichlar, misni bakteriyalar yordamida ajratish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlarida osmiy-187 va boshqa moddalarni aniqlash metodikasi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi PQ-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu bilan Vazirlar Mahkamasi “Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Mamlakatimizda bu borada yetarlicha ishlar amalga oshirilmoqda.
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ qo‘shma korxonasida 2022 — 2025-yillarda kalsiylangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish bo’yicha bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu masala bo’yicha yangi qaror qabul qilindi. Bunda ichki va tashqi bozorda barqaror talabga ega bo‘lgan kalsiylangan soda mahsulotini ishlab chiqarishni kengaytirish, kimyo sanoatining eksport salohiyatini yanada oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi muhim masalalar yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ qo‘shma korxonasida (keyingi o‘rinlarda — qo‘shma korxona) ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish loyihasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilganligi haqida aytib o’tish mumkin. Ushbu qarorga ko’ra, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ ustav kapitalidagi ulushining 51 foizi xorijiy investorga sotildi. Natijada ishlab chiqarish ko‘lami ortib, korxonaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanib bormoqda. Bu esa ishchilarning ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilashga,mahsulot sifatining ortishiga xizmat qilmoqda. “Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi O‘rta Osiyo mintaqasida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi yagona bo‘lgan soda zavodi ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bosqichlarni qamrab oladi. Asosiy xomashyo Ustyurt platosida joylashgan Borsakelmas konidan qazib olinadigan tuzdir. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohaktoshning sifati juda yuqori hisoblanadi va bu xomashyo Jamansay konidan yetkazib beriladi. Bugunga kelib, zavod yiliga 200 ming tonna soda ishlab chiqarmoqda. Bu mahsulotlar shisha va yuvish vositalari ishlab chiqarishda, rangli metallurgiya, yengilsanoatda hamda qog‘oz sanoatida, suv tozalash ishlarida asosiy kimyoviy qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling