Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 11-Mavzu: Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq-ovqat mahsulotlarida tahlil qilish usullari Reja


Download 55.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.11.2023
Hajmi55.85 Kb.
#1759431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 Mavzu Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq ovqat mahsulotlarida

7 - digidroxolesterin moddasi D provitamindir. Ovqat tayyorlashda D 
vitamin parchalanmaydi. 
E vitamin (tokoferol). Bulardan eng aktivi α - tokoferol yoki E- vitamindir. 
U lipidlar tarkibidagi to‘yinmagan moy kislotalarni oksidlanishidan saqlaydi va 
fermentlarning biosintezini amalga oshiradi. E vitaminning organizmga 
yetishmasligi sababli markaziy asab tizimi va nasl qoldirish jarayonining faoliyati 
buziladi. Tokoferol vitamini o‘simlik moylarida juda ko‘p uchraydi: loviya, paxta 
chigiti, kungaboqar moylari 40 % dan 120 % gacha, nonda, yormada 2 % dan to 15 
% gacha bo‘ladi. 


E vitamin qizdirishga ancha chidamli, faqat ultrabinafsha nurlari ta’sirida 
parchalanadi. 
Vitaminlar strukturasida ozgina o‘zgarish ham shunday moddalarni hosil 
bo‘lishiga olib keladiki, bu moddalar vitaminlarning organizmga ko‘rsatadigan 
ijobiy ta’sirini cheklab qo‘yishi mumkin. Bunday moddalar antivitaminlar deyiladi. 
Masalan, piridinsulfokislota piridinkarbon (nikotin) kislotaga nisbatan antivitamin 
hisoblanadi. 
Tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘lgan vitaminlar inson organizmining 
vitaminlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondira olmaydi, albatta. Mahsulotlarda vita-
minlar miqdorining kamayib ketishi asosan ikki sababga ko‘ra bo‘ladi: 
1) qishda va bahorda sut, meva, sabzovot kabilarda vitaminlar kamayib 
ketadi. 
2) rafinad shakar – qand, yog‘-moy, konserva kabi oziq-ovqat 
mahsulotlarida vitaminlar juda kam miqdorda bo‘ladi. 
Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlariga turli vitaminlar qo‘shib ularni 
vitaminlarga boyitish, ya’ni vitaminlashtirish shu kunning talabidir. 
Un zavodlarida unni B
1
, B
2
, PP kabi sintetik vitaminlar bilan boyitish yo‘lga 
qo‘yilgan. Qandolatchilik sanoatida konfetlar, achitqi, marmelad C vitamini bilan, 
xolva A va D vitamin bilan, unli mahsulotlar B guruhi vitaminlari bilan 
boyitilmoqda.

Download 55.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling