Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 11-Mavzu: Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq-ovqat mahsulotlarida tahlil qilish usullari Reja


Download 55.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.11.2023
Hajmi55.85 Kb.
#1759431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 Mavzu Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq ovqat mahsulotlarida

B
2
vitamin (riboflavin). Riboflavin sarg‘ish rangli ignasimon kristall
achchiq mazali modda: B
2
vitamin fermentlarga koferment vazifasini bajaradi, 
oksidlanish — qaytarilish reaksiyalarida katalizatorlik rolini o‘ynaydi. 
Riboflavinning organizmga etishmasligi oqibatida teri kasalligi, og‘iz 
bo‘shlig‘i 
shilliq qavatini shamollashiga, hamda qon aylanish tizimi va ichak – me’da 
yo‘llarini kasallanishiga olib keladi. 
B
2
vitaminning manbalariga sut, tvorog (suzma), pishloq, tuxum, non, 
yorma, go‘sht, jigar va mevalar misol bo‘ladi. B
2
vitaminiga boy bo‘lgan 
mahsulotlarga, ayniqsa, jigar (2,2 %), suzma, pishloq (0,2 %) kiradi. Hozirgi vaqtda 
B
2
vitaminini sanoatda tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. 
B
6
vitamin fermentlar tarkibida ishtirok etib, organizmda amino- va moy 
kislotalarni sintezlashda va ularni boshqa moddalarga aylanishida muhim vazifani 
bajaradi. Nerv tizimi, qon aylanishi va jigar faolintini yaxshi o‘tishida kerakli 
vitamindir. Vitaminni organizmda etishmasligi dermatit (teri kasalligi)ga sabab 


bo‘ladi. B
6
vitamin tabiatda keng tarqalgan. U go‘shtli mahsulotlarda, baliqda, 
loviyada, kartoshkada va sutda ko‘p bo‘ladi. Piridoksin yuqori harorat, ishqor, 
kislota ta’siriga chidamli, lekin yorug‘lik ta’sirida parchalanib ketadi. 
B
12
vitamin (sianokobalamin) — tarkibi quyidagi formula C
63
H
90
N
14
O
14 
RCo bilan ifodalanadi. 
B
12
vitaminning struktura formulasi boshqa vitaminlarga qaraganda ancha 
murakkab bo‘lib, uning molekulasida bir atom kobalt metali bo‘ladi. 
B
12
vitaminning organizmga etishmasligi oqibatida og‘ir kasalliklar kelib 
chiqadi va hatto o‘limga olib keladi. Bu anemiya (kamkonlik) kasalligi bo‘lib, bunda 
qondagi gemoglobin miqdori kamayib ketadi, quvvatsizlanish, ishtahani bo‘g‘ilishi 
kabi noxush hollar organizmda seziladi. 
B
12
vitaminga boy mahsulotlarga go‘sht, jigar, buyrak, baliq, pishloq, sut 
misol bo‘ladi. 
B
12
vitamini anemiya, polinevrit va radikulit kasalliklarini davolashda 
ishlatiladi. 
PP vitamin (nikotinamid). PP vitamin deganda nikotin kislota va uning 
amidi tushuniladi. PP vitamin ham B guruh, vitaminlarga kiradi, shuning uchun uni 
B
5 
bilan belgilash mumkin. Boshqacha nomi niatsin. Bu vitaminning inson 
organizmiga etishmasligi lanjlik, tez toliqish, uyqusizlik, yurakning tez-tez urishi va 
yuqumli kasalliklarga oson chalinish oqibatlariga sababchi bo‘ladi. Umuman PP 
vitaminning etishmasligi pellagra (terini g‘adir-budur bo‘lish) kasalligi, ya’ni terida 
dog‘lar paydo bo‘ladi, og‘iz
bo‘shlig‘ining qurishi, oshqozon va asab tizimining 
buzilish hollari kuzatiladi. PP vitamin manbalariga go‘sht mahsulotlari, ayniqsa mol 
jigari, buyragi, go‘shti, qo‘y, cho‘chqa, baliq go‘shtlari, xamirturish, sut va sut 
mahsulotlari kiradi. 

Download 55.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling