Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 11-Mavzu: Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq-ovqat mahsulotlarida tahlil qilish usullari Reja


Download 55.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.11.2023
Hajmi55.85 Kb.
#1759431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 Mavzu Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq ovqat mahsulotlarida

Triftofan aminokislotasi PP vitaminining provitamindir. PP vitamin 
yorug‘lik, kislorod va ishqor ta’siriga chidamli. Shuning uchun u oziq-ovqat 
mahsulotlarida saqlanib qoladi. Oshpazlik texnologiyasida oziq-ovqat mahsulotlari 
qaynatilganda atigi 25% niatsin vitamini sho‘rvaga o‘tishi mumkin. 


Vitaminlarning B guruhiga yana ko‘pgina vitaminlar kiradi, masalan, 
folatsin (folium — yaproq, B
9
), biotin, pantoten kislota (B
3
) shular jumlasidandir. 
Bu vitaminlar ham inson hayotida katta ahamiyatga egadir. 
Yog‘da eriydigan vitaminlar 
A vitamin (retinol). A vitamin sarg‘ish qovushqoq suyuqlikdir. Inson 
organizmiga A vitaminning etishmasligi kseroftalmiya, ya’ni tovuqlarda bo‘ladigan
qorong‘ida ko‘rmaslik (shapko‘rlik) kasalligiga sabab bo‘ladi. A vitamin o‘sish 
omilidir. Bu vitamin etishmagan yosh organizm o‘sishdan to‘xtaydi, ayniqsa suyak 
o‘smaydi. A — vitamin baliq moyida, jigarda, sariyog‘da va sutda 0,5 % dan to 4 % 
gacha uchraydi. Karotin moddasi A provitamin hisoblanganligi uchun, karotinga 
boy bo‘lgan sabzi, qizil kalampir, pomidorlarni iste’mol qilish orqali organizmning 
A vitaminga bo‘lgan talabini qondirish mumkin. Retinol yorug‘lik va havo kislorod 
ta’sirida, hamda ovqat tayyorlash jarayonida 30 % gacha parchalanib ketishi 
mumkin. 
D vitamini (kalsiferol). Kalsiferol deganda ikki birikma nazarda tutiladi: 
ergokalsiferol (D
2
) va xolekalsiferol (Dz). Bular qondagi kalsiy va fosfor miqdorini 
tartibga solib turadi, suyakni minerallanishida ishtirok etadi. 
D vitaminning yetishmasligidan bolalarda raxit kasalligi, katta yosh 
odamlarda esa osteoporoz (suyak faoliyatini buzilishi) kabi kasalliklar paydo 
bo‘ladi. Buning oqibatida suyakda singan joy va tishda yemirilish sodir bo‘ladi. 
Kalsiferol baliq moyida, mol jigarida, tuxumda, sutda va sariyog‘da ko‘p uchraydi.

Download 55.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling