Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 11-Mavzu: Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq-ovqat mahsulotlarida tahlil qilish usullari Reja


Download 55.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.11.2023
Hajmi55.85 Kb.
#1759431
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 Mavzu Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq ovqat mahsulotlarida



TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
SHAHRISABZ FILIALI
 
11-Mavzu: Vitaminlarning vazifalari va ularni oziq-ovqat 
mahsulotlarida tahlil qilish usullari 
Reja: 
1. 
Vitaminlarni funksiyasi. 
2. 
Vitaminlarni sinflanishi. 
3. 
Vitaminlarning ahamiyati. 
4. 
Tahlil qilish usullari 
Tayanch so‘z va iboralar 
Gipovitaminoz, avitaminoz, provitamin, suvda eriydigan vitaminlar, yog‘da 
eriydigan vitaminlar, singa, vitaminlar B
1
, B
6
, B
12
, A, PP, C, tokoferol, kalsiyferol, 
retinol, antivitamin. 
 
Vitaminlar — tirik organizmda bo‘ladigan jarayonlarni biologik jihatdan 
tartibga soluvchi va katalizatorlik vazifasini o‘tovchi, turlicha kimyoviy tabiatli quyi 
molekulyar organik birikmalardir. 
Oziq-ovqat tarkibida ba’zi mahsulotlarning bo‘lmasligi tufayli organizm 
turli og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lishini insoniyat qadim zamonlarda ham bilgan, 
lekin faqat 1880 yilda rus olimi N.I. Lunin tomonidan bunday mahsulotlar organizm 
uchun zarur ekanligi tajriba asosida tasdiqlandi. Polyak biokimyogari K. Funk 
bunday moddalarni vitaminlar deb nomladi, ya’ni lotincha «vita» so‘zi — hayot 
degan ma’noni bildiradi. 
Inson organizmining turli kasalliklarga chalinmasligi uchun oziq-ovqat 
mahsulotlari tarkibida ma’lum miqdorda vitaminlarning bo‘lishi zarur, chunki 
organizm ularni etarli darajada sintez qila olmaydi. Organizmda vitaminlarning 
etishmasligi yoki ularning bo‘lmasligi organizmni gipovitaminoz va avitaminoz deb 
ataladigan kasalliklarga olib keladi. 


Hozirgi vaqtda vitaminlar vazifasini bajaruvchi o‘ttizdan ortiq birikmalar 
ma’lum. Bular ichida vitaminlar va vitaminsimon birikmalar bo‘lib, faqat 
vitaminlarning o‘zi yigirmadan ortiqdir. 
Vitaminlarni shartli ravishda lotin xarflari bilan belgilanadi. Ularni suvda 
erishi yoki erimasligiga ko‘ra ikki guruhga: suvda eriydigan vitaminlarga (B
1
, B
2

B
6
, PP, C va boshqalar) hamda yog‘da eriydigan vitaminlarga (A, E, D, K) bo‘lish 
mumkin. 
Insonning vitaminlarga bo‘lgan talabi uning yoshiga, sog‘ligining holatiga, 
hayot sharoitiga, ish faoliyatiga, yil fasliga va qolaversa qanday mahsulotlar iste’mol 
qilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Vitaminlardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular vitamin 
bo‘lmasada, lekin organizmda vitaminlarga aylana oladi. Bunday moddalarni 
provitaminlar deyiladi. 
Provitaminlarga ba’zi karatinoidlar, to‘g‘rirog‘i β- karotin misol bo‘ladi. 
Oziqa ratsionida A vitamin o‘rniga karotin ishlatish mumkin. Karotin A 
provitamindir, organizmda u A vitaminga aylanadi. Karotin sabzi, turli gullar
mevalar, sut, tomat, kon zardobi tarkibida uchraydi. A vitamin ko‘pincha jigarda 
yig‘iladi. Vitaminlarning asosiy manbasi o‘simliklardir. Shunga ko‘ra vitaminlarni 
tabiiy manbaidan ajratib olish, kimyoviy yoki mikrobiologik sintez asosida 
tayyorlash mumkin. 

Download 55.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling