Toshkent kimyo-texnologiya instituti «silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi» kafedrasi hisob izoh yozuvi


Ishlab chiqarishni nazorat qilish


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
#110773
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shinni mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlov berish sexininig loyihasi va kamerali pechning issiqlik texnik hisobi


11. Ishlab chiqarishni nazorat qilish 

 

Texnologik jarayonni bajarilishini va tayyor mahsulot sifatini tekshirish vazifasini 

texnik nazorat bo’limi bajaradi. Bunda nazorat ishlari 3 ta guruhga bo'linib, ular asosan: 

1) xom ashyo va yarim tayyor mahsulotni nazorat qilish; 2) tayyor mahsulotni nazorat 

qilish; 3) ishlab chiqarish chiqindilarini va mahsulot navlarini tahlil qilishni o'z ichiga 

oladi. 


1. Xom ashyo materiallarining nazorati 

Xom ashyo va yarim tayyor mahsulotni nazorat qilishda korxonaga keltirilayotgan 

har bir vagondagi xom ashyo tekshirishga yuboriladi. Bunda xom ashyoni uning 

pasportiga to'g’ri kelishi, tashqi ko'rinishi, ifloslanganligi va boshqalar qayd etiladi. 

Kuzatishlar davlat standartlari va texnik shartlar asosida olib boriladi. Aniqlanadigan 

asosiy xususiyatlar qatoriga quyidagilar kiradi: 

· xom ashyoning namligi 

· qumning tarkibidagi kaolinning miqdori 

· kaolinning tarkibidagi qumning miqdori 

· kaolin va tuproqning keramikaviy xususiyatlari ya'ni qovushqoqligi 

· quritish davomidagi qisqarish, suv yutuvganligi va boshqalar. 

· kvarts qumining donadorlik tarkibi.  

          Materialning tozalik darajasi  o'tli namuna yordamida aniqlanadi. 

Chinni massasining nazorati. Massa tayyorlash sehida kuyidagilar aniqlanadi: 

· har bir smenada toshsimon materiallarning maydalanish darajasi. 

· 

materialning tozaligi va unga maydalovchi uskunaning  qismlaridan  te-         



mir moddalarining o'tib ketmayotganligi bir smenada 2 marta tekshiriladi. 

· massaning har bir jarayondan keyingi namligi. 

· massaning filtr pressga uzatish oldidan temperaturasi. 

· vakuum pressdan chiqqan massaning shakllanish xususiyati. 

· sirning namligi, maydalanish darajasi va chinniga yopishishi. 

2. Shakllash jarayonining nazorati 

·   shakllash sehida quyidagilar nazorat qilinadi.  

·   mahsulotning namligi. 

·   tayyor shlikerning sifati (namligi, zichligi, oquvchanligi, quyilishi) mahsulotni 

tekislash paytidagi nuqsonlar.  

Mahsulotni shakllash sehidan kuydirish sehiga jo'natishda uning 5% tekshirilishi 

shart. Bunda asosan shakllanish sifati, mexanik ziyonlar ko'riladi. 

3. Kuydirish jarayonining nazorati 

Yarim tayyor mahsulotni birinchi kuydirishdan keyin ikkinchi kuydirish 

uchastkasiga jo'natish davrida ular nazoratdan o'tadi. Bunda har bir navga  ajratilgan 

buyumlarning 5% ko'zdan kechiriladi. Tekshirish mobaynida buyumlar ustki qismida 

nuqsonlarning bor yo'qligi, birinchi kuydirishning bir tekis bo'lgan bo'lmaganligi, 

buyumlardagi yoriqlarning bor yo'qligi fuksin yordamida hamda sirlangan 

buyumlarning tashqi ko'rinishi qay darajada ekanligi aniqlanadi. Fuksin nazorati 

birinchi kuydirishdan chiqqan buyumlarni fuksin bilan bo'yalgan suv yoki sirga botirib 

tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bunda buyumlarda mavjud bulgan sochsimon 


 

 

 



55 

yoriqlar ko'zga tashlanadi, ular qurollanmagan ko'z bilan oddiy kuzatish davrida 

ko'rinmaydilar. 

Buyumlarning suv yutuvchanligini laboratoriya usulida aniqlanadi. Buyumlarni 

quyidagi nuqsonlariga ko'ra chiqitga chiqariladi: 

 Shakllash davridagi chiqitlar va siniqlar, bularga ifloslanish, uchib ketish, buyum 

elementlarining to'g’ri joylanmaganligi, g’ijimlar kiradi. 

Kuyish paytidagi chiqitlar va siniqlar, ularga to'g’rilab bo'ladigan va bo'lmaydigan 

ifloslanish, chetidagi siniqlar, haddan tashqari kuyish, uchib ketish, qiyshayish va qora 

dog’lar kiradi.  

Nav qo'yish sehida har kuni navlarga ajratishning va silliqlashlarning to'g’ri olib 

borilayotgani tekshiriladi. Buning uchun har nav quyuvchidan 100 dona buyum olinib, 

ular tekshiriladi.  

Sirlangan buyumlar kuydirilgandan keyin bezak sehiga berishdan avval navlarga 

bo'linadi, qayta ishlanadi, tamg’a qo'yiladi. Keyin 5 % dan kam bo'lmagan miqdordagi 

buyumlar tekshiriladi. Bunda tamg’alanish sifati, navlar to'g’ri qo'yilgani, siniqlarning 

borligi tekshiriladi.  

Chinni buyumlariga davlat standartining talablari 

Ko’rsatkich 

28390-89 sonli Davlat standarti 

Egilish bo’yicha mexanik 

mustahkamligi, МPа 

70-90 

Suv yutuvchanligi, % 



0-0,5 

Umumiy qisqarish, % 

Hajmiy og’irlik, g/sm



3

 2,25-2,42 

20-800

О

С da IKK,  



 

.

10



-6

 

о



С

-1

 



 

4,0-5,0 


Oqligi, % sirlanmagan  

55-70 


Shaffofligi,% 

 1 


 2 

 

11,0 



3,0 

Issiqlikka bardoshligi, 

issiqlik almashish sikli 

8 va undan yuqori 

 


 

 

 



56 

 

Bezak sehiga kelayotgan buyumlarda changning borligi, yog’ dog’lari va boshqa 



ifloslanishlarning mavjudligi tekshiriladi, keyin dekolning yopishtirilish sifati, uning 

yuvilishi va quritilishi, bo'yoqlarni o'tkazib olish uchun  tayyorlangan elaklarning 

butunligi, idishlarning tozaligi, bo'yoqlarning surtilishi buyumlarning kuydirilishi 

nazorat qilinadi. 

Tayyor mahsulot omboriga berilayotgan buyumlar to'laqonlik ravishda navlanadi 

va ularga Davlat standartlariga ko'ra navlar qo'yiladi. Navlarga ajratish davrida 

buyumga ma'lum bir navga taaluqli rangda tamg’a qo'yiladi. Yana bir bor qayta 

ishlanishi lozim bo'lgan buyumlar tuzatishga jo'natiladi, keyin yana nazorat qilinadi. 

Navlar to'g’ri qo'yilgani ham har 100 dona buyumda tekshiriladi, navlanishda 1% gacha 

miqdorda xato ketgan bo'lsa, barcha buyumlar qayta navlanadi. 

Tayyor mahsulot omboriga jo'natilayotgan buyumlar fizik-mexanik tomondan 

tadqiqot qilinadi. Bunda buyumlarning hajmi, og’irligi, o'lchamlari, oqlik darajasi, 

shaffofligi, mexanik mustahkamligi, termik bardoshligi, kimyoviy bardoshligi, rangi  va 

sirning sifati tekshiriladi. 

 

                               



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



57 

12. Ekologik qism 

 

Fan va texnikaning rivojlanishi va yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishda 



keng joriy etilishi natijasida insonning tabiatga ko'rsatilayotgan ta'siri (antropogen ta'sir) 

jadallashib bormoqda. Inson va tabiat orasidagi o'zaro munosabatlar murakkablashib, 

ushbu ta'sir tabiiy omillar bilan qiyoslanadigan darajaga yetdi. Shuning uchun atrof 

muhitni muhofaza qilish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. 

Biosferada antropogen ta'sir qilish shu darajaga borib etdiki, yer yuzida ham tabiiy 

o'zgarishlar ro'y berib, ba'zi mintaqalarda hayot kechirish amri mahol bo'lib qoldi. 

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan tejamkorona va oqilona 

foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni ishlab chiqarish 

korxonalarida keng joriy etish kabi masalalar eng muhim va o'z yechimini kutayotgan 

umumdavlat vazifalariga kiradi. 

Respublikamiz va xususan, viloyatimiz miqyosida jiddiy va keskin ekologik 

vaziyatlarni vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish o'sish sur'atlarining 

tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish sur'atlardan bir necha marotaba 

yuqoriligidadir. Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag’lar (u milliy 

daromadning 1,5-2% ni tashkil etadi) kerakli miqdoriga nisbatan bir necha o'nlab 

marotaba kamdir. Rivojlangan mamlakatlarda esa, bu ko'rsatgich korxona mablag’ining 

25-30% ni tashkil etmoqda. 

Ko'p o'n yilliklar davomida vujudga kelgan ekologik muammolarga siyosat 

aralashib, ularga panja orqasidan qarab kelindi. Ularni nazar pisand qilmaslik shu 

darajaga yetdiki, kelib chiqish sabablari hamma tomonlama o'rganilmay qoldi. Natijada 

atmosfera havosi, tuproq va suv manbalari zararlandi, atrof - muhitga misli ko'rilmagan 

darajada  zarar yetkazildi. 

Ma'lumotlarga qaraganda, inson sog’ligining 67 - 74% tashqi muhit, ovqatlanish va 

yashash sharoitiga, 16 - 18% genetik va nasliy omillarga va faqatgina 10 - 15% 

sog’liqni saqlash xizmatiga bog’liq. Demak, hayot kechirish uchun atrof - muhitni 

zararlamaslik chora-tadbirlarini ko'rish har bir ishchi, xizmatchi, mutaxassis, muhandis 

va rahbarning asosiy burchi bo'lishi kerak. Sayyoramiz sog’lomligi - bizning 

sog’ligimiz demakdir! 

Atrof muhitni muhofaza qilish borasida O'zbekiston Respublikasida quyidagi 

qonunlar qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasining  «Tabiatni muhofaza  qilish  

to'g’risida» gi qonuni

O'zbekiston Respublikasining  «Alohida muhofaza  etiladigan tabiiy hududlar  

to'g’risida» gi  qonuni; 

O'zbekiston Respublikasining «Davlat saniyatariya nazorati to'g’risida» gi  qonuni; 

O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish  to'g’risida» gi qonuni; 

O'zbekiston Respublikasining «Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish to'g’risida» 

gi  qonuni; 

O'zbekiston Respublikasining  «O'simlik dunyosini muhofaza  qilish va  ulardan 

foydalanish to'g’risida» gi  qonuni. 

Chinni buyumlari xalqimizning kundalik ehtiyojida keng qo'llaniladigan, tibbiyot 

sohasida, uy-ro'zg’orda, qurilish va boshqa tarmoqlarda ishlatiladigan mustahkam, oq, 


 

 

 



58 

ba'diiy bezalgan, sirlangan buyumlardir. Ular ishlatilish sohalari va xususiyatlariga ko'ra 

turlicha harakterlanadilar. Chinnilar tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi va pishirish 

haroratlari bo'yicha ham turlichadir. 

Chinni buyumlariga bo'lgan ehtiyoj katta bo'lganligi sababli ularni keng miqyosda 

ishlab chiqarish, yangi xom-ash'yo turlari topish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib 

borish maqsadga muvofiqdir. 

Chinni buyumi tarkibiga kiruvchi chinni gili va giltuproqni odatda yer ostidan 

kavlab chiqarish korxona yaqinidagi ochiq sayoz kon-karyerlarda amalga oshiriladi. 

Xom ashyo sidiradigan va yuklaydigan mashina-skreper, buldozer yoki ekskavator 

yordamida avvalo karyer yuzasi o'simlik, kulrang tuproq, qum va ohaktosh 

qoldiqlaridan tozalanadi, oqava ariqlari yo'qotiladi hamda yo'li quritiladi. So'ngra turli 

usullarda asosiy xom ashyoni kavlash va transport vositalariga yuklash ishlari amalga 

oshiriladi. 

Chinni buyumlarga termik ishlov berish texnologiyaning eng murakkab va mas'ul 

jarayoni bo'lib, tayyor mahsulotning ma'lum darajali sifatini ta'minlaydi. Qoliplangan 

chinni buyumlari kabi quritiladi, so'ngra tunnel pechlarida kuydiriladi. Sopol buyumlari 

kabi bu yerda ham termik ishlov  ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda 

harorat ikkinchisiga nisbatan kamroq bo'ladi. Masalan, xo'jalik-maishiy chinnisi avval 

900-950 gradusli haroratda kuydiriladi, sirti sirlanadi va 1300-1350 darajali haroratda 

ikkinchi martaba kuydiriladi. So'ngra mahsulot yuzasiga bo'yoq surtiladi, “oltin suvi” 

beriladi va nihoyat  past haroratda amalga oshiriladigan va bo'yoqlarni qotirishga xizmat 

qiladigan uchinchi kuydirishga  jo'natiladi.. 

Tayyor buyum saralanib, sortlarga ajratiladi. So'ngra maxsus yashik va 

konteynerlarga joylanadi va tayyor buyumlar omboriga jo'natiladi.  

Termik ishlov vaqtida kaolin, gil va dala shpati parchalanadi. Kvarts esa 

polimorfizm hodisasiga duch keladi. Natijada uch molekula alyuminiy (III) oksidi ikki 

molekula kremniy (IV) oksidi bilan birikib, mullit nomli o'ta mustahkam, issiq va sovuq 

ta'siriga chidamli, kimyoviy turg’un va ninasimon moddani hosil qiladi. Dala shpati esa 

massa tarkibida ko'zga ilg’amas holda erib, chinnining yaltirashi va oqligini 

ta'minlovchi shisha modda hosil qiladi. Odatda, xo'jalik- maishiy chinnisi tarkibidagi 

bunday shishaning miqdori 40-50 protsentgacha boradi. Kvarts esa yuqori harorat 

ta'sirida tridimit nomli formaga o'tadi. Albatta, massa tarkibida oz miqdorda bo'shliq va 

havo bo'ladi. 

Chinni buyumlar ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyodan foydalaniladi.Tabiiy 

resurslar insonning yashashi uchun zarur bo'lgan shunday vositalardirki, ular jamiyatga 

bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta'sir 

etadi.  


 Shuni alohida ta'kidlash kerakki, «tabiiy resurslar» tushunchasini ko’pgina 

olimlar turlicha ta'riflashadi. Masalan, geograf olimlar, akad. I.P.Gerasimov va prof. 

D.L.Armand tabiiy resurslarga eng to'liq ta'rif berganlar: «tabiiy resurslar- kishilar 

bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashi uchun zarur bo'lgan xilma-xil 

vositalardir». 

  Prof. YU.G.Saushkin esa «elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 

chiqarish uchun foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun 


 

 

 



59 

xom ashyolarni tabiiy resurslar deb ta'riflaydi. Geograf olim A.A.Minc esa , «Tabiiy 

resurslardan foydalanish shakllari va yo’nalishlariga qarab ularni iqtisodiy jihatdan 

sinflarga bo’lishni» birinchi o’ringa qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya'ni tasniflashda, 

tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan 

tashqari sferada foydalanishiga qarab guruhlarga ajratiladi.  

  Shunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va 

mehnat vositalari manbalariga bo’linadi. Aslida, tabiiy resurslar ikkita asosiy guruhga 

bo’linadi:  

A. guruhi - moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilgi mahsulotlari, 

metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar kiradi. 

V guruhi - ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, 

daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi. 

          Tabiiy  resurslarga  oziq ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va 

hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar 

olinadigan ma'danlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och taxtalar, energiya va yoqilg’i 

manbalari bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi. 

Ma'lumki ,har qanday ilg’or, zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni atmosfera 

havosiga va oqova suvlariga va atrof muhitga turli chiqindilarsiz faoliyat ko'rsata 

olmaydi. Men loyihalashtirayotgan chinni mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlov 

berish sehida mahsulot ishlab chiqish jarayonida atmosferaga zaharli gazlar chiqadi.Va 

ularni ta'sirini kamaytirish maqsadida korxona atrofiga ko'kalamzorlashtirilgan hudud 

barpo etish lozimdir. 

“Chiqindisiz texnologiya” inson ehtiyojlarini qondirish, bilim, usullar va 

vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan unumli foydalanishni 

ta'minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir. “Chiqindisiz texnologiya” - bu 

mahsulotning shunday ishlab chiqarish usuliki, unda xom ashyo - ishlab chiqarish - 

iste'mol qilish - ikkilamchi xom ashyo resurslari siklida energiya va xom ashyolardan 

unumli va kompleks ravishda qo'llaniladi va tabiiy muhitga yetkazilgan har qanday ta'sir 

uning normal holatidan chiqara olmaydi. 

Ushbu ta'rifda 3 holatni ajratish mumkin: 

1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil 

etilgan va rostlangan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil etadi. 

2. Xom ashyo tarkibidagi barcha komponentlardan unumli foydalanish, iloji 

boricha energiya resurslari potensialidan to'laroq foydalanishning majburiyligi. 

3. Chiqindisiz texnologiya tabiiy muhitga ta'sir qilib uning normal ishlashiga ta'sir 

etmaslik. 

Kam chiqindili texnologiya mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda 

tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta'sir ruhsat etilgan sanitar-gigiyenik me'yorlardan 

oshmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik, tashkiliy va iqtisodiy sabablar tufayli 

xom ashyoning ma'lum bir kichik qismi chiqindi bo'lib qolishi mumkin va ular ekologik 

havfsiz joylarda saqlanadi yoki ko'miladi. 

Havoga chiqindilar maxsus gazlarni yoqib tashkil qilingan manbadan jihoz va 

moslamalarni germetikligini buzilishiga hisobiga jarayonlarni borish texnologiyasini 



 

 

 



60 

buzulishi hisobiga xom ashyo va mahsulotlarni ortish va tashish vaqtida tushishi 

mumkin. Havoga tashlanayotgan chiqindilari quyidagi usullar bilan tozalanadi.  

1. Mexanik 

2. Ho'llash 

3. Filtrlash 

4. Elektrostatik 

5. 


Tovush va ultratovush yordamida koagullash. 

Havoni zararli gazlardan tozalash uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: 

1.Absorbsion 

2.Adsorbsion 

3.Katalitik 

4.Termik. 

Qattiq chiqindilarni qayta ishlash uchun : 1. Mexanik 2. Mexano-termik 3. Termik 

usullardan qo'llaniladi. 

Umuman olganda sanoat chiqindilaralarining 4 xil xavflilik sinflari mavjud bo'lib, 

1 O'ta xavfli  

2 Yuqori xavfli 

3 O'rtacha xavfli 

4 Kam xavfli sinflarga farqlanadi 

Atmosfera havosiga tushayotgan turli iflos moddalarning zaxarlilik darajasini 

ularning 1 m

3

 havodagi mg lar (mg/m



3

) miqdorini aniqlash yo’li bilan aniqlanadi. 

Aerozollar tarkibidagi changning miqdori esa bir birlik yuzaga cho’kayotgan g-lar 

(g/m


2

) miqdorini aniqlash yo’li bilan aniqlanadi. 

Zaxarli moddalarning insonga, hayvonlar va o'simliklapga eng minimal ta'sirini 

aniqlash uchun 200 xil modda uchun chegaraviy mumkin bo'lgan miqdor (CHMM) 

ishlab chiqilgan. 

CHMM asosan quyidagi ko'rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan: 

1. U yoki bu moddaning chegaraviy mumkin bo'lgan miqdori deb uning shunday 

miqdorini tanlab olinadiki, shu miqdordagi har qanday modda insonga ta'sir 

ko'rsatganda uning ish qobiliyatini kamaytirmaydi va salomatligi, kayfiyatiga hech 

qanday ta'sip ko'rsatmaydi. 

2. Zaxarli moddalarga moslashish noxush hisoblanib, o’rganilayotgan miqdorning 

mumkin emasligining isboti hisoblanadi. 

3. Zaxarli moddalarning o'simliklarga, iqlimga, atmosfera havosining tiniqligiga va 

aholining yashash sharoitlariga noxush ta'sip ko'psatayotgan miqdorini mumkin 

bo’lmagan miqdor deb belgilansin. 

Xar bir modda uchun tegishli CHMM  kabul qilingandir. 

Xavoni changdan tozalashning quyidagi usullari mavjuddir, 

1) gravitatsion usuli 

2) quruq inertsion va markazdan qochma kuch asosida tozalash usuli 

3) ho'llash usuli 

4) filtrlash usuli 

5) elektrostatik usul 

6) tovush va ultratovush yordamida koagullash usuli. 


 

 

 



61 

Atmosfera havosini zaxarli gazlardan tozalash jarayoni asosan gazlarni suyuqlik va 

qattiq jism chegara sirtlarida boruvchi kimyoviy o’zgarishlar hisobiga olib boriladi. 

Zaxarli gaz moddalarning fizik-kimyoviy xossalari, ularni ajratib olinish sharoitlariga 

binoan ularni tozalash uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar qo'llaniladi: 

1. Adsorbsiya 

2. Absorbsiya 

3. Katalitik 

4. Termik 

Har bir modda uchun tegishli CHMM qabul qilingandir. Tozalash moslamasi 

o'rnatishni zarurligini asoslash uchun CHMCH ni hisoblaymiz. 

CHMMso=3 mg/m

3

 

CHMMsi



2

o=0,05 


W=3m/s-gaz-havo aralashmasini manbadan chiqishining o’rtacha tezligi 

D=2m-chiqindilar manbasining diametri 

N=10 m-manba balandligi 

F=1-Zaharli moddalarning atmosfera havosida cho'kish tezligini hisobga oluvchi 

koef. 

A=240 


n=1 

m=1 


Kimyo sanoatida suv-xom ashyo, erituvchi, reaksion muhit, ekstragent, absorbent 

sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor mahsulotlarni va 

uskunalarni yuvishda ishlatiladi.Texnologik jarayonlarda ishlatilgan suv turli xil 

moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o'g’itlarni ishlab chiqarishdagi oqova 

suvlar kislota, ishqor va tuzlar bilan ifloslanadi. 

Oqova suvlarning ifloslik darajasi quyidagi ko'rsatgichlar orqali aniqlanadi: 

1) Orgonaleptik ko'rsatgichlar (rangi, hidi, mazasi,tiniqligi va h.k.) 

2) Fizik-kimyoviy ko'rsatgichlar (pH, temperatura, elektro’tkazuvchanlik, suvning 

qattiqligi, qovushqoqligi, zichligi, sirt tarangligi va h.k.) 

3) Erigan organik va anorganik moddalapning miqdori, kislorodning kimyoviy 

(XPK) va biokimyoviy (BPK) sarflanishi 

4) Kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdori. 

Oqova suvlarning bir necha sinflanishi mavjuddir. Iflos suvlarning bir necha 

sinflanishi mavjuddir. Iflos suvlarning effektiv tozalash sxemasini tanlab olish uchun 

eng qulay bo'lgan sinflanish - by L.A.Kulskiy sinflanishidir. Ushbu sinflanishga binoan 

suvlar 4 guruhga bo’linadi: 

1 guruh - suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan suvlar

zarrachalar kattaligi l0-3-10-7m 

2 guruh - suvda erimaydigan mayda dispersli va kolloid zarrachalar bilan 

ifloslangan suvlar , zarrachalar kattaligi l0-7 - 10-9m. 

3 guruh - suvda erigan opganik moddalar bilan suvlar 

4 guruh - suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan suvlar (kislota, ishqor, 

tuzlar). 


 

 

 



62 

Oqova suvlarning har bir guruhiga o’ziga xos tozalash usullari mavjud bo'lib, ular 

quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

1) Mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, sentrafugalash); 

2) Fizik-kimyoviy usullar (flotatsiya, adsorbsiya, flokulyatsiya, koagulyatsiya, 

ekstraksiya, ion almashinish usuli); 

3) kimyoviy usullar (neytrallash, oksidlash, qaytarish, tepmooksidlash) 

4) biokimyoviy usullar - tipik opganizmlarning organik ifloslantiruvchi 

moddalarning ozuqa sifatida iste'mol qilishiga asoslangandir. 

Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bo’linadi: regenerativ usullar - ifloslantiruvchi 

moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta ishlatishga asoslangan; destruktiv usullar 

esa ifloslantiruvchi strukturasini buzib yuborib zararsizlantirishga asoslangandir. 

Korxonadan chiqayotgan chiqindilar jadvalda ko’rsatilgan.  

 

   Atmosferaga tashlanayotgan gaz chang chiqindilari va ularni tozalash usullari 



 

Gaz va 


chang 

chiqadigan 

manba 

 Ajratilayotgan 



chiqindilar miqdori 

1. gazsimon 

2. changsimon 

Chang 


gazlarning 

miqdori 


m

3

/sut 



Tozalagich 

lar va 


uskunalar  

CHMM Chiqindi- 

lar 

rekuperats



iyasi 

Bo’lakla- 

gich 

Qizdirish 



Chang (Si

2

O) 



  CO 

0,06 


Filtr 


Adsorber 

 

0,05 



Qayta 


ishlatiladi 

 

Oqova suvlar va ularni tozalash 



Oqova 

suvlarining 

turlari 

Oqova suvning 

hajmi m

3

 /soat 



1. tashlanayotgan 

2. tashlab 

yuborilayotgan 

Iflosliklar 

tarkibi 

Toza- 


lash 

usullari 

Tozalagich 

moslama- 

lar va 

uskunalar 



Tozalan- 

gan suvning 

ishlatish 

yo’llari 



 

 

 



63 

Texnologik 

jarayonda 

hosil 


bo’layot 

gan  


Maishiy 

ehtiyojlar 

224-258 

 

 



Shlam 

 

 



Tindi- 

rish 


 

 

Tindirgich 



 

 

 



 

 

 



Qayta 

ishlatila 

di 

 

 



Korxonani suv bilan ta’minlanishi 

Suvdan foydalanish me’yori, 

m

3

/sut 



Suv bilan 

ta’minlash 

manbasi 

Loyiha 


bo’yicha 

Aslida 


Aylanma 

harakatdagi 

suvning hajmi, 

m

3



/sut 

Toza suvni 

tejash 

Suv saqlash 



ombori 

300 280 250 

 

90 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



64 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling