Toshkent kimyo-texnologiya institutining yangier filiali получение ns -удобрения на основе плава нитрата аммония и природного гипса ингичкалинского месторождения
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
8 СБОРНИК ЯНГИЕР ФИЛИАЛИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVHUM QAYNASH QATLAMLI QURITISHNING ENERGETIK SAMARADOR USULLARI mag. G‘anijonov D.I, bak. Ismatov M.O., kat.o‘qt. Xalilov M.N.
Adabiyotlar 1. Negmatov S.S., Babaxanov M.A. Napolnennыe lakokrasochnыe kompozitsionnыe polimernыe materialы mnogofunksionalnogo naznacheniya // Vesnik molodix uchyonix Sankt- Peterburgskogo gosudarstvennogo universiteta texnologii i dizayna. Vipusk 1 , Yestestvennie i texnicheskie nauki, Sankt-Peterburg, 2013, S.146-151. 2. Tronov V.P. Mexanizm obrazovaniya smoloparafinovыx otlojeniy i borba s nimi. M.: Nedra, 1970. – 206s. 378 MAVHUM QAYNASH QATLAMLI QURITISHNING ENERGETIK SAMARADOR USULLARI mag. G‘anijonov D.I, bak. Ismatov M.O., kat.o‘qt. Xalilov M.N. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Oxirgi vaqtda kimyo va oziq - ovqat sanoatlarining barcha korxonalarida mavxum qaynash jarayonlari keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ushbu jarayon aralashtirish, uzatish, sochiluvchan materiallarni klassifikatsiyalash, issiqlik almashinish, quritish, adsorbsiya, absorbsiya, granullash, kristallanish va boshqa jarayonlarda yuqori natijalar bermoqda. Gaz energiyasi xisobiga qattiq zarrachalarning bir - biriga nisbatan tartibsiz xarakatiga, ya’ni qatlam xuddi qaynayotgandek bo‘lib ko‘rinishiga «qattiq jism – gaz» ikki fazali sistemaning mavxum qaynashi deb ataladi. Ishchi eltkich ta’sirida xosil bo‘lgan mavxum qaynash sistemasining mavxum qaynash yoki qaynash qatlami deb nomlanishining kelib chiqish sabablaridan biri, ushbu qatlamga tomchili suyuqliklar ko‘p xossalarining mosligidir. Agar, qattiq material qatlamining mavxum qaynash xolatini ta’minlovchi tezlik bilan yuqoriga qarab ishchi eltkich xarakat qilsa, mavxum qaynash qatlami xosil bo‘ladi. Bunday ijobiy natijalar mavxum qaynash jarayonining quyidagi afzalliklari bilan belgilanadi: 1-Qattiq zarrachalar intensiv aralashishi, qurilmaning butun xajmi bo‘ylab material temperaturasi va konsentratsiyalarining tekislanishiga olib keladi. Bu xol o‘z navbatida jarayonni optimal tashkil etishga xalaqit beruvchi qattiq zarrachalarni lokal o‘ta qizib ketish oldini oladi; 2-.Kichik o‘lchamli, katta solishtirma yuzali zarrachalar qayta ishlanganda issiqlik va massa almashinish yuzalari keskin ortadi, xamda diffuzion qarshilik kamayadi. Bu xol o‘z navbatida qurilmaning ish unumdorligini oshirishga olib keladi; 3-Issiqlik almashinish jarayonlari intensivlashadi, bu esa issiqlik almashinish qurilmalari ishchi xajmlarini kamaytirish imkonini yaratadi; 4-Mavxum qaynash qatlamli qurilmalar gidravlik qarshiligi kichik bo‘ladi va gaz oqimining tezligiga bog‘liq emas; 5-Qattiq zarrachalar va ishchi eltkichlar xossalari juda keng oralikda o‘zgaradigan, xamda suspenziya va pastasimon materiallar xam mavxum qaynash jarayonida qayta ishlanishi mumkin;6-Mavxum qaynash qatlamli qurilmalar tuzilishi sodda, ixcham va oson avtomatlashtiriladi. 1-rasmda Kattiq zarrachalar qatlamining pastdan yuqoriga ko‘tariluvchi oqim tezligiga bog‘liqlik 3 xolati tasvirlangan.Gaz taqsimlash to‘ri orqali pastdan yuqoriga qarab kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, donador qatlam qo‘zg‘almas xolatida qoladi (1a- rasm).Bunda oqim tezligi o‘zgarishi bilan qatlamning xarakteristikalari o‘zgarmaydi. Qatlam orqali o‘tayotgan gaz (yoki suyuqlik) oddiy, filtrlanib xarakatlanadi. Lekin, gaz (yoki suyuqlik) oqimining tezligi asta - sekin oshirib borilsa, tezlikning ma’lum bir kritik qiymatida qatlamdagi zarrachalar og‘irligi bilan oqimning gidrodinamik bosim kuchi tenglashadi. Bunda qatlamning qo‘zg‘almas xolati buziladi va uning g‘ovakliligi, balandligi ko‘payib boradi. Shu vaqtda qatlam zarrachalari siljib boshlaydi va qatlam oquvchanlikka ega bo‘lib boshlaydi. Agar gaz oqimi tezligi yanada oshirilsa, qatlam kengayadi, zarrachalar xarakati faollashadi, lekin gidrodinamik muvozanat xali xam buzilmaydi. Bu xol qatlamning mavxum qaynash jarayoniga o‘tganligini ko‘rsatadi ya’ni butun qatlam xuddi qaynayotgandek bo‘lib ko‘rinadi. Qatlamning bunday xolatida qattiq zarrachalar intensiv, tartibsiz, turli yo‘nalishlarda xarakat qiladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling