Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


boshqarish, ya’ni menejment


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


boshqarish, ya’ni menejment deb yuritiladi. Hozirgi paytda menejment o’ta murakkab va 
mas’ul ish bo’lganidan, uni bajarish maxsus bilim va mahorat, tajribani talab qiluvchi kasbga 
aylandi. Shu kasb egalari menejer  deyiladi. Fan-texnika revolyutsiyasi boshqarishda 
revolyutsiya yasadi. «Hokimiyat» mulk egalaridan menejerlar qo’liga o’tdi. Boshqaruvchilik — 
menejment fanining asoschisi deb haqli ravishda amerikalik injener va tadqiqotchi 
 
F. Teylor hisoblanadi. U boshqarishni, nima qilishni aniq bilish, eng arzon, eng a’lo darajada 
bajarishni bilish san’ati deb atagan. Korxonaning muvaffaqiyati yangi texnika-texnologiya va ish 
kuchi sifatidan tashqari uning yaxshi boshqarilishiga ham bog’liq ekanligini ko’rsatib, taniqli 
iqtisodchilardan A. Marshall uni ishlab chiqarishning alohida omili deb ko’rsatgan. 
Boshqarishning hozirda ham ahamiyatini yo’qotmagan printsiplarini Teylorning zamondoshi 
frantsuz Fayol ishlab chiqqan. Ishlab chiqarishni tashkil etishni Ford sistemasi ham hali-hanuz 
qadr-qimmatini yo’qotgani yo’q. 
 Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari boshqarish xizmatiga talab oshadi. O’z ishining 
ustasi farang menejerlar toifasi paydo bo’ladi. Ular g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish 
boshqarish bilan shug’ullanishadi. Menejerlar g’oyani topib tayyor mahsulot ishlab chiqarib, uni 
iste’molga topshirib, qayta pul shakliga keltirguncha bo’lgan faoliyat davomida bayon qilingan 5 
bosqichdan iborat maqsadni amalga oshiradi. 
 Firma faoliyatining muvaffaqiyati uni bozor talabiga moslashtirishga bog’liq. Ana shu 
moslashtirish marketing deb ataladi. 
 «Marketing» so’zi inglizcha Market — bozor degan so’zdan olingan bo’lib, tovarlarni 
sotish sferasidagi faoliyatini anglatadi. Lekin marketing hozirgi paytda iqtisodiy faoliyat tizimi 
sifatida faqat oldi-sotdini ifodalamaydi. 
 Marketing bir tomondan, bozorni har tomonlama o’rganish (talab, ehtiyojlar), ishlab 
chiqarishni ana shu talabga va uni o’zgarishiga moslashtirish, mo’ljallash, mahsulotni aniq 
iste’mol uchun ishlab chiqarish, ikkinchi tomondan bozorda mavjud talabga faol ta’sir ko’rsatib 
talabni shakllantirishdir. Yuksak saviyadagi marketing xizmatida korxonalar gullab-yashnaydi. 
 

 
 
3-§. Tadbirkorlikda tavakkalchilik xatari va  
uni kamaytirish, sug’urta 
 
 Ma’lumki hammaning ham tadbirkorlik bilan shug’ullanish qo’lidan kelavermaydi. 
Tadbirkorning eng muhim fazilatlaridan biri tavakkal qilishni, riskni yoqtirishidir. Avvalgi 
bobda ko’rib o’tdik, noaniqlik bozor iqtisodiyotining doimiy yo’ldoshi. Shunday ekan xar bir 
tadbirkorning faoliyati tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. Tavakkalchilik xatari deb, faoliyat 
natijasi qanday bo’lishi ehtimolini bilgan holda, baribir oqibati qanday tugashini aniq 
aytib bo’lmaydigan vaziyat ya’ni noaniqlik tushuniladi
 Noaniqlik sharoitida har bir kishi o’zini turlicha tutadi. Birov tavakkal qilish, riskni 
yoqtiradi, birov esa aksincha. Lotereya o’yinlarida qatnashish tavakkalchilik faoliyatiga, riskka 
tipik misol bo’la oladi. Bunda yutish yoki yutqazish mumkin. Uni ehtimollik nazariyasiga ko’ra 
tadqiq etishimiz mumkin. Ma’lumki, tasodifiy kattalikni kutilayotgan salmog’ini yoki hodisani 
ro’y berish ehtimoli quyidagi matematik formula yordamida aniqlanadi. 
  E(x) = 
π
1
x
1
 + 
π
2
x
2
 + … + 
π
n
x
n;
  
 Bu erda: 
π
1, 
π
2
, … 
π
n
 - har bir hodisani yuz berish ehtimoli;  
 x
1
, x
2,
 … x
n
 - har bir hodisaning salmog’i. 
 Bu erda shuni hisobga olish muhimki, ehtimollik turlicha tabiatga ega bo’lishi, ya’ni 
ob’ektiv, yoki sub’ektiv bo’lishi mumkin. Ehtimollikni ob’ektiv tabiatini tan oluvchi olimlar 
hodisalarni yuz berishi ehtimolini matematik asosda, potentsial tarzda aniqlasa bo’ladi deb 
ko’rsatishadi. Frantsuz astronomi, matematik va fizigi Per Laplas tadqiq etilayotgan hodisani yuz 
berishini ya’ni ijobiy natijani mumkin bo’lgan barcha imkoniyatlar natijasiga nisbati asosida 
aniqlab beradi.  
 Sub’ektiv yondashuv tarafdorlari esa(masalan, amerikalik iqtisodchi va statist Leonard 
Sevij) ehtimollik bu kishilarni u yoki bu hodisani yuz berishiga ishonchlari darajasini ko’rsatadi 
deb hisoblashadi. 
 Ehtimollik nazariyasining qay biri: ob’ektiv yoki sub’ektivmi qarashlar bo’lishidan qat’iy 
nazar, biz uchun matematik kutish bilan kutilayotgan naflilikni ajratish muhim ahamiyatga ega. 
 Kutilayotgan naflilik nazariyasini matematik jihatdan asoslab berishni shveytsariyalik 
matematik Gabriel Kramer va Daniil Bernullilar boshlashgan. 
D. Bernulli
1
 o’zining mashhur Sankt-Peterburg paradoksi yordamida masalaning echimini 
bayon qilgan. Paradoks quyidagicha ifodalanadi: individlar uncha ko’p bo’lmagan miqdorda pul 
to’lab, yutuqni kutish matematik jihatdan cheksiz bo’lgan turli xil yutuqli o’yinlarda 
qatnashishlari mumkin. O’yin aytaylik, tangani tashlash bo’lib, «gerb» tomoni tushsa yutuq 
bo’lsin. O’yin belgilangan miqdorda «gerb» tomoni tushguncha davom etsin. Yutuq tangani 
tashlash soni va «gerb» tomoni tushishi bilan bog’liq. Birinchi marta tashlaganda «gerb» tushsa, 
X sub’ekt U sub’ektga, oddiygina qilib aytganda, Odiljon Olimjonga 1 doll, ikkinchi marta ham 
«gerb» tushsa 2 doll, uchinchi martasida ham «gerb» tushsa 4 doll., ya’ni har bir keyingi safar 
ham tangani «gerb» tomonini tushishi, n-chi martasida 2
n-1
 dollar to’lasin.  
 Yutish ehtimoli ( 
π ) ehtimollik nazariyasiga ko’ra har safar tanga tashlaganda 0,5 yoki 
50% ga teng, ya’ni yo «gerb» tushadi, yoki tushmaydi. 
  Tangani birinchi marta tashlaganda yutish ehtimoli matematik jihatdan kutish 
π x1 doll 
yoki 0,5x1=0,5 dollarga teng. Ikkinchi tashlaganda esa (0,5x0,5)x2 doll = 0,5 dollarga teng. 
Umumiy kutilayotgan natija har bir bosqichda 0,5+0,5+0,5+0,5+ … ni summasi tarzida 
ifodalanadi. Bu cheksiz qatorning yig’indisi cheksiz katta miqdorni tashkil qiladi.  
 Paradoks shunda ifodalanadiki, kutilayotgan pul yutug’i bunday o’yinda cheksiz 
bo’lishiga qaramay, ko’pchilik unda ishtirok etmaslikni afzal ko’radi.
2
  Nima sababdan? Uning 
                                                 
 
1
 D. Bernulli (1700-1782) shveytsariyalik matematik va tabiatshunos. 1723-1725 yillarda Sankt-
Peterburg fanlar Akademiyasining fiziologiya va matematika kafedrasida ishlagan.  
2
 Bernulli D. Opit novoy teorii izmereniya jrebiy. V knige «Teoriya potrebitelskogo povedveniya 
i sprosa.». Sankt-Peterburg, 1993, str 23. 

 
 
sababini Bernulli shunday tushuntiradi. Individlar kutilayotgan pul yutug’ini emas, balki ruhan 
qoniqishni maksimallashtirishga intilishadi. Keyinchalik uni yutuqdan kutilayotgan naflilik 
deb ataldi.  
 Bu muammoni odamlarni tavakkalchilik xatariga munosabati nuqtai nazaridan ko’rib 
chiqaylik. Bernullining g’oyalari amerikalik iqtisodchi Jon fon Neyman va Oskar 
Mengenshternning ishlarida rivojlantirildi. Ularni ko’pincha «kutilayotgan naflilik» 
nazariyasining asoschilari deb ham yuritiladi. Ular axborot to’liq bo’lmagan sharoitda 
individning ratsional tanlovi maksimal darajada kutilayotgan naflilik bo’ladi deyishadi. 
Kutilayotgan naflilikning turlicha varianti bo’lishi mumkin. Uni kuyidagi formula yordamida 
hisoblanadi:  
 
n
  
E (U) = Σ
 
u

π
I  
 
i=1 
Bu erda u
i
 – natija nafliligi; 
 i, 
π – natija ehtimoli; 
 i, n- natija miqdori. 
 So’ngra individ kutilayotgan naflilik variantlarini taqqoslaydi va kutilayotgan naflilikni 
maksimallashtirishga harakat qilgani holda birini tanlaydi.  
 Uni tavakkalchilik xatariga munosabati qanday bo’ladi? Odamlarning tavakkalchilik 
xatariga munosabatlari turlicha. Iqtisodiy nazariyada ularni: 
 a) riskka neytral; 
 b) risk qilishga ishqivoz; 
 v) riskni yoqtirmaydigan yoki unga qarshilarga bo’linadi. 
 Ba’zi hollarda tavakkalchilik bilan faoliyat yuritishdan matematik kutish pul ko’rinishida 
bunday xatarga yo’l qo’ymagandagi natija bilan bir xil bo’lishi mumkin. Lekin odamlar o’zlarini 
turlicha tutishadi, turlicha tanlashadi. Masalan: 10 ming so’m qarz olgan o’z qarzini qaytarish 
o’rniga, «Keling, tanga tashlaymiz, agar yutsangiz qarzingizni 2 barobar qilib qaytaraman, agar 
yutqazsangiz qarzdan voz kechasiz», deyishi mumkin. U holda matematik kutish natijasi n x 0,5-
n x 0,5 = 0; yoki 10x0,5 – 10x0,5 = 0; nolga teng. Siz uchun bunday qarasangiz qarzdor bilan 
tanga tashlab o’ynash yoki qarzni talab qilish baribir. 
 Lekin kimdir ko’prok pul topish uchun risk qiladi, kimdir bo’lsa tavakkalchilik xatari 
bilan bog’liq hech qanday faoliyatga aralashmaslikni ma’qul ko’radi. Kishilarni nimani 
tanlashini tushuntirish uchun tahlilni kutilayotgan naflilik kontseptsiyasi asosida olib boramiz.  
 Tajriba shuni ko’rsatadiki, odamlarni asosiy qismi tavakkalchilikni yoqtirishmaydi. Bu 
holatni odamlarni psixikasidan tashqari sof iqtisodiy sabab, me’yoriy naflilikni pasayib borishi 
qonunini amal qilishi bilan tushuntirish mumkin. Uni quyidagi 1-rasm yordamida ko’rib 
chiqamiz.  
 Aytaylik, 1000 so’m pulingiz bor. Uni 500 so’mini yutuqli o’yin o’ynashga sarflashingiz 
mumkin. Yutuq sarflagan pulingizga 2 baravar bo’lsin. U holda yutsangiz 1000 so’m olasiz. 
Pulingiz 1500 so’m bo’ladi. Agar yutqazsangiz pulingiz 500 so’m qoladi. U holda matematik 
kutish pul ifodasida:  
-500x0,5+500x0,5 = 0 
 Me’yoriy  naflilik  esa pasayib boradi(7bob, §2 rasm 1). Shuning uchun kutilayotgan 
naflilik manfiy qiymatga ega bo’ladi. 
 Umumiy naflilik egri chizig’i. Risk qilishdan qochish. Rasm-1 
 Rasm asosida xulosa chiqaradigan bo’lsak, shartli birlikda o’lchangan naflilik bo’yicha 
siz uchun yutqazib qo’ygandagi zarar, yutganingizda olgan pulingizdagi naflilikdan ko’p bo’ladi. 
Bunda me’yoriy miqdor kategoriyasidagi natija puldagi miqdor o’lchovidan boshqacha bo’ladi. 
Siz tavakkalchilikdan voz kechasiz. Ana shuning uchun ham yutuqni qadr-qimmatini 
o’lchaganda yuz berish mumkin bo’lgan natijani matematik kutish bilan uning kutilayotgan 
nafliligi o’rtasida farq bor. Oddiy til bilan aytganda qo’lingizdagi pulni sarflab, qo’shimcha pul 
yutish sizga quvonch bag’ishlaydi, lekin borini yo’qotish, qo’ldagi puldan ayrilish siz uchun 

 
 
og’ir, sezilarli bo’ladi. Iqtisodiy nazariyada bu fenomen egalik qilish effekti deb ataladi. Egalik 
qilish effekti odamlarning o’zlarida borini, ularga tegishli bo’lmagan narsaga nisbatan yuqori 
baholashlari, afzal ko’rishlarini ifodalaydi. «Osmondagi turnadan qo’ldagi chittak yaxshi» naqli 
aynan ana shu effektni ifodalaydi. 
 Sankt-Peterburg paradoksiga qaytsak, odamlar yutuqli o’yindan, misolimizda tanga 
tashlashdan matematik jihatdan kutilayotgan natijasi cheksiz katta son bo’lishiga qaramay voz 
kechishlariga sabab kutilayotgan naflilikni pasayib borishi bo’ladi. 
 Albatta riskni yoqtiradigan odamlar ham bor. Kimki riskdan qo’rqsa, g’oliblik 
nashidasini surmaydi Tadbirkorlik bilan shug’ullanish o’zi ozmi-ko’pmi tavakkalchilik xatari 
bilan bog’liq. Bunday kishilar uchun umumiy naflilik egri chizig’i odatdagidek qavariq emas, 
balki unga teskari, botiq shaklda bo’lar ekan.  
 Bunday odamlar uchun o’yindagi yutuqning nafliligi qo’lidagi yutqazgan pulining 
nafliligiga qaraganda yuqori baholanadi. 
Umumiy naflilik egri chizig’i. Risk 
qilishga moyillik. 
 
Bunda ham hodisaning matematik kutilishi 
pul ifodasida yuqoridagiga o’xshash -
500x0,5+500x0,5 = 0 bo’ladi. 
 Lekin endi me’yoriy naflilik o’sib boradi. 
Shuning uchun shartli birlikda kutilayotgan 
naflilik musbat qimmatga ega bo’ladi. 
-1x0,5+5x0,5 = 2 
 Risk qilishga moyil kishilar yutqazganda 
xafa bo’lishganiga qaraganda yutishganda 
ko’proq xursand bo’lishadi. Yo’qotganda 
qayg’urgandan, topganda ko’proq quvonishadi.  
Va, oxir-oqibat riskka neytral tarzda yondashuvchilar uchun umumiy naflilik egri 
chizig’i, to’g’ri chiziq shaklida namoyon bo’lar ekan. 
Umumiy naflilik egri chizig’i, riskka neytrallik, befarqlik.  
 Matematik kutilish tabiiy o’zgarmaydi. U -500x0,5+500x0,5 = 0; Lekin riskka befarq 
kishilar uchun me’yoriy naflilik ham o’zgarmaydi. Shuning uchun kutilayotgan naflilik ham 
shartli birlikda nolga teng bo’ladi. -2x0,5+2x0,5 = 0;  
Shunday qilib, riskka befarq kishilar yutishsa qanchalik xursand bo’lishsa, 
yutqazishganda shunchalik xafa bo’lishadi. 
 Kutilayotgan naflilik nazariyasi nuqtai nazaridan hamma ko’rib chiqilgan variantlarda 
tanlov ratsional hisoblanadi. Lekin keyinchalik ma’lum bo’ldiki, ko’rib chiqqan holatlarimizga 
to’g’ri kelmaydigan holatlar ham mavjud ekan. Ulardan biri «sanoq nuqtasi effekti» bilan 
bog’liq. Uni quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin: Erkinjon 20000 so’mga jinsi shim 
olmoqchi. Uyining yonidagi magazinda 20000 so’mga turibdi. Bozordan esa shu shimni 15 
mingga sotib olish mumkin. U 20 ming so’mga magazindan, yoki 15 ming so’mga bozordan 
tanlab olish mumkin. Unda tanlov imkoniyati bor. Lekin unga har qalay magazindan olgandan 
ko’ra qo’shimcha 2 soat vaqt sarflab, bozordan olishi uchun rag’bat bor, chunki u 5 ming so’m 
iqtisod qiladi. U charm kurtka olmoqchi deylik. Bunday kurtkani bozorda 250 ming so’mga 
beradi, shu magazinda esa 255 ming so’mga turibdi.  
Har ikki variantda ham u 5 ming so’m foyda ko’rishi mumkin. Lekin ikkinchi holda 
bozorga borish uchun unda rag’bat ancha past bo’ladi. Nimaga shunday? Hamma gap shundaki, 
har ikki holda ham beixtiyor ravishda sanoq nuktasini iqtisod qilingan  foizdan, ya’ni iqtisod 
qilingan pulni tovarning narxiga nisbatan hisoblashdan boshlaymiz. Birinchisi 5:20 = 0,25 yoki 
25%, ikkinchisida 5:255 = 0,019 yoki 1,9%  
Odam o’zini tanlovi bilan kutilayotgan naflilik kontseptsiyasini inkor qilishi 
mumkin. Bu ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollikning nomuntazam bog’lanishi tufayli yuz beradi. 

 
 
 Voqeani yuz berishiga hohishni o’sishi bilan sub’ektiv ehtimollikni o’sishi tendentsiyasi 
amal qiladi. Natijada kishilar hohish-istaklarini voqelik, xaqiqat tarzida ko’rsatishga intilishadi. 
 Tavakkalchilik faoliyatiga mengzasak, odamlar yuz berishi mumkin bo’lgan hodisani 
o’ziga jalb qilishiga qarab risk qilishga moyilligi ortib boradi. 
 
Ko’pchilik kishilarni iloji boricha riskdan kochishini ham kutilayotgan naflilik 
nazariyasiga istisno tariqasida qarash mumkin. Bunda muqarrarlik effekti  amal qiladi. U 
odamlarni yuz berishi muqarrar natijani, hodisani noaniqlikka qaraganda juda yuqori 
baholashlarida ifodalanadi.  
 Iqtisodchilar tomonidan o’tkazilgan eksperimentlar shuni ko’rsatadiki, odamlar yutuqni 
100%li ehtimolini unga nisbatan pastroq 97,98 foizli yutuq ehtimoliga qaraganda juda yuqori, 
ya’ni nomutanosib holda baholashar ekan. Bundan odamlar ehtimollikni nafaqat miqdor, balki 
sifat jihatidan ham baholashar ekan. Ularning riskka moyilligi kutilayotgan naflilik nazariyasi 
asosida taxmin qilingan darajadan ham past ekan. 
 M. Fridmen va L. Sevij o’zlarining «Riskka mo’ljallangan muqobil tanlovda naflilik 
tahlili» maqolasida odamlarni risk qilishga moyilligini yoki uni yoqtirmasligini ularning 
daromadlari darajasi bilan baholashadi va uni grafikda kuyidagicha ifodalashadi. 
 

 
 Naflilik  
  
 
 
 
 
A – bo’lak, kam daromadlilar guruhi ;  
V - o’rtacha daromadlilar guruhi; 
S - yuqori daromadlilar guruhi 
 A  
 V 
  
 
  
 
 
 Daromad  
4-rasm.Umumiy naflilik: daromadga ko’ra risk qilishga munosabatni o’zgarishi  
.  
Ularning fikricha A va S guruhlari risk qilishni yoqtirishmaydi. V guruh esa risk qilishga 
moyil. Ular daromad, boylikka hali o’rganib ulgurishmagan. Avval A guruhida edi, lekin ularda 
S guruhga o’tish imkoni bor. Ular uncha ko’p emas. O’zlarining riskka moyilligi sababli A yoki 
S guruhdagilar qatoriga tezda o’tib ketishadi. Bunda tanlov ratsionalligi riskka nisbatan mavjud 
daromad, boylik , farovonlikka bog’liq.  
Kutilayotgan naflilik kontseptsiyasiga qarama-qarshi boshqa dalillar ham bor. Lekin bu 
kontseptsiya axborot etishmovchiligi, to’liq axborot olib bo’lmaydigan sharoitda ratsional 
tanlovni baholashda asosiy kontseptsiya bo’lib qoladi. 
 Shunday qilib, aksari odamlar riskni yoqtirishmaydi uni iloji boricha kamaytirishga 
harakat qilishadi.  
Riskni kamaytirishni bir necha yo’llari bor. U sug’urtalash bo’lib, uning bir necha usullari 
bor. Sug’urta katta talofotlarni kichik yo’qotishlar bilan almashtirish imkonini beradi. U kuyidagi 
yo’llar bilan amalga oshiriladi. 
1.Tavakkalchilik xatarini birlashtirish, umumlashtirish. Bu tavakkalchilik xatarini 
pasaytirish usuli bo’lib, u qatnashchilar o’rtasida taqsimlanadi. Har bir qatnashchiga to’g’ri 
keladigan zarar uncha katta bo’lmaydi. Turli jamoa, o’zaro yordam fondlari shu metodga 
asoslanadi. Sug’urta kompaniyalari ham aynan ana shu metoddan foydalanadi.  
 2.Tavakkalchilik  xatarini  taqsimlash. Bu sug’urta usuli bo’lib, katta talofat, zarar 
ehtimolini qoplash majburiyatini kompaniya o’z zimmasiga ololmagan sharoitda qo’llaniladi. 
Masalan, korxona o’z faoliyatini yong’indan sug’urta qildirmoqchi. Korxona katta, bordiyu 

 
 
yong’in bo’lsa, yo’qotishlar katta bo’lishi mumkin. Uni ustiga bunday korxonalar juda kam: 
bitta, yoki ikkita.  
Shuning uchun avvalgi tavakkalchilik xatarini birlashtirish metodidan foydalanib 
bo’lmaydi. Bunda ular yirik sug’urta assotsiatsiyalariga murojaat qiladilar. Natijada tavakkal 
qilib ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar assotsiatsiya a’zolari o’rtasida taqsimlanadi.  
 3.Diversifikatsiya usuli. Bu usul iqtisodiy sub’ektlarni o’z moliyaviy mablag’larini turli 
sohalarga qo’yishi orqali bir sohadagi zararlarini ikkinchi sohadagi foydalari bilan qoplashlarini 
ko’zda tutadi. Masalan, turli kompaniyalarning aktsiyalarini sotib olish.  
Sug’urtalashning umumiy printsipi shuki, siz ma’lum bir miqdorda joriy iste’moldan voz 
kechib, kelgusida yuz berishi ehtimoli bo’lgan katta yo’qotishlardan o’zingizni mumkin qadar 
himoyalaysiz. Yana shuni ham eslatib o’tish kerakki, ayrim faoliyat turlari xavf-xatarga sug’urta 
qilinmaydi. Yadro urushi, ekologik katastrofalardan hech kim sug’urta qilmaydi. Lekin 
sug’urtalanmaydigan risklar ham bor. Bu tadbirkorlik faoliyati, uni bir butun holda sug’urtalab 
bo’lmaydi. 
Tadbirkor asosiy o’z g’oyasini amalga oshirish jarayonida, o’z faoliyatining ayrim 
tomonlarini sug’urtalaydi xolos. Masalan, duradgorlik bilan shug’ullansa yong’indan, ishchilarni 
esa ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan falokatdan sug’urta qildiradi va hokazo. 
Lekin ma’lum bir tarmoqda korxona barpo etish g’oyasi, maqsadi va uni amalga oshirish baribir 
tavakkalchilik xatari bilan bog’liqligicha qoladi. Shunday qilib, riskka asoslangan tadbirkorlik 
bilan hamma ham shugullanavermaydi.  
 

 
 
4-§. O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash 
 
 Iqtisodiyotda tadbirkorlikning naqadar muhim o’rin tutishini hayot tasdiqladi. Chunki, 
bozorning mo’l-ko’lligi ko’p jihatdan tadbirkorlikka bog’liq. Ayniqsa, xalq iste’mollari tovarlari 
ishlab chiqarish, turli-tuman xizmatlar ko’rsatish borasida tadbirkorlikning ahamiyati beqiyos. 
Bunda kichik biznes alohida o’rin egallaydi. U o’zining yuqorida ko’rsatib o’tgan qator 
afzalliklari tufayli zarur bo’lgan mahsulot bozorni to’ldirishga, kutilganidek xizmat ko’rsatishga 
qodir. Shuning uchun ham respublikamizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va xususiy 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga doimiy ahamiyat berilib, diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Eng 
avvalo, Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy baza yaratishga ahamiyat 
berilib, tadbirkorlik to’g’risida qonun qabul qilindi. 
 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni 
rivojlantirish tadbirlari to’g’risida»gi farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi 
tadbirkorlikning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlarning shu bosqichdagi eng asosiy vazifalaridan 
biri sifatida qayd etildi. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida har bir viloyat, mintaqada 
dasturlar ishlab chiqildi va uni amalga oshira boshlandi. Tadbirkorlikni rivojlantirishning eng 
kuchli iqtisodiy omillaridan biri imtiyozli soliq solishdir. 
 Qishloq xo’jalik, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish 
korxonalari qo’shilgan qiymat uchun soliq to’lashdan ozod qilinganlar. Xalq iste’mol buyumlari
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar ikki yil mobaynida daromad 
solig’idan ozod qilinadilar, keyingi ikki yil ichida esa kamaytirilgan stavkalarda soliq to’lashadi. 
Bulardan tashqari, xususiy korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun 
yo’naltirilgan mablag’lardan olinadigan soliqlarda ham imtiyoz berilgan. 
 Ish boshlagan dastlabki ikki yil ichida xususiy korxonalar mulkka solinadigan soliqdan, 
1995 yildan boshlab esa barcha korxonalar 20% lik amortizatsiya ajratmalari to’lashdan ozod 
qilinadi. Respublikamizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda «Xususiy tadbirkorlikni 
tashabbuslantirish va rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun katta ahamiyatga ega. 
Mamlakatimizda xorijiy investitsiya-larni jalb etish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishga ham 
katta ahamiyat berilyapti. Qabul qilingan qonunlarda xorijiy investorlar uchun ko’pgina 
kafolatlar, jumladan, siyosiy xatardan sug’urtalash kafolati ham ta’minlangan. «Chet el 
investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonun 
O’zbekistonda ish olib borishni istovchi barcha ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratadi. 
 
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda moliyaviy ko’mak alohida o’rin tutadi. Shu 
maqsadda tashkil etilgan kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi 
«BIZNES FOND» eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Bu fond mablag’lari byudjetdan 
ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va 
huquqiy, jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag’laridan va boshqalardan tashkil topgan. 
Fond ana shu mablag’lardan kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun 
qaratilgan dasturlar, loyihalarni va tadbirlarni moliyalashtiradi, imtiyozli kredit olishga 
yordamlashadi. 
 «BIZNES FOND» i bilan «MADAD» sug’urta agentligi bevosita hamkorlikda ish olib 
boradi. Davlat bu sug’urta tashkilotining hammuassisi bo’lib, kichik va o’rta korxonalar 
faoliyatini kreditlash bilan bog’liq kattagina xatarning moliyaviy ta’minotini o’z zimmasiga 
oladi. 
 Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy 
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling