Ishni bajarish tartibi.
Ishchi stoldagi tasvirni bosib EWB 5.12 elektron sxemalarni simulyatsiyalash dasturi ishga tushiriladi.
Tadqiq qilish sxemasi tanlanadi. Buning uchun belgini bosib, ochilgan oynadan “tranzistor xarakterisnikasi. ewb” sxema fayli tanlanadi va ochiladi. Ekranda ikkita sxema hosil bo‘ladi: a) tranzistorning kirish xarakteristikalarini olish va tadqiq qilish uchun (11-rasm); b) tranzistorning chiqish xarakteristikalarini olish va tadqiq qilish uchun (11-rasm). Ekranning o‘ng yuqori burchagida turgan rasm bosilib, sxema ulanadi.
3. “Sichqoncha”ning chap tugmasini A ta’minlash manbayi Ub-e ga bosamiz, oyna ochiladi va unda manba kuchlanishi qiymati beriladi.
11-rasm
Manba kuchlanishi Ub-e ni 300 dan 700 mV gacha har 50 mV ga o‘zgartirib, ampermetr Ib ko‘rsatishlari Uke =0,Uke =1V, Uke =5V qiymatlarida yozib olinadi.
12-rasm
Kuchlanish Uke qiymati ham Ube qiymati o‘zgartirilgan kabi amalga oshiriladi. Tranzistorning kirish xarakteristikalari uchun o‘lchangan parametrlar 6i-jadvalga kiritiladi.
6i-jadval
4. «sichqoncha”ning chap tugmasini B ta’minlash manbayi Uke ga bosamiz, oyna ochiladi va unda manba kuchlanishi qiymati beriladi. Manba kuchlanishini Uk-e 0 dan 18 V gacha har 2 V ga o‘zgartirib, ampermetr Ik ko‘rsatishlari Ib=0, 0.02, 0.1, 0.2, 0.3, 0.4 i 0.5 mA qiymatlarida yozib olinadi.
Baza toki qiymatlarini tok manbayi Ib yordamida “sichqoncha”ning chap tugmasini ikki marta bosgan holda o‘zgartirib boriladi. Tranzistorning kirish xarakteristikalari uchun o‘lchangan parametrlar 7i-jadvalga kiritiladi.
7i-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |