Natijalarni qayta ishlash
Tranzistorning kirish va chiqish xarakteristikalari oilasini quring.
Tranzistorning kirish xarakteristiklaridagi bir nechta nuqtalar uchun kirish qarshilik va chiqish xarakteristikalaridagi bir nechta nuqtalar uchun chiqish xarakteristikalarini hisoblang.
Tranzistorning kuchaytirish koeffitsiyentini baza toki 0–0,1 mA; 0,2–0,3mA; 0,4–0,5mA oraliqlarda o‘zgargan rejimlar uchun hisoblang. Tranzistorning ish rejimiga bog‘liq holda uning kirish va chiqish qarshiliklari hamda kuchaytirish koeffitsiyentlarining o‘zgarishlari haqida xulosa qiling.
-ilova
Bir fazali yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarni tadqiq qilish
Ishning maqsadi:
Bir fazali yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagich sxemalari va ishlash asoslari bilan tanishish.
To‘g‘rilagichning asosiy parametrlari – to‘g‘rilash koeffitsiyenti Kto‘g‘ri va pulsatsiya koeffitsiyentini Kn aniqlash.
Passiv tekislovchi filtrlar-sig‘imli (C), induktivli (L) va induktiv-sig‘imli (LS) filtrlar ishlashini tekshirib ko‘rish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
To‘g‘rilagichlar – o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beruvchi elektron yoki elektromexanik qurilmadir. Hozirgi paytda yarim o‘tgazgichli diodlar asosidagi to‘g‘rilagichlar keng qo‘llaniladi.
To‘g‘rilagichlar maishiy va sanoat elektron apparaturalar, o‘zgarmas tok elektr yuritmalar, elektrokimyoviy va elektrotexnologik qurilmalarni oziqlantirishda o‘zgarmas tokning asosiy manbayi hisoblanadi. Umumiy qo‘llaniluvchi to‘g‘rilagichlardan tashqari radiotexnikada va avtomatlashtirish zanjirlarida maxsus to‘g‘rilagichlar – to‘g‘rilangan kuchlanishni kuchaytirgich, fazasezgir, ikki qutbli va shu kabilar qo‘llaniladi.
Mavjud to‘g‘rilagichlar rostlanuvchi, ya’ni to‘g‘rilangan kuchlanish qiymatini to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘lgan va rostlanishsiz to‘g‘rilagichlar, ya’ni rostlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. O‘zgaruvchan tok bir fazali tarmog‘idan ta’minlanuvchi to‘g‘rilagichlar bir fazali to‘g‘rilagichlar, uch fazali tarmoqdan ta’minlanuvchilari uch fazali to‘g‘rilagichlar deyiladi. Ba’zi hollarda ko‘p fazali (6, 12 va 24 fazali) to‘g‘rilagichlar maxsus faza o‘zgartiruvchi transformatorlardan oziqlangan holda qo‘llaniladi.
Bitta yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi deb ta’minlovchi kuchlanishning bir davri mobaynida yuklama orqali to‘g‘rilangan tokning bitta yarim davri o‘tadigan sxemaga aytiladi. Ikki yarim davrli sxemalarda kuchlanishning bir davri mobaynida yuklamadan to‘g‘rilangan tokning ikki yarim davri o‘tadi.
To‘g‘rilagichlarning asosiy parametrlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |