Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
БИЛЕТ №18
1. Мовароуннаҳрнинг Қутайба ибн Муслим бошчилигидаги араб қўшини томонидан истило қилиниши. Араб халифалигининг Ўрта Осиёда юритган сиёсати. 0 ‘lkam izni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi V III asming birinchi choragiga to'g'ri keladi. Xususan, 704—yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O'rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707—yilda Amudaryodan o'tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini yengib shaharni qo'lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, N asafham og'ir janglar bilan fath etiladi. 710—yilda Qutayba mahalliy hukm dorlarning o'zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, So'g'dning bosh shahri - S am arqandni bosib olishga tayyorgarlik ko'radi. Shu orada Xorazm shohi Chag'on o'z ukasi Nurzod boshchiligida ko'tarilgan xalq qo'zg'olonidan qo'rqib, 711—yilda yordam so'rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulav vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod torm or qilinadi va o'ldiriladi. Biroq Xorazm shoh bundan hech narsa yutmavdi. Aksincha, u o'z mustaqilligini yo'qotib, xalifalikka tobe bo'lib, uning bojdoriga aylanadi. C hag‘onning q o ‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712—yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda S am arq an d h u k m d o ri G 'u ra k edi. G 'u ra k arab q o ‘shinlariga qarshi jang qiladi, a m m o kuchlar teng b o ‘lmaganligi sababli yengiladi. Qutayba bilan G‘urak (709-738) o'rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir yo'la 2 ming, yiliga esa 200 m ing dirxam hisobiga boj to'lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o'rnida berishi ko'zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turarjoy sifatida beriladi. U ning tub aholisi esa o ‘z joyidan m ah ru m etiladi. Arab q o ‘shini 713—yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O'rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg'ona vodiysini egallaydi, ko'p o'tm ay o'lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg'ol qilinadi. Shu tariqa, qirg'inbarot janglar oqibatida arablar M ovarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan ham m a viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo'ravonlik o'tkazdilar. Xalq tom onidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma'naviy boyliklar, osori atiqalar talandi, yakson qiiindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo'l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko'plab ibodatxonalari, muqaddas qadamjolari kunpayakun etildi. IX asr arab tarixcnisi Xo‘rdodbehning ko'rsatishicha, xalifalikka faqat xiroj solig'i hisobiga So'g'd viloyati 326 ming, Farg'ona 280 ming, Shosh 607 ming, Ustrushona 50 ming dirham soliq to'lagan. Buxoroga belgilangan xiroj solig'i miqdori bulardan ham ko'p bo'lgan. Shu boisdan istilochilar «kuch xirojda» deb bejiz aytmaganlar. Mahalliy aholi ko'zda tutilgan soliqlarni muntazam to'lab borishga majbur etilgan. Bordiyu bunga qurbi yetmasa o'sha shaxsning veri, mulki tortib olinib, oilasi bilan ko'chaga uloqtirilgan. Arablar dastlab juz’ya solig'ini m u su lm o n diniga kirm agan odam larga joriy etganlar. Biroq keyinchalik ham m a islomga kira boshlagach. bu soliq yana barcha yerli aholiga bab-baravar solina bergan. O 'lka aholisini islomlashtirish jarayoni g'oyat m urakkab kechgan. Arab m a'm urlari ko'p hollarda zo'riik va kuch ishlatish yo'li bilan mahalliy xalq vakillarini islomni qabul qilishga undaganlar. Bunga k o 'n m a g a n la r yoxud bosh tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. K o 'p joylarda mahalliy kishilar noilojlikdan, qiyin-qistov asosida musulmonchilikni majburan qabul etgan bo'lsalar-da, biroq arablar ko'zdan 💞Nodira💞, [19.06.2022 19:22] nari ketishi bilan ular yana bu dindan qaytib o'zlarining eski diniy aqida va marosimlariga amal qila berganlar. Hatto arablar ishonchini qozonib musulmon dinini qabul qilgan Buxorxudot Tog'shoda ham islom dinini xo'ja ko'rsinga, yuzaki qabul qilgan bo'lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling