Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
14-bilet
1. Ипак йўлининг Ўрта Осиёнинг ижтимоий, иқтисодий, маданий ва сиёсий ҳаётидаги ўрни, Шарқ ва Ғарбни боғловчи омил. Xitoy hududidan boshlanib g'arb tomonga minglab kilometr masofaga cho'zilgan (12 ming km), Sharq bilan G'arbni tutashtirgan bu noyob savdo yo'li ulug ajdodlarimiz say-harakatlari samarasi o'laroq umumbashariyat tadrijiy taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan. Buyuk Ipak yoli tushunchasini birinchi bo'lib fanga taniqli nemis olimi Ton Rixlgofen olib kirgan. U XIX asming 70— yillarida yozgan «Xitoy» nomli klassik asarida bu terminni chuqur ilmiy asoslab berdi. Ma'lumki, Xitoyning Sian shahridan boshlangan Ipak yoli Lanjou orqali Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi. Ipak yoiining janubi-g'arbiy tarmog'i Taklamakon sahrosi (Mo'g'uliston) orqali Xo'tanga, undan Yorkentga kelib, undan Balxga tomon o'tadi. Balxda yo'l yana uch tarmoqqa ajraladi. G arbiy tarmog'i Marvga, janubiy tarmog'i Hindistonga, shimoliy tarmogi Termiz orqali Darbent, Nautak va Samarqand tomon yonaladi. Ipak yo'lining shimoli-g'arbiy tarmogi esa Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi-Qashqarga boradi. U yerdan Toshqo'rg'on orqali O'zgan, 0 sh, Quva, Axsikent, Popga, Asht orqali Xojand, Zomin, Jizzaxga, so'ngra Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo'l yana davom etib, Dabusiya, Malik cho'li orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Forobga borib, Amul shahriga o'tadi. Amulda esa Marvdan Urganch sari yo'nalgan yo'lga qoshiladi. Marv shahri Orta asrlar davrida Buyuk Ipak yo'li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo'lgan. Muhim jihati shundaki, Buyuk Ipak yo'lining g'arbdan keladigan savdo karvonlari, aytaylik, Italiya, Ispaniya va boshqa O'rta yer dengizi mamlakatlarining saVdogarlari ham o'z mollarini Tir, Damashq, Kichik Osiyo, Eron orqali yana O'rta Osiyoning yirik savdo markazi - Marvga olib kelar, shu yerdan Sharq tomon yo'llarini davom ettirardilar. Shu manoda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashganjoy bo'lganligi alohida ahamiyatga molikdir. Buyuk Ipak yo'li Sharq-u G'arbni bog'lovchi, turli mamlakatlarning savdo-sotiq, tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi www.ziyouz.com kutubxonasi bo'lganidan, bu yo'nalishda joylashgan davlatlar undan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga, yoxud bu borada o'z mavqeyini mustahkamlashga intilganlar. Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli davlatlar bunga intilib^Buyuk Ipak yo'li ustidan o'z nazoratlarini o'rnatganlar. Masalan, mil. av. VI-IV asrlarda Eron Axomaniylari, mil. av. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar, mil. av. II-I asrlarda RimParfiya davlatlari o'rtasida bu borada qattiq raqobat kechgan. Yoxud Arab xalifaligi vujudga kelgunga qadar bu yo'lning Eron va So'g'diyona hududlaridan o'tgan qismida Eron va So'g'd savdogarlari yetakchilik rolini o'ynaganlar. Arab xalifaligi kuchayib, ko'plab hududlami qo'lga kiritgach, bu yo'l arab savdogarlari tasarrufiga o'tadi. Chingiziylar davrida Buyuk Ipak yo'lining tasarrufi butunlay ularning qo'l ostida bo'ladi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur davriga kelib, uning qudratli saltanati vujudga kelgach, Buyuk Ipak yo'li sarhadlari yangidan kengayib, katta miqyoslar kasb etib, yanada rivoj topadi. Mil. av. II asr boshlarida Davan va Qang' davlatlariga tashrif buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Syan safaridan so'ng, Xitoy bilan O'rta Osiyo davlatlari o'rtasidagi diplomatik va savdo-sotiq aloqalari yangi bosqichga ko'tariladi. Elchining bu yurtda ko'rgankechirganlari, ayniqsa, uzumchilik, vino tayyorlash, rangli shishalar ishlab chiqarish, zargarlik, zotdor, uchqur otlar Xitoy hukmdorlarini qiziqtirgan. Bu esa ikki o'rtadagi aloqalarga keng yol ochgan. Xitoy O'rta Osiyoning zotdor otlari, rangli shishalari, zargarlik mollari, laliga xaridor bo'lsa, ayni chog'da, Xitoydan yurtimizga ko'proq ipak va ipak mollari, chinni buyumlar, choy mahsulotlari keltirilaboshlangan.Shuningdek, Hindistondan ip gazlama, ziravor va dorivor mahsulotlar, guruch, mushk-anbar va shu kabi narsalar keltirilgan. Ayni chog'da, o'zbek diyoridan bu mamlakatlarga qishloq xo'jalik mahsulotlari, mevalar, chorva mollari, otlar, gilamlar, zargarlik mahsulotlari, nafis junli matolar chiqarilgan. O'rta Osiyo hukmdorlari Buyuk Ipak yo'lida savdo karvonlarining tinchligi, xavfsizligi va ularning bexatar, muntazam qatnovini taminlash borasida ham doimiy choratadbirlar коrib borganlar. Shu maqsadda kerakli nuqtalarda, aholi siyrak bo'lgan joylarda karvonsaroylar, yemakxonalar barpo qilingan, suv oladigan quduqlar qazilgan, atrofi shinam bino shakliga keltirilib qurilgan rabot-u sardobalar tiklangan. Hozirda ham Qizilqum, www.ziyouz.com kutubxonasi Buyuk Ipak yo'lining shuhrati, ayniqsa, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, ya'ni Amir Temur va temuriylar davrida yanada ortdi. Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechog'iik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan, bu sohani jadal rivojlanishiga alohida etibor bergan. Prezidentimiz I.A Karimov takidlaganidek, «Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi».1 Shu tariqa, Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk Ipak yo'lining dovrug'i beqiyos bo'lganligi, mamlakatlarning umumiy yuksalishiga, bir-birlari bilan yaqindan bog'lanishlariga jiddiy ijobiy tasir o'tkazganligiga shohid bo'lamiz. O'zbekistonning milliy istiqlolga erishuvi va o'z mustaqil davlatchiligiga ega bo'lishi uning oldiga keng istiqbol ufqlarini ochib berdi. Mustaqillik tufayli O'zbekiston yangidan yuz ochib, jahon afkor ommasining nigohiga tushdi. Ayni chog'da'u BMTning teng huquqli azosi sifatida turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar bilan o'zaro foydali, manfaatli asoslarda hamkorlik qilish, aloqalar bog'lashga muvaffaq bo'ldi. Chunonchi, Buyuk Ipak yo'li ananalarini yangidan tiklash borasida hozirda jahon miqyosida olib borilayotgan davlatlararo harakatda O'zbekistonning alohida tashabbus ko'rsatayotganligi boisi ham mana shundandir. Zero, qadimdan Sharq bilan G'arbni birbiriga bog'lagan, xalqaro savdoning qaynoq, tutash nuqtasi hisoblangan O'zbekiston hududi va uning qadimiy shaharlari bugun ham mustaqil davlatimizni keng xorijiy davlatlar bilan bog'lovchi muhim vosita rolini o'ynamog'i ayni muddaodir. «Qadim zamonlarda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk Ipak yo'li, - deb ta'kidlaydi Yurtboshimiz, - O'zbekiston hududi orqali o'tgan. Bu yerda savdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir birini boyitish jarayoni jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo'llar shu yerda kesishadi».1 Shu boisdan ham, mustaqil O'zbekiston Buyuk ipak yo'li an- analarini tiklash va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. Shuningdek, UNESCO rahbariyati bilan hamkorlikda «Ipak yo'limuloqot yo'li» mavzusida o'tkazilayotgari amaliy tadbirlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonning so'nggi paytlardagi faol xattiharakatlari Sharq va G'arbga hamda Janubga bevosita chiqish uchun qulay yo'llarga ega bo'lish, o'z mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish va davlatlararo keng muloqotlarga erishishga qaratilgan. O'zbekiston o'z milliy manfaatlarini ustivor hisoblab, dunyoga chiqishga, xalqaro bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar, mollar ishlab chiqarishga hamda G'arb bilan Sharq o'rtasida azaldan davom etib kelgan muhim vositako'priklik rolini o'ynashga faol intilmoqda. Shu olijanob maqsadlar yo'lida faol izlanishlar olib bormoqda. Bu esa O'zbekistonning xalqaro maydondagi pozitsiyasini yanada mustahkamlab, uning nufiizi va obro'sining ko'tarilib borishiga xizmat qiladi. 2. Жадидлар ҳаракатининг юзага келиши. Уларнинг ижтимоий-сиёсий қарашлари. (И.Гаспирали, Маҳмудхўжа Беҳбудий, Мунаввар қори Абдурашидхонов, А.Авлоний, А.Фитрат). XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Turkiston jadidlari Ular vatanparvar, ma’rifatparvar, Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari hisoblanadi Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy-Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi. Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi. U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan. Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) – Turkiston o‘lkasida ozodlik, millat kelajagi uchun kurashgan ma’rifatparvar siyosiy arbob, jadidchi-lik harakatining yirik namoyan dalaridan biri. Munavvarqori Abdurashidxonov 1904-yildan boshlab o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisi. U jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan. Jadid teatri Dastlabki paytlarda madaniy-ma’rifiy, keyinchalik siyosiy-ijtimoiy xususiyat kasb etgan islohotchilik harakati faol ishtirokchilaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ildi. Abdulla Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gaze-tasiga asos soldi. O‘zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy kabi boshqa milliy taraqqiyparvarlar ham ma’rifatparvarlik faoliyatini olib borib, yangi maktablar, xayriya jamiyatlari, kutubxona va kitob do‘konlari ochdilar. Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari ma’rifatparvar kishilar edi. Siyosiy ma’noda ma’rifatparvarlik xalqni ozodlikka olib chiqish va milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surish bilan ifodalanadi. Ma’rifatparvarlar keng ma’noda bilim tarqatuvchi kishilar hisoblanadi. Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo‘lgan, ya’ni Alisher Navoiy, Mirzo Bedil va Boborahim Mashrabdan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g‘oyalarni davom ettirdilar. Boborahim Mashrab Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘urgan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilar Andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev o‘z hisobidan ana shu ishga katta miqdorda mablag‘ ajratgan. 1910-yilda Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Ab-duvohid, Hamidxo‘ja Mehriy, Usmonxo‘ja va Muhammaddin maxdum kabilar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborganlar. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling