Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Ўзбекистоннинг маънавий ҳаёти. Axлоқий ва маданий қадриятларни тиклаш. БИЛЕТ №17
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
3. Ўзбекистоннинг маънавий ҳаёти. Axлоқий ва маданий қадриятларни тиклаш.
БИЛЕТ №17 1. Турк хоқонлигининг вужудга келишиTurkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim -qadim davrlardan buyon yashab, o'zlaridan munosib m adaniy iz qoldirib kelganligini juda ko'plab tarixiy m anbalar ham tasdiq etadi. M o 'tab a r Xitoy manbalari, m ashhur «O'g'iznoma», O 'rxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva ham da ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg'u, O'g'iz, To'qqiz o'g'iz, O'ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg'ur, To'qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o'lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O'sha paytda hozirgi M o'g'uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ining mavqeyi ko'tariladi. Ashin urug'iga mansub Asan va Tuu 460-545— yillarda boshqa urug'larni o'zlariga bo'ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tunning o'g'li Bumin Tele qabilasini ham bo'ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551— yilda Jujan xonining qo'shinlarini yengib, ularni o'ziga bo'ysundiradi. Bum in 552— yilda X oqon deb e ’lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi 0 ‘tukan shahri edi.553— yilda B um inxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o'g'li M ug'anxon (553-572) o'tiradi. M ug‘anxon 558— yilda jo'janlarga so'nggi bor qaqshatqich zarba berib, o'z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo'lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg'u» - bahodir unvoni ham berilgan) bo'lsa, bu davrda xoqonlik hududini g'arbga tom on kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlami egallavdi. 563-567—yillar davomida Istami yabg'u qo'shinlari eftaliylar davlatiga ketm a-ket zarbalar berib, O 'rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo'lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo'ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulavdi. Turk xoqonligi O'rta Osiyo yerlarini ishg'ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo'shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intiladi. Shu maqsadda, Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Turk xoqonligi 568-569—yillarda o'sha davrning qudratli davlatiVizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intilib, So'g'd savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo'ladi. Shundan so'ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch va savdo-tijorat m unosabatlarini o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan. Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o'laroq G 'arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo'lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan ko'pchilik ko'chm anchi turkiy elatlarda urug'-qabilachilik m unosabatlari ham on kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug'-qabilaning nom dor vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jam oani xoqon va zodagonlar kengashi - «Qurultoy» boshqargan. O'rta Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog'dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O'lkaning Farg'ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko'plab suv ayirg'ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan. 2. Туркистон АССРнинг тузилиши. Ҳарбий коммунизм сиёсати Madina Berdiqulova, [19.06.2022 19:40] Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Maydoni 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh. Turkiston oʻlka sovetlarining 5sʼyezdi (1918-yil 20 aprel—1 may)da 30 aprel kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Koʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Kozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6sʼyezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9sʼyezdda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb oʻzgartirildi. Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918-yil iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920-yilgacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev, A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan. 1918-yil bahorda sovet hokimiyati tomonidan TSSRda sanoatning yetakchi tarmoqlari (paxta tozalash, yogʻmoy i. ch., koʻnchilik va boshqalar) hamda banklar musodara qilindi. Transport yoʻli davlat tasarrufiga oʻtkazildi. Oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) natijasida dehqonlar qoʻlidagi oziq-ovqat mahsulotlari tortib olindi. 1921-yildan oziq-ovqat soligʻi (prodnalog) joriy qilinib, yetishtirilgan hosilning katta qismi sovet organlariga majburiy topshirtirilgan. Hunarmandlar, savdogarlar va tadbirkorlardan ham katta miqsorda soliq olingan. Sovet rejimining xalqqa qarshi siyosatidan norozi boʻlgan milliy kuchlar qoʻlga qurol olib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar. .TSSR iqtisodiyotiga harbiy xarakatlar katta zarar keltirgan. Kx izdan chiqib, ogʻir ahvolga tushib qolgan. Ekin maydonlari qisqarib, 1915-yildagi 3 mln. desyatinadan 1921-yilda 1,7 mln. desyatinaga tushib qolgan. Chorva mollarining soni 24 mln. boshdan 8 mln. boshgacha kamaygan. Respublika sanoati ham vayron boʻlgan edi. 1921-yilda yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga oʻtilgan, mavjud korxonalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi korxonalar gʻam qurilgan. Biroq Turkiston sanoatida davlat sektori asosiy oʻrinni egallagan. TSSRda madaniyat ziddiyatli tarzda rivojlangan. Bir tomondan, yangi hokimiyat sovet maktablari, gaz. va jurnallar, madaniymaʼrifiy shoxobchalari (klublar, madaniyat uylari, qizil choyxonalar) tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratib, mahalliy aholi ongiga kommunizm gʻoyalarini singdirishga harakat qilgan. Ikkinchi tomondan, milliy ziyolilar (Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarkori va boshqalar) milliy manfaatlarni qimoya qilib, sovet hokimiyati bilan murosa qilgan holda xalqqa maʼrifat tarqatish bilan ham shugʻullanganlar. 1918-yil 12 mayda Oʻrta Osiyodagi dastlabki oliy oʻquv yurti — Musulmon xalq dorilfununi (qarang Oʻzbekiston milliy universiteti)ga asos solingan. Madina Berdiqulova, [19.06.2022 19:40] 1920-yil avgustda TSSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan Kozogʻiston ASSR (RSFSR tarkibida; 1936-yildan Kozogʻiston SSR) tarkibiga kiritilgan. 1924-yil noyabr oyining oxirida Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy chegaralanish natijasida TSSR tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida; 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, K°raqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Kirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.. 3. Ўзбекистоннинг демократик давлат қуриш, фуқаролик жамиятини шакллантириш ва бозор ислоҳотлари йўлида эришган ютуқлари83.Ўзбекистоннинг демократик давлат қуриш, фуқаролик жамиятини шакллантириш ва бозор ислоҳотлари йўлида эришган ютуқлари. Фуқаролик жамияти – очиқ ижтимоий тузилма. Унда сўз эркинлиги, шу жумладан, танқид қилиш эркинлиги, ошкоралик, ҳар хил ахборотлар олиш эркинлиги, ҳар бир ҳудудга эркин кириш ва чиқиш ҳуқуқи, бошқа мамлакатлар билан кенг миқёсда, доимий асосда ахборот, таълим технологиялари алмашинуви, чет давлатлар ва жамоат ташкилотлари билан маданий ва илмий ҳамкорлик, халқаро ҳуқуқ принциплари ва нормаларига мувофиқ халқаро хорижий бирлашмалар фаолиятига кўмаклашиш таъминланади. У умумий инсонпарварлик тамойилларига содиқ бўлиб, дунё миқёсидаги шундай тузилмалар билан ўзаро алоқа қилиш учун очиқдир. Ўзбекистонда фуқаролик жамияти асослариини яратиш ва ривожлантириш бўйича амалга оширилган ишларни фуқаролик жамияти шаклланиши ва ривожланишини уч босқичга бўлинади: Биринчи босқич ўз ичига 1991-2000 йилларни қамраб олади. Бу даврда, биринчи навбатдафуқаролик жамиятининг асослари яратилди. Иккинчи босқич 2000-2010 йилларда мамлакатни демократлаштириш ва модернизациялаш бўйича фаол жараёнлар давом эттирилди. Учинчи босқич 2011-2016 йиллар. Бу даврда фуқаролик жамияти қуришга доир ҳуқуқий асослар ривожлантирилди, фуқаролик жамиятининг ижтимоий таянчи – ўрта ижтимоий қатлам янада мустаҳкамланди. Тўртинчи босқич 2017 йилда бошланиб, фуқаролик жамиятини шакллантиришнинг амалий жиҳатларини намоён бўлиши билан характерланади. Бу даврда фуқаролик жамияти қуриш ғоялари “2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси” ва “Ўзбекистон Республикасида Маъмурий ислоҳотлар концепцияси”да янада ривожлантирилиб, бу соҳадаги туб бурилиш даврини бошлаб берди. Бу босқичда фуқаролик жамияти шиддат билан ривожланиб, ўзини ҳар томонлама намоён эта бошлади. Бу даврда Президент Ш.Мирзиёев томонидан олиб борилаётган ислоҳотлар мазмуни янги босқич бошланганидан далолат бермоқда. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси (кейинги ўринларда Ҳаракатлар стратегияси деб юритилади) ўрта муддатли истиқболда давлат сиёсатининг устувор йўналишларини белгилаб берган энг муҳим дастурий ҳужжат ҳисобланади. ҲАРАКАТЛАР СТРАТЕГИЯСИНИНГ УСТУВОР ЙЎНАЛИШЛАРИ: 1. Давлат ва жамият қурилишини такомиллаштиришга йўналтирилган 2. Қонун устуворлигини таъминлаш ва суд-ҳуқуқ тизимини янада ислоҳ қилишга йўналтирилган 3. Иқтисодиётни янада ривожлантириш ва либераллаштиришга йўналтирилган 4. Ижтимоий соҳани ривожлантиришга йўналтирилган 5. Хавфсизлик, миллатлараро тотувлик ва диний бағрикенгликни таъминлаш, чуқур ўйланган, ўзаро манфаатли ва амалий руҳдаги ташқи сиёсат юритишга йўналтирилган. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling