Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi.
Temuriylar saltanati hukmdorlari
(Movarounnahr va Xurosonda) Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir (1370-1405) Shohrux ibn Temur (1409-1447) Ulug’bek ibn Shoxruh (1447-1449) Abu Said ibn Sulton Muhammad (1458-1469) 3. Paxta ishi – sovet rejimining O’zbekistondagi so’nggi qatag’on siyosatiO’zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol oynadiAynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O’zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag’on boshlandi. Keyinchalik bu qatag;on hatto O’zbekiston SSRning o’sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o’tmadi.SSSR Bosh pokurori huzurida alohida muhim ishlar boyicha maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida O’zbekistonga yuborilgan edi.1985-1990-yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo’yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o’tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi 3-билет 1.savol O’zbekiston hududida qadimgi odamlarning dastlabki vakillaridan biri neandertalь odamlari hisoblangan. Bu odam qoldiqlari Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan topilgan bo’lib, miloddan avvalgi 100 – 40 ming yilliklarda Osiyo va Yevropada keng tarqalgan edi. Bu davrda odamlar qo’lidagi qurollar turlari ko’paydi va nayzasimon, qirg’ichsimon, pichoqsimon va boshqa qurollar paydo bo’ldi. Bu davrda iqlim ancha sovuq bo’lib, odamlar g’orlarda yashaganlar va olovdan foydalanganlar.1. Paleolit («palayos»-qadimgi, «litos»-tosh) davri; bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi; o’z navbatida bu davr uchga bo’linadi; a) ilk paleolit-Ashelь davri, 800-100 ming yilni o’z ichiga oladi;b) o’rta paleolit-Mustьye davri, miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar;v) so’ngga paleolit-miloddan avvalgi 40-12 ming yillik.2. Mezolit («mezos»-o’rta, «litos»-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar.3. Neolit («neos»-yangi tosh) miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar.4. Eneolit (mis-tosh davri) miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri 3 ming yillikning boshi.5. Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.6. Temir davri-miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlaridan. 2-savolAmir Temur Xitoy ustiga harbiy yurish paytida 1405 yil 18 fevral kuni O’tror shahrida vafot etdi. Uning vafotidan keyin vorislar o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro kurashlar boshlandi. 1405-1408 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va amirlarning bir qator isyonlari ro’y berdi. 1407 yil 22 fevralda Amir Temur tomonidan tayinlangan valiahd Pirmuhammad ana shunday g’alayonlardan birining qurboni bo’ldi. 1408 yil 22 aprel kuni qoraqo’yunli turkmanlari etakchisi Qora Yusuf bilan bo’lgan jangda Mironshoh halok bo’ldi. Natijada Ozarbayjon va Iroq hududi temuriylar qo’lidan ketdi.XV asrning 20-yillarida bu ulkan mamlakat 2 davlatga bo’lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan bo’lib, uni Shohruh boshqargan (markazi Hirot). Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolda - Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarqand), uni Ulug’bek idora etgan.Shohruh 1447 yil 12 mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan o’tadi. Shohrux vafotidan so’ng Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o’rtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok bo’ladi. Ulug’bek Movarounnahrni 40 yil (1409-49) idora etgan edi 3-savol.Qayta qurish — 20-asrning 80-yillari oʻrtalarida keng isteʼmolga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh yoʻli bilan oʻzgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni "qayta qurish" yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan. M.S.Gorbachyov boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayoti va umuman jahonda maʼlum oʻzgarishlar sodir boʻlishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, "sovuq urush"ning tugashi va h.k.). Qayta qurishniamalga oshirishdagi qarama-qarshilik va norozichilliklar natijasida 80-yillarning oxiri — 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida boʻhronlar kuchayib ketdi. Bunga shu davrda turli respublikalarda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar, milliy nizolarning ayrim joylarda ixtilofli tus olishi misol boʻladi.Qayta qurish sobiq SSSRda toʻplanib qolgan muammolarni toʻla hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik gʻoyalariga toʻgʻri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki boʻldi. 4-билет 1.savol.Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.Avesto» toʻrt qismdan iborat:Yasna («Diniy marosimlar»),Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi» 2-savol.Abu Said - Temuriylar sulolasidan hukmdor (1451 - 1469), Mironshoxning nabirasi.HUSAYN BOYQARO, Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438 — Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (1469—1506), shoir. 15-a. oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro, Bobur taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ («karim ut-tarafayn») boʻlgan.Husayn Boyqaro Temuriylar orasida ancha shijoatli va maʼrifatli, shariatga qatʼiy amal qilgan hukmdor boʻlgan. Husayn Boyqaro Xurosonda hokimiyatni egallagach, asosiy eʼtiborni mamlakatda tinchlik, osoyishtalikni qaror toptirish, ichki hududiy nizolar, ziddiyatlarni bartaraf etish va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratgan. U oʻlkada madaniy-maʼrifiy va obodonchilik ishlarini rivojlantirishga alohida ragʻbat koʻrsatgan: iqtisodiy hayot yuksalib, savdo-sotiq rivojlangan, yuzlab karvonsaroylar, rabot, koʻprik, maktab, madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, tabobatxona, yetimxona, suv havzalari qurilgan, kanallar qazilgan, bogʻlar barpo etilgan. 3-savol.Paxta ishi – sovet rejimining O’zbekistondagi so’nggi qatag’on siyosati.1985-1990-yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo’yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o’tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga kismoniy va ruhiy tazyiq o’tkazildi. Ularning oila a’zolari va qarindosh-urug’lari ham qamoqqa tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati -- Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-quvvatlashdi.Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni avj oldirdilr. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi. 5-билет 1-savol. Ozbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.mil.av. I ming yillikning birinchi yarmida, aniqrog‘i taxminan 2700 yil ilgari Markaziy Osiyoda Katta Xorazm, Baqtriya, so‘ng Sug‘diyona, Marg‘iyona deb ataluvchi davlat tuzilmalari paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyutsiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga ajratib ko‘rsatish mumkin. 1-davr milod.av. II ming yillikning II yarmi - O‘zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo‘ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo‘tonda topilgan. 2-davr miloddan avvalgi I ming yillikning boshi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi. 3-davr mil.av. VI-V asrlarda Ahmoniylar bosqini va O‘rta Osiyoning Ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus. 4-davr miloddan avvalgi IV-II asrning yarmi A.Makedonskiy bosib olgandan boshlab Yunon-Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o‘zida mahalliy davlatchilikning tiklana borishi. 5-davr m.av. II yerning yarmi va mil. I asri boshi Mahalliy davlatlar: Kang, Xorazm podshohligi So‘g‘d, Dovon davlatlarining mustahkam lanishi va yanada rivojlanishi. 6-davr mil. I asri boshidan III asr yarmigacha mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O‘zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida ko‘rsatilgan o‘lkalarda yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat uyushmalari o‘zining ma'lum hududi, chegaralariga ega bo‘lib, iqtisodiy-geografik makon-katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. Bu davrlarda Xorazm, Baqtriya, Marqyona, So‘g‘diyona, Farg‘ona kabi viloyatlar mavjud edi. Ahmoniylar bosqiniga qadar o‘lkaning asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy markaz shimolda Xorazm, janubda Baqtriya hisoblangan 2-savol Amir Temur va temuriylar davrida fan adabiyot va madaniyat.XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan o‘zaro nizolar, taxt uchun kurashlar bo‘layotgan bir davrda ham ilm-fan, san’at, adabiyot sohalari o‘tgan asrlarga nisbatan ancha rivojlandi va bu davr keyinchalik “Musulmon Renessensi” degan atamaning paydo qilib keldi. XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Amir Temur va Temuriylar, Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Shu davrda fors-tojik adabiyoti o‘zining yangi rivojlanish pog‘onasiga yerishgan bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti Alisher Navoiy, Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o‘z taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Bu davrda Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans ya’ni uyg‘onish davri vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafayeli”, ulug‘ musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir. Markaziy Osiyoning XIV-XV asr, ya’ni Temur va Temuriylar davrida yashab ijod etgan mohir tarixnavis, yozma yodgorliklaridan biri Amir Temur topshirig‘i bilan yozilgan. “Zafarnoma” asarining muallifi Nizomiddin Shomiydir. 3-savol O`zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta`sis etilishi. Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi birininchi Prezidenti etib saylanoshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. 1990 yilda O’zbekiston Respublikada Oliy Kengashi sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasida birinchi bo’lib prezidentlik lavozimini joriy etdi. Oliy Kengash 12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimyga Islom Karimov saylangan edi. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. Islom Karimov millat tarixining tub burilish-taqdirilomon sifat bosqichi ibtidosida turdi. Davlat feodalizmi bo’lmish totalitar mafkura hukmron SSSR davridayoq sobiq ittifoqchi respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib, mavjud siyosiy-ijtimoiy tuzumning boshqaruv tizimlarini dadil ravishda demokratik isloh qilishdek mardona siyosiy yo’lni tanladi va sobiq ittifoqdosh respublikalar rahbarlari oldida ilk bor O’zbekistonda boshqaruvning eng demokratik shakli-Prezidentlik institutini joriy etdi (1990)Mavjud totalitar tizimni demokratik isloh qilishda izchil davom etgan Islom Karimov Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi tashabbuskoriga aylandi. 6-билет 1-savol Axamoniylar O`rta Osiyoni bosib olishi. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurashi. To`maris, Shiroq qahramonligi. Frada qo`zg`aloni.Ahamoniylar davlati tarixdagi birinchi imperiyalardan biridir ,bu davlat qariyb ikki yuz yil to Aleksandr Makedonskiy ahamoniylarning so’nggi hukmdori Doro III ni mag’lubiyatga uchratganiga qadar mavjud bo’lgan. Miloddan avvalgi VI asrda Eronda ahamoniylar davlati vujudga kеlgan. Uning hududlari Misrdan to Shimoli-G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan edi. forslarning nufuzli oilalaridan biri Ahamon miloddan avvalgi VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida o‘z sulolasiga asos solgan. Ahamonning o‘g‘li Chishpish miloddan avvalgi VII asrda fors qabilalari ittifoqini tuzadi va shu tariqa Eronda, Ahamoniylar sulolasi (miloddan avvalgi 558-yillar) tashkil topadi. Xususan ahamoniylar davlatining shuhrati Kir II (Kurush) davrida kuchayadi. Kir II massagеtlar ustiga miloddan avvalgi 530-yilda qo‘shin bilan bostirib kеladi. Unga qarshi To`maris mardlarcha jang qilib uni mag`lub qiladi. 522-yil 29-sеntabrda taxtga Doro I o`tirade. Unga qarshi Frada qozgolin ko`taradi(Marg`iyoniya qo`zg`olini) ammo yengiladi. Doro I ga qarshi Shiroq harbiy hiyla ishlatadi va ularni Qizilqumda ochlik tashnalikda halok bolishiga erishadi shuningdek, o`zi ham dushman qo`lida vafot etadi. 2-savol Movarounnahr va Xurosonning Shayboniylar tomonidan bosib olinishi va Shayboniylar sulolasi hukmronligi o`rnatilishi.XV asr 90-yillarida Muhammad SHayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qo’shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam o’rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va YAssini qo’lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qo’lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan so’ng Samarqandga yurish qildi, uni qo’lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va SHahrisabz bilan birga talon-taroj etdi. 1499 yilda Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan so’ng uni qo’lga kiritdi. 1500 yilda Muhammad SHayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, to’rt oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning SHayboniyxonga qarshi qo’zg’oloni sabab bo’ldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda-Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib ko’tardilar. Bobur Qarshi va Guzorni ham qo’lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning ahvoli juda ham nochor edi. Og’ir ahvolda qolgan Bobur qo’shinlari Zarafshon bo’yida SHayboniyxondan mag’lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan so’ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bo’ldi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda o’z hukmronligini qo’lga kiritgach, SHayboniyxon Xuroson yurishiga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida SHayboniyxonga qarshi birlashgan bo’lsalarda, bu hech qanday natijaga olib kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm SHayboniyxonga tobe bo’ldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan so’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan SHayboniyxon temuriylardan Xirotni tortib oldi. Xirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bo’lgan yerlar Muhammad SHohbaxt SHayboniyxon hukmronligi ostiga o’tdi. SHayboniyxon hukmronligi o’rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar o’rtasidagi o’zaro taxt talashishlarga chek qo’yildi va tinchlik o’rnatildi. SHayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan o’zining ilm-fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillarini hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bo’ldi. 3-savol Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati.1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq res¬publika Oliy Ken¬gashining ikkin¬chi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbe¬kistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissi¬ya¬lari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessi¬yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990-yil 20-iyunda sobiq SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo‘lib «Mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul qildi.Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u o‘zbek davlatchiligi tarixidagi birinchi tinch yo‘l bilan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi to‘g‘risidagi hujjat edi. Unga ko‘ra, o‘zbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb o‘z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib, o‘zining «Mustaqillik deklaratsiya»sini e’lon qildi. Va bundan buyon O‘zbekiston o‘zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma’lum qildi. 7-билет 1-savol Yunon-Makedon qoshinlarining Akeksandr Makedonskiy boshchiligida O`rta Osiyoga yurishi. Spitamen boshchiligidagi harakatlar.Eramizdan avalgi 334-yilda Iskandar Zulqarnayn Osiyoga yurish boshladi. U Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr va Eronni zabt etib, 329 yilning bahorida Hindikush togʻini kesib o'tib Oʻrta Osiyoga hujum qildi. Baqtriya va Soʻgʻdiyona hukmdori Bess (u podsho maqomini va Artakserks nomini olgan) Zulqarnaynga qarshi turish befoyda ekanini anglaydi. Iskandar Zulqarnayn Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi. Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Ikki tomon kuchlarining oʻzaro toʻqnashuvlarining birida Iskandar Zulqarnayn ogʻir yarador boʻladi. Yunonlar taʼbiri bilan aytganda „daryo boʻyida yashovchi varvarlar“ Zulqarnayn garnizoniga katta talofot yetkazadi. Ayni shu vaqtning oʻzida Spitamen boshchiligida soʻgʻdlar ham Iskandar qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtaradi. Soʻgʻdlarga baqtriyaliklar ham kelib qoʻshiladi. Spitamen Iskandarga qarshi keskin kurashdi va uning garnizonini Maroqandda toʻxtatib qoʻydi. Makedoniya garnizoni Sirdaryo boʻyida zudlik bilan qalʼa bunyod etishga kirishadi. Bu qalʼa Olis Aleksandriya nomini olgan. Iskandar Zulqarnayn saklar bilan sulh tuzishga erishadi. Keyin esa asosiy kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi. Ammo 329-328 yillar davomida yunon-makedon qoʻshinlari tomonidan Soʻgʻd hududida amalga oshirilgan beshafqat aksiyalar Iskandar Zulqarnayn kutgan natijani bermaydi. Ikki yillik samarasiz va omadsiz harakatlardan keyin u oʻz taktikasini oʻzgartiradi. Ayni xususda Kvint Kursiy Ruf shunday yozadi: „Iskandar oʻziga boʻysinishga qarshilik koʻrsatganlarga turli shahar va yerlarni tortiq etdi“. Shu usul bilan Iskandar Zulqarnayn mahalliy zodagonlarni oʻziga qaratishga muvaffaq boʻldi va ularning koʻmagida baqtriya va soʻgʻdiylardan tarkib topgan harbiy kontingent tuzdi. 328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻldi. Spitamen bu jangni boy beradi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, jangni boy bergan Spitamen oʻz ittifoqchilari tomonidan qatl etilgan. 2-savol Buxoro amirligi, Xiva va Qo`qon xonligining tashkil topishi.Movarounnahrdagi siyosiy tanglikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1740- yil Buxoro va Xiva xonliklarini oʻziga tobe qiladi. 1747-yilda Nodirshoh Eronda oʻldirilgach, Buxoro xonligi oʻz mustaqilligini tiklashga muvaffaq boʻlgan. Buxoro xoni Abulfayzxon 1747-yilda mangʻitlardan boʻlgan Muhammad Rahim otaliq boshliq fitnachilar tomonidan oʻldirilgan Muhammad Rahim 1756- yil 16- dekabrda rasmiy ravishda Buxoro taxtini egalladi va oʻzini amir deb e'lon qilgan. Shunday qilib, Ashtarxoniylar sulolasi rasman barham topib mangʻitlar sulolasi hukmronligi boshlangan. Shu vaqtdan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb nom olgan.Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Oʻzbeklarning minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan, Margʻilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746-yil qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarini egallab, Qoʻqonni qamal qilgan. Qoʻqonliklar yordamga kelgan Oʻratepa hokimi Fozilbiy qoʻshinlari bilan birgalikda ularni Fargʻona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norboʻtabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun koʻtargan gʻalayonlari bostirilgan. Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik boʻladi. Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.1512 yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan. 3-savol 1991 yil avgust voqealari, markaziy davlatchilik tangligi va SSSRning tanazzulga yuz tutishi.1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991 yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasi (FHDQ) tuzildi. fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo’l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o’zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qo’mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. 1991 yil 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan O’zbekiston hududida qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O’zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo’ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi. Fitnachilarning qonunga hilof ravishda urinishlari natijasida 1991 yil 19-21 avgustkunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi. 8-билет 1-savol Yunonlar davrida Baqtriya va Sug`diyona. Axolining ijtimoiy-iqtisodiy axvoli. Madaniy hayot.Yunon-Baqtriya davlati hududida hukmron til - yunon tili, tarixi, adabiyoti va m adaniyatini o krgatishga mo'ljallangan va uni targ‘ib qiluvchi ko'plab maktablar, gim naziyalar, teatrlar, kutubxonalar tashkil etilgan. Arxetekturadagi yunoncha loniy va K o rin f uslublaridagi ustunlardan foydalanish biJan birga ustunlarning m uqarnas qism ida qadimgi baqtriyaliklar, skif va yunonlar afsonalarida uchrab turadigan hayvon va odam lar qiyofasidagi m a’bud va m a’budalar qiyofasining ishlatilgan. Qadimgi So‘g‘diyonaning M aroqand, Kesh, Buxoro, Poykand, Varaxsha kabi ko‘pginashaharlari «Buyuk ipak yo‘li» ustidajoylashgan bo‘lib, 25 asr mobaynida M arkaziy O siyoning Sharqu G 'arb bilan savdo-sotiq ishlarini olib borishda, xalqaro aloqalarni mustahkamlashda va madaniy taraqqiyotida muhim rol o ‘ynagan. Qadimgi Afrosiyob (M aroqand) So‘g‘diyonaning moddiy va m a’naviy m adaniyati m arkazi hisobiangan So'g'diyona tarkibidagi bosh shaharlardan biri bo'lgan Panjikentda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bir nech a ming bronzadan yasalgan so g d tangalari, naqsh bilan bezatilgan sopol idishlar, sopol haykalchalar topilgan. Ibodatxona, saroy va aholi turaijoylari devorlari sujetli suratlar bilan bezatilgan. Suratlarda boy-badavlat kishilam ing bazm lari, diniy m arosim lar, ov va jang m anzaralari, sport musobaqalari va h atto dehqonchilikka oid (hosil taqsimoti) suratlar aks etgan, Yog‘och haykallar (raqqosalar haykallari) va o'ym a naqshlar yasashrung asosiy m ateriallaridan biri bo‘lgan. 2-savol Xonliklardagi siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy hayot.XIX asrda O’rta Osiyo xonliklari agrar davlatlar edi. Aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli, yerga egalik tartiblari qandayligi, to’lanadigan soliq va to’lovlarning miqdori bilan belgilangan. Bu davrda yerlarning asosiy qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon, uning qarindosh va yaqinlari hamda bir qancha katta yer egalari qo’lida bo’lgan. Aholining aksariyati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mehnat qilganlar. Dehqonlar ijaraga olgan yerlari uchun bir qismi (ko’p hollarda hosilning 1/5 yoki 1/3 qismi) ni xiroj sifatida to’laganlar. Marg’ilonda atlas to’qish, do’ppichilik, Rishtonda kulolchilik, Buxoroda zargarlik, Shahrixonda pichoqchilik, do’ppichilik, duradgorlik, Chustda ham do’ppichilik, pichoqchilik, Qo’qonda temirchilik, duradgorlik, zargarlik, Samarqandda zargarlik, Xivada me’morchilik, ganchkorlik rivojlangan. Buxoro amirligida bu davrda kulolchilik, temirchilik, miskarlik, zardo’zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik sohalari keng tarqalgan. Xonliklarda temir mahsulotlariga ehtijoy katta bo’lganligi bois metalga ishlov beruvchi mahalliy temirchilik sohasi rivojlangan. O’rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar. O’rta Osiyolik savdogarlar mahalliy mahsulotlarni chetga olib borib, u yerlardan zarur mollarni olib kelganlar. Xorijda hunarmandlarnign zargarlik mahsulotlari, shoyi va atlas matolari, kulolchilik buyumlari yuqori baholangan.Bu davrda O’rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning yanada jadal rivojlanishiga 3 ta davlat o’rtasidagi kelishmovchilklar, ichki nizolar va notinchliklar salbiy ta’sir ko’rsatgan. 3-savol. O`zbekiston davlat mustaqilligining e`lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi. 1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. 9-билет 10-билет
"E." deganda, yunon madaniyati rivojinigina nazarda tutib, yunon madaniyatidan Rim madaniyatiga oʻtish davrining oʻzi, deb hisoblaydiganlar ham bor. E. davri sharqiy mamlakatlar uchun taraqqiyotning yangi bosqichi boʻldi. Yunonmakedoniyaliklar Sharqqa ishlab chiqarish malakalarini, oʻz davlat va huquq meʼyorlarini, urf-odat, din va madaniyatlarini olib keldilar, oʻz navbatida, Sharqdan oʻrgandilar ham. Davlat boshqaruvida qadimiy sharqiy monarxiya usullaridan foydalanildi. Pul va savdosotiq munosabatlari rivojlangan oʻlkalar (Mesopotamiya, Suriya, Kichik Osiyo)da polislar ravnaq topdi. Polislar oʻzgardi, yaʼni ular mustaqil respublika boʻlmay, maʼlum siyosiy va iqtisodiy imtiyozlarga ega shahar jamoalariga aylandilar. E. davrida turli xalqlarning madaniyat darajalari har xil boʻlgan boʻlsada, oʻziga xos rivojlanish yuz bergan edi. Ellinistik mamlakatlarda tabiiy fanlar (jumladan, matematika), kemasozlik, harbiy sanʼat va shaharsozlik rivoj topdi. Dengiz sohillariga koʻpgina mayoqlar qurildi, savdo yoʻllari barpo etildi, savdo kemalari koʻproq yuk koʻtaradigan va tezroq suzadigan darajaga yetdilar. E. davrida ilm-fan, maʼrifat, madaniyat, sanʼat va adabiyot tamomila ellin hukmdorlari tasarrufida boʻlgan. Iskandariya muzeyining xodimlari davlatdan maosh olganlar, maxsus binolarda yashaganlar, kutubxona rahbarlari esa podshohlarning valiahdlariga tarbiyachi boʻlganlar. E. davrida keng yoyilgan falsafiy taʼlimotlar Misr hukmdorlarining manfaatlariga zid boʻlganligi bois Iskandariya muzeylarida falsafa bilan shugʻullanish taqiqlangan. Binobarin, Afina shahri yunon olamining falsafa markazi boʻlib qolgan va yangidanyangi taʼlimotlar shu yerda yuzaga kelib, keyin boshqa tomonlarga tarqalgan. E. davridagi komediyanavis shoirlarning bizga qadar yetib kelgan asarlarida (ularning koʻpchiligi tomoshabinga manzur boʻlishi uchun) asosiy eʼtibor komediyaning tashqi taʼsirchanligini oshirishga qaratilgan. Ayrimlarida hayotda boʻlmaydigan sunʼiy hodisalar, yasama voqealar, uyatli gaplar, beoʻxshov masxarabozliklar bilan kuldirishga harakat qilingan lavhalarni kuzatish mumkin.E. davri sheʼriyatida, asosan, kichik hajmdagi adabiy asarlar: epilliya, elegiya, epigramma va idilliyalar avj oldi. Katta shaharlarning jonsarak shovqinsuronidan, igʻvo va fitnalaridan tinkasi qurigan inson hayotning gʻalvalaridan bosh olib tabiat quchogʻiga ketishni, oddiy dehqonlar, soddadil choʻponlar singari osuda hayot kechirishni orzu qilganligi natijasida yangi poetik janr — idilliya va bukolika, yaʼni choʻpon poeziyasi yuzaga keldi. 2.O'rta Osiyodagi xonliklarda XVIII-XIX asrlarda me'morchilik va san'at taraqqiyotida bir qator ibratli ishlarning amalga oshirilganligiga guvoh bo'lamiz. Me’morchilikda avvalgi yillarda mavjud bo’lgan me’morchilik an’analari davom etdi. Me’morlar ravoq va gumbaz imkoniyatlaridan foydalanib, bir-biri bilan kesishadigan yo’lak va katta zallar yaratdilar. Ashtarxoniylar davrida Buxoroda Poyi Kalon, Labi xovuz, Samarqandda Registon me’moriy majmuasi o’zining tugal ko’rinishini oldi. Buxoro, Shahrisabzda gumbaz - ravoqli yopiq bozorlar kengaytirildi. Buxoroda katta qurilishlar davom etdi. Shunday yodgorliklardan biri 1652 yili barpo etilgan Abdulazizxon madrasasi hisoblanadi. Nisbatlari nihoyatda go’zal, oltin xolli koshinlari yozuv, naqsh va rasmlar uyg’unligida ajoyib manzara hosil qiladi. Madrasaning tashqi peshtoq bezagi naqsh va afsonaviy jonivorlar tasviri bilan bezatilgan. Madrasaning ichki xonalari ham e’tiborli. Bu yodgorlik gumbazi bezagida ganch muqarnaslar, devorlarida gulga to’la guldonni aks ettiruvchi pannolar o’z aksini topgan. Peshtoqning ikkinchi qavatidagi bezagi ham xarakterli. Unda quyoshga uchib borayotgan keng yoyilgan qanotli ikki qush tasviri ishlangan. 1630 yillarda Nodir Muhammad Devonbegi qurdirgan madrasa ham bezaklarka boy. Uning peshtoqiga ishlangan afsonaviy qushlar tasviri ham uni boshqa madrasalardan ajratib turadi.XVII asrning yirik me’moriy yodgorliklari bu Sherdor madrasasi bo’lib, u biroz ilgariroq barpo etilgan Tillakori va Ulug’bek madrasalari bilan birgalikda yaxlit me’moriy majmuani tashkil etadi va Registon maydoniga tugallik bergan.Xiva xonligining me’morchiligi rivojining yangi davri XVIII asr oxri XIX asr boshlariga to’g’ri keladi. Bu davrda Temur va temuriylar davri me’morchilik san’ati an’analarida binolar qad ko’tardi. Xiva, Xazorasp, Toshhovuz, Gurlan va Kenja kabi shaharlarda hayot, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlanadi. Qo’ng’irot urug’idan bo’lgan Muhammad Raxim (1806-І825) davrida katta qurilishlar amalga oshiriladi, bojxona va zarbxonalar tashkil topadi. Xivaning mashhur yodgorliklari o’zining tugallangan ko’rinishga ega bo’ladi. Darvozalar karvonsaroylar va madrasalar hisobiga shahar ko’rki ochiladi. Pahlavon Mahmud maqbarasi (1810), Toshhovli (1838) kabi yodgorliklar bugungi kunda bezakdorligi va go’zalligi bilan kishilarni hayratga soladi. Qo`qon xonligi me’morchiligi kam bezakli bo’lib, binolarni katta qismi loy va paxsadan bunyod etildi. Farg’ona vodiysi me’morchiligi o’ziga xos ko’rinishga ega ekanligini e’tirof etish kerak. Jumladan, Farg’onaning bosh shahri Marg’ilondagi Zulqarnayn maqbarasi minorali bo’lib, ular(ikkita minorasi saqlanib qolgan)ning tepa qismi muqarnasli. Bundan tashqari, Farg’onada avliyolarga atab qurilgan qator mozorlar saqlanib qolgan. Bular uncha katta bo’lmagan peshtoq-qubbali binolar bo’lib ularning eshiklari o’ymakorlik san’ati bilan pardozlangan. Bu davrda ishlatilgan ustunlar ham muqarnasli bo’lib, ularning ustunlari ham o’ymakorlik san’ati bilan pardozlangan. 3.1991 yilgi prezident saylovi O'zbekistonda ilk prezidentlik saylovi 1991 yilning 29 dekabr kunida o'tkazilgan. Birinchi saylovda ikki nomzod ishtirok etgan: O'zbekiston xalq-demokratik partiyasidan Islom Abdug'aniyevich Karimov va Erk demokratik partiyasidan Muhammad Solih. Saylovda saylovchilarning 94,2 foizi (9,9 mln) ishtirok etgan. Unda katta ustunlikka ega bo'lgan Islom Karimov 87,1 foiz ovoz bilan (8 514 136) g'alaba qilgan hamda O'zbekistonning birinchi prezidentiga aylangan. 1 220 474 kishi uning raqibiga ovoz bergandi - 12,5 foiz. O'sha saylovda "Barchaga qarshi" ovoz berish ham mumkin bo'lgan va bu tanlov 36 525 kishi tomonidan amalga oshirilgan. 129 823 byulleten esa haqiqiy deb topilmagan. 2000 yilgi prezident saylovi 1995 yilning 26 martida referendum bo'lib o'tadi va unda prezident vakolatini uzaytirish masalasi o'rtaga tashlanadi. Ushbu tashabbusni referendumda ishtirok etganlarning 99,6 foizi qo'llab-quvvatlab, prezident vakolati 2000 yilgacha uzaytiriladi. Referendumda faqat 0,4 foiz saylovchi "yo'q" javobini bildirgan. Davomat 99,3 foiz. 2000 yilning 5 yanvarida o'tkazilgan prezidentlik saylovida Islom Karimov "Fidokorlar" partiyasidan o'z nomzodini qo'yadi. Unga O'zbekiston xalq demokratik partiyasi vakili Abdulhafiz Jalolov raqib bo'ladi. Saylovda davomat 95,1 foizni tashkil qilgan (Bu saylovlar tarixidagi eng yuqori ko'rsatki). Unda 95,7 foiz saylovchi (11 147 621 kishi) Islom Karimovga ovoz bergan (O'zbekistondagi saylovlar tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich), 4,3 foiz saylovchi (505 161 kishi) Abdulhafiz Jalolov nomzodini yoqlagan. 470 417 byulleten haqiqiy emas deb topilgan. 2007 yilgi prezident saylovi 2002 yil yanvarida referendum bilan Prezident vakolat muddatiga 7 yilga uzaytiriladi va bu norma Prezidentning amaldagi vakolat muddatiga tatbiq qilinadi. Shunday qilib, keyingi saylov 2007 yilda o'tkaziladi. Bu safargi saylovda amaldagi prezident Islom Karimov yangi tuzilgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod bo'ladi. Unga O'zbekiston xalq demokratik partiyasi vakili Asliddin Rustamov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakili Dilorom Toshmuhammedova hamda mustaqil nomzod Akmal Saidov raqiblik qilgan. Saylovda saylovchilar faolligi 90,6 foizni tashkil qildi (14,765,444). Natijalarga ko'ra, Islom Karimov 13 milliondan ortiq saylovchining ovoziga ega bo'lib, 90,76 foiz to'plagan va navbatdagi muddatga saylangan. Uning raqiblari Asliddin Rustamov, Dilorom Toshmuhammedova va Akmal Saidov mos ravishda 3,27 foiz, 3,03 foiz va 2,94 foizdan ovoz olishgan. 2015 yilgi prezident saylovi Prezident vakolatining ikkinchi muddati 2014 yil dekabr oyida tugashi kerak edi. Ammo parlament saylovi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qolishi munosabati bilan saylov parlament saylovi yakunlari chiqarilganidan so'ng 3 oy ichida, ya`ni 2015 yil 29 mart kuni o'tkazilgan.Bu safargi saylovda saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafar saylovchidan 18 million 942 ming 349 nafari ovoz berishda ishtirok etganini aniqladi. Bu saylovdagi davomat 91,08 foizni tashkil qilganini ko'rsatadi.Saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimovni yoqlab ovoz berdi. O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga 582 ming 688 nafar yoki 3,08 foiz saylovchi, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar yoki 2,92 foiz saylovchi, O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Narimon Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar yoki 2,05 foiz saylovchi ovoz berdi. 11-билет 1.Kangyuy, Qangʻ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari) K.Shoniyozovning fikricha, Q.d. sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. K. Shoniyozovning yozishicha, kangyuylar ko'chmanchi turkiyzabon qabilalar bilan birlashib, So'g'd va O'rta Sirdaryoning o'tirgan aholisining dastlabki turkiyzabon qatlamini tashkil etgan. Xitoy manbalariga koʻra, Q.d.ning jan. hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Q.d.ning jan. chegarasi oʻzgargan. Shu tufayli mil. av. 2-asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ fargʻonaliklar yordamida Q.d. orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga borgan. Q.d.ning qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga koʻra, Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hozirgi Parkent tumanidagi Soʻqoq (Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri keladi. Q.d.ning yozgi qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hozirgi Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida boʻlgan. Q.d.ning qoʻshini 80—90 ming jangchini tashkil etgan. Q.d. aholisining urf-odatlari Ruziye (Yuetszi) davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan. Oʻz navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga oʻxshash boʻlgan. Q.d. hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti oʻrtasida qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan Q.d.ga koʻchib kelgan. Q.d.ning koʻchmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiqbilan shugʻullangan. Ular Buyuk ipak yoʻlitgi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin tutganlar. Q.d. hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib turgan. Mil. 5-asrning 2-yarmida Q.d. parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurgʻ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqoʻrgʻon (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan. Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Fargʻona vodiysidagi qad. davlat. Miloddan avvalgi 2—1-asrlardagi manbalarida keng, obod, boy mamlakat — D. haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. D. shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. D. atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. 3-asrgacha uchraydi. Soʻngra D. oʻrniga "Boxan" va "Polona" (mil. 5-asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. D. ga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar D. deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor. Miloddan avvalgi 2-asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, D. aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, D.liklar koʻzlari kirtaygan, qalin soqolli xalq boʻlib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. D.da xotin-qizlar izzat-ikrom qilingan. D.da yetishtirilgan "osmon tulporlari" — argʻumoqlar Sharqda mashhur boʻlgan. Miloddan avvalgi 104—101 yillarda Xitoy askarlari D.ga ikki bor hujum qilganlar. 1-hujum Xitoy askarlarining magʻlubiyati bilan tamom boʻlgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qoʻshin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan. 2.Yer egaligi va soliq tizimi XIX asrda O’rta Osiyo xonliklari agrar davlatlar edi. Aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli, yerga egalik tartiblari qandayligi, to’lanadigan soliq va to’lovlarning miqdori bilan belgilangan. Bu davrda yerlarning asosiy qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon, uning qarindosh va yaqinlari hamda bir qancha katta yer egalari qo’lida bo’lgan. Aholining aksariyati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mehnat qilganlar. Dehqonlar ijaraga olgan yerlari uchun bir qismi (ko’p hollarda hosilning 1/5 yoki 1/3 qismi) ni xiroj sifatida to’laganlar. Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar “yarimchi” deb atalgan. Chunki ular olingan hosil yarmini ijara haqqi qilib to’lagan. Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklarida yerga egalik qilish shakllari deyarli bir xil edi. Ular uch turdagi yer egaligidan iborat bo’lib, amlok – davlat yeri, mulk – xususiy yerlar, shuningdek masjid va madrasalar, diniy muassasalarga qarashli – vaqf yerlari hisoblangan. Xonliklardagi yirik amaldorlar, harbiy sarkardalarga davlat tomonidan yerlar in’om etilgan. Vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob kitobi va taqsimoti bilan mutavalli shug’ulllangan. Aholi soliq va to’lovlarni mahsulot yoki pul ko’rinishida to’lagan. Bundan tashqari sug’orish insshootlari, yo’llar, ko’priklar qursih va ularni ta’mirlash kabi ishlarni majburiyat tarzida bajarganlar. Mehnat majburiyati aholinign ishlab berishi bo’lib, bu begar deb ham nomlangan. Bu davrda aholidan xiroj, zakot, suv, tegirmon, tuz, mulk, tomorqa, bog’ solig’I va boshqa soliqlar yig’ilgan. Xiva xonligida asosiy soliq solg’ut deb atalgan. Harbiy majburiyatda har bir erkak kishi oziq ovqati, qurol aslahasi bilan qatnashishi kerak bo’lgan. Chorvador aholi chorva mollaridan zakot solig’I, yaylov va suvdan foydalanganligi uchun ham Bu davrda shahar aholisi hunarmad va savdogarlardan savdo puli,do’kon puli, tarozi puli kabi soliqlar olingan. soliqlar to’lagan. Sug’orish tizimi va tartiblari O’rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga qulay bo’lgan. Bu soha taraqqiyoti sug’orish ishlarining holati va suv ta’minotining qay darajada ekanligiga bog’liq edi. Shuning uchun ham sug’orish va suv ta’minoti sohasi O’rta Osiyoda muhim hamda davlat ahamiyati darajasiga ko’tarilgan. Qolaversa, xazingaga tushadigan asosiy daromadni dehqonlardan yig’iladigan soliqlar tashkil qilgan. Har bir hududda aholi va ma’muriyat vakillari sug’orish sohasiga mas’ul va javobgar bo’lgan. Sug’orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan bu sohaning mutaxasislari – miroblar shug’ullanganlar. Ular sug’orish ishlari, suv inshootlarinign qurilishi, ta’minoti, ta’mirlanishi, tozalanishi suv ta’minotini yaxshi bilgan kishilar bo’lgan. O’rta Osiyoda sug’orish tizimi qadimdan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi. Mazkur ishlar asosan keng xalq ommasi tomonidan hashar yo’li bilan bajarilgan. Aholisi asosan sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan Farg’ona vodiysida sug’orish tizimiga katta e’tibor qaratilgan. Vodiy hududida yirik sug’orish inshoootlari – Shaxrihonsoy, Andijonsoy, Marg’ilonsoy, Yangiariq, Ulug’nor, Qoradaryo kabilar bo’lgan. Suv chiqishi qiyin bo’lgan joylarga maxsus qurilmalar – chig’irlar yordamida suv chiqarilgan. Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli sun’iy sug’orish tizimlari – kanallar hamda uning bo’ylariga qurilgan to’g’onlar orqali ekin maydonlariga yetkazilgan. Bu hududda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini asosan paxta va donli ekinlar tashkil qilgan. Bundan tashqari bog’dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq O’rta Osiyo xalqlari hayotida hunarmandchilik muhim o’rin egallab aholinign dehqonchilik, chorvachilik va savdo sotiq bilan shug’ullanadigan qatlaminign hayoti ham bevosita hunarmandchilik bilan bog’liq bo’lgan. Chunki har bir dehqon va chorvador hunarmandchilik buyumlaridan foydalangan holda mehnat qilgan, ayni vaqtda ular hunarmandchilikning turli sohalari uchun xom-ashyo yetkazib bergan. Savdogarlar esa hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo sotiq qilgan. O’rta Osiyo davlatlarida ko’plab hunarmandchilik markazlari bo’lib, ular mahalliy xususiyatlarga ko’ra turli hunarmandchilik sohalariga ixtisoslashgan. Masalan, Marg’ilonda atlas to’qish, do’ppichilik, Rishtonda kulolchilik, Buxoroda zargarlik, Shahrixonda pichoqchilik, do’ppichilik, duradgorlik, Chustda ham do’ppichilik, pichoqchilik, Qo’qonda temirchilik, duradgorlik, zargarlik, Samarqandda zargarlik, Xivada me’morchilik, ganchkorlik rivojlangan. Buxoro amirligida bu davrda kulolchilik, temirchilik, miskarlik, zardo’zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik sohalari keng tarqalgan. Xonliklarda temir mahsulotlariga ehtijoy katta bo’lganligi bois metalga ishlov beruvchi mahalliy temirchilik sohasi rivojlangan. Hunarmandlar tomonidan asosan mehnat qurollari, xususan dehqonchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, kiyim – kechaklar, zeb ziynatlar, idish tovoqlar, chorvadorlar foydalanadigan buyumlar tayyorlangan. O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida azaldan hunarmandlarga hurmat bilan qaralgan. Hunar egallash va bu kasbga munosib bo’lish yaxshi fazilat hisoblangan. Xalq orasida “hunardan unar”, yigit kishiga 40 hunar ham oz, hunari bor kishi xor bo’lmas kabi hikmatli so’zlar bejiz tarqalmagan.Hunarmandchilik, xonadon va kasanachilik ko’rinishidagi mayday ustaxonalardan iborat bo’lib, unda asosan qo’l mehnatidan foydalanildan. Hunarmandchilik mahsulotlar mahalliy aholi ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki savdogarlar tomonidan chetga ham olib borilgan. O’rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar. O’rta Osiyolik savdogarlar mahalliy mahsulotlarni chetga olib borib, u yerlardan zarur mollarni olib kelganlar. Xorijda hunarmandlarnign zargarlik mahsulotlari, shoyi va atlas matolari, kulolchilik buyumlari yuqori baholangan. Bu davrda O’rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning yanada jadal rivojlanishiga 3 ta davlat o’rtasidagi kelishmovchilklar, ichki nizolar va notinchliklar salbiy ta’sir ko’rsatgan. 3.Qonun chiqaruvchi hokimiyat — hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyat. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi. Federativ davlat tuzilishi shakliga ega mamlakatlarda qonun chiqarish vakolati federatsiya subyektlariga ham berilishi mumkin. Masalan, AQShda shtatlar, Rossiyada federatsiya subyektlari qonun chiqarish vakolatiga ega. Federatsiya subyektlari tomonidan qabul qilingan qonunlar federatsiya Konstitutsiyasi va federal qonunlarga zid kelmasligi kerak. Oʻzbekistonda Qonun chiqaruvchi hokimiyat yaxlit davlat hokimiyatining mustaqil bir tarmogʻi boʻlib, u qonun yaratish jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisi faoliyati orqali amalga oshiradi Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi. OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e. H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqarad Sud hokimiyati - hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. U oʻzida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, yaʼni jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqish vakolatlari yigʻindisini, baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va boshqa 2darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi (qarang Sud tizimi). S.gʻ. vakolatlari asosiy — odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon demokratik davlatlarida Sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Sud hokimiyati ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini taʼminlashga, inson huquklari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga karatilgan. Mamlakatimizda Sud hokimiyatining konstitutsiyaviyhuquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlanishicha, "Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshka jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi" 12-savol 1-savol Kushonlar saltanati Kushon podsholigi — oʻzbek davlatchiligidagi qadimiy davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud oʻrtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan.Kushan imperiyasi Kanishka davridagi imperiya hududi. Poytaxti Baktra.Boshqaruv shakli monarxiya Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuechji) miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida 1 asr davomida 5 ta qabilaga boʻlinib yashagan. Bulardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 ta qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan. „Kushon“ nomi yo sulola yoki qabilaga oid boʻlib, u ilk bor miloddan avvalgi 1-asr oxiri — milodiy 1-asr boshida hukmron boʻlgan podshoh „Geray“ — Sanab zarb qildirgan tangalarda qoʻllangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi hududlar) kirgan. Dastlab jabgʻu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan boʻlib, uning davrida kushonlar hozirgi Afgʻoniston bilan Pokistonning aksariyat qismini istilo qilgan. Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon podsholigiga qoʻshib olingan. Kushon podsholigining eng ravnaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda kushon mulklarining shim. chegarasi Hisor tizmasi boʻylab, u yerdardagi togʻ daralarida gʻoyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan. Kushon podsholigi davrida janglar tez-tez boʻlib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron boʻlish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni oʻzaro yaqinlashtirgan. „Buyuk ipak yoʻli“ boʻylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharqda — Sharqiy Turkistonning qoʻshib olingan shaharlar—vohalari orqali Xitoy bilan, jan.da — kushonlarga tobe Shim. Hindiston bilan, gʻarbda — dengiz yoʻli bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yoʻl bilan Eron orqali Oʻrta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda Xorazm va Uralboʻyi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Janubiy Oʻzbekistondan kushonlar davriga oid 100dan ziyod shahar va qishloq harobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq oʻzaro mustahkam aloqada boʻlgan: har 1 shahar atrofida koʻplab mayda qishloqlar joylashgan. Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat ruhoniylar qoʻlida boʻlgan davlat boʻlib, unda podsho dunyoviy rahbar boʻlish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik (qarang Satrapiya) larga boʻlingan boʻlib, ularning satrapparn ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati boʻlsada, unda qishloq jamoasi muhim oʻrin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng koʻlamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi koʻplab boshqa dinlar ham boʻlgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida koʻproq zar va mis tangalar qoʻllanilgan. Dehqonchilik, xususan, sugʻorma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xoʻjaligi ekinlarining koʻpchilik turi ekilgan. Milodiy 3-asr 1-yarmi yoki oʻrtalarida Kushon podsholigi barham topgan. Baqtriya — Tohariston maxsus mulk sifatida Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Uni kushonshohunvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan. 2- savol Xonliklarni rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi O’zbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik ma'muriyatining muhim huquqiy bog‘ini sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lib, ular sudlar va xalq sudlari deb atalgan. Ularning birinchisi sof mustamlakachilik shaklida bolsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. Rossiya imperiyasining 1886-yilgi «Nizom»i o‘lkaga rus aholisini ko’chirib keltirish yoli bilan o‘lkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Ko’chib keluvchi har bir oilaga 10 tanobdan kam bo‘lmagan yer ajratish belgilandi. Imperiyaning qora tuproqli markaziy hududlaridan yer taqchilligidan qutulish siyosati oqibatida mustamlaka Turkistonda boyish uchun rus mujiklari ko‘plab kela boshladi. 15 yil davomida (1875-1890 yy.) Turkistonga 1300 oila kochib kelib joylashdi. Turkiston aholisining 5 foizini tashkil etuvchi rus mustamlakachilari qoliga hosildor yerlarning 60 foizi berib qoyilgan edi. Turkistonni paxta xomashyosi yetishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi. Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o‘z sanoati uchun xomashyo manbaiga aylantirdi. 1885-1915- yillar davomida paxta maydoni 13 barobarga osdi. O‘lka Rossiyaning asosiy paxta bazasiga aylandi. Rus toqimachilik sanoati Turkiston paxtachiligining rivoji tufayli jahon bozorida mustahkam marrani egalladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi rus sanoati ehtiyojining 25% ni tashkil qilib, bu raqam yil sayin oshib bordi va 1913-yilga kelib 50% ga oshdi. Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta yer maydonlari Rossiya davlat xazinasiga tegishli deb e'lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Chor ma'muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va yetishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889 yillarda Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjoy, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoqon, Andijon shaharlarini bog‘lovchi O‘rta Osiyo temir yo‘li qurildi. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqunlikka solish, uzoqqa moljallangan manfaatiga boysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yoq qilish, ruslashtirishdan iborat edi. 1884-yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. Shunday maktablarda rus va o‘zbek muallimlari dars mashg‘ulotlarini otadigan bo‘ldi. Maqsad o‘zbek yoshlariga rus tilini orgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Chor mustamlakachilari o‘lkaning yer osti va yer usti boyliklarini ko‘proq ozlashtirish maqsadida Turkistonning tabiiy va geografik dunyosini tekshirishga alohida e'tibor berdilar. 1867-yilda Toshkentda meteorologik stansiya ochildi. U o‘lka iqlimini o’rganish bilan shug‘ullandi. 1870- yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilindi. 1874-yilda observatoriya ochildi. 1870-yil O‘rta Osiyo olimlari jamiyati tuzildi. 3-savol Ozbekiston koppartiyaviylik tizimiga asos solish , dastlabki asosiy partiyalarni shakllanishi O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviyliktizimiga asos solinishi va daslabki asosiy partiyalar. Oliy Majlis*-.1992— yil 8-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respubiika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo ‘ldi. Konstitutsiyaning 76- moddasida " 0 ‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo'yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993— yil 28-dekabrda " 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisiga saylovlar to 'g 'risid a", 1994— yil 2 2 -sen tab rd a "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida" qonunlar qabul qiiindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo'yicha k o ‘p partiyaviylik asosida besh yil m uddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo'lishi belgilandi. Oliy Majlisga 0 ‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004- yillarda bo'lib o ‘tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O'zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o ‘zgartirish va qo'shim chalar kiritildi. Bir palatali O'zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy Majlisi 1995-2004— yillarda o'z faoliyatini quyidagi yo'nalishlarda samarali olib bordi: • O'zbekistonda o'tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish; • qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; • parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; • shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish; • amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o'rgangan holda olib borish; • joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko'rsatish. M uxtasar qilib aytganda, 1995-2004— yillarda O 'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq Fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchiiikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o'rin egalladi. Prezident Islom Karimov 2000— yil 25- may kuni ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o'tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o'tgan 10 yili davomida parlamentchiiikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlam entdan ikki palatali parlamentga o ‘tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001— yil 6-7-dekabr kunlari b o ‘lib o'tgan Oliy Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002— yil 27-yanvar kuni "Siz kelgusi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?" degan masalada referendum b o ‘lib o ‘tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002— yil 4-5-aprel kunlari b o ‘lib o ‘tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida "Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to ‘g‘risida" Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nom i Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab q o ‘yildi. Quyi palata - Q onunchilik palatasi, yuqori palata - Senat deb ataldi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 2002— yil dekabrda b o ‘lib o ‘tgan ikkinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o ‘ninchi sessiyasida " 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to ‘g‘risida", " 0 ‘zbek.iston Respublikasining Senati to'g'risida" Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o'zgarishlar 2003— yil aprelda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgartirishlarda ham o'z ifodasini topdi. 2003— yil 29-avgustda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida’gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004— yil dekabr - 2005— yil yanvar oylarida mamlakatim izda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo'lib o'tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005— yil 27-yanvar kuni bo‘lib o'tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko‘ra yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilovni sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o'rinbosari etib saylandi, qo'mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etildi va ro'yxatga olindi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005— yil 27- yanvar kuni bo'lib o'tgan birinchi majlisida Prezident tavsiyasiga muvofiq, Senat a ’zolari tom onidan yashirin ovoz berish yo'li bilan M urod Sharifxo’jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek, 2 nafar senator Rais o'rinbosarlari etib saylandi, Senat qo'mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005— yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamentni shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va faoliyat yutitmoqda. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o'rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi roli ortdi. Prezident vakolatlarining bir qismi - davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar vaxalqaro tashkilotlardagi diplomatikvakillarni tayinlash vatasdiqlash Senat tomonidan amalga oshirilmoqda. O ‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda. 1. O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991— yil 1-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan ta ’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu0 ‘zbekiston XDPsining "O'zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda. 2. 1995— yil 18-fevralda O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling