Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
БИЛЕТ №16
1. Ерга эгалик муносабатлари ва табақаланиш, деҳқонлар, кашоварзлар ва кадиварлар. Уларнинг турмуш тарзи ва жамиятда тутган ўрн . Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar. O‘z zamonasining buyuk davlatlari bo‘lgan Qang‘ davlati va Kushon podsholigi davrida Qadimgi Turon diyori yuksala boshlagan edi. Bu davrda mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shaharlarning soni ko‘paydi va hududi kengaydi. Shahar ilk o‘rta asrlardan boshlab hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylangan. Vohalarda yirik sug‘orish tarmoqlari qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaygan. Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilgan. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etilgan. Ekin maydonlarini sug‘orish va ishlov berishning takomillashuvi tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil olgan. Shaharlarda aholining ko‘payib borishi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borgan. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko‘tarildi. Bir tomondan, yerga, ziroatkor maydonlarga bo‘lgan munosabat, ularga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshlagan. Ikkinchi tomondan esa o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht va tog‘oldi mintaqalarida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq hayot tarziga o‘tishi kuchaygan. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli sug‘oriladigan yerlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borgan. Buning natijasida qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, kattakatta ekin maydonlari barpo etilgan. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda mamlakat ijtimoiy hayotida katta- 7 gina nufuzga ega bo‘lgan mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarining ma’lum bir ulushi ularning qo‘liga o‘tib, meros mulkiga aylangan. Shu tariqa, kattagina yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllangan. Dehqonlar va ular xo‘jaligidagi hayot. Qabila boshliqlari, ishboshilar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olganlar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Shu tariqa, ular ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaganlar. O‘sha davrda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ham ega bo‘lganlar. Qishloqlarda esa ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomli qo‘rg‘onlari, tegirmonlari bo‘lgan. Ko‘pdan ko‘p xizmatkorlar dehqonlarning xo‘jaligida qishin-yozin mehnat qilganlar. Har bir katta yer egasining 30–40, 50–100 va ba’zan undan ortiq maxsus askarlar guruhi – chokarlari bo‘lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o‘z xojasiga sadoqatli o‘spirinlardan tanlab olingan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yov hujumi paytlarida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan. Boshqa vaqtlarda ular dehqon xo‘jaligidagi tartibga qarab turganlar. Qishloqlarda dehqonlarning mavqeyi ortib, katta-katta yerlarga ega bo‘lib oldilar. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning ijtimoiy hayotiga ta’sir o‘tkazdi. Yer egaligining tarkib topishi oqibatida mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qishloq jamoalari yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo‘lgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib borgan. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar deb atalardi. Keyinchalik ularning ma’lum bir qismi 8 yerlaridan mahrum bo‘lib, bora-bora kadivarlarga aylanib borganlar. Ayrim dehqonlar esa o‘z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo‘lib olganlar V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’- lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi.. 2. Туркистон мухториятининг ташкил этилиши. Қўқон фожеаси. Туркистон мухтор ҳукуматининг ағдарилиши. Turkiston muxtoriyatining ag`darilishi O`rta Osiyoni sovetlashtirishga keng yo`l ochib berdi. Turkiston muxtoriyatining bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinishi Turkistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni nixoyatda keskinlashtirdi. Muxtoriyat hukumatining tugatilishi xalq harakatining butun Farg`ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki bo’ldi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg`onaliklar endi bolsheviklar tuzumi va sovet Rossiyasiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shunday qilib, Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha tuzumga qarshi istiqlolchilik harakati 1918 yil fevral oyining so’nggi o`n kunligida boshlanib ketdi. Qo`qon atrofida boshlangan istiqlolchilik harakatiga dastlab Kichik Ergash va so’ng uning vafotidan keyin Katta Ergash boshchilik qildilar. Skobelev uezdida istiqlolchilik harakatiga marg`ilon militsiyasining sobiq boshlig`i Muhammad Aminbek Axmadbek o’g`li Madaminbek boshchilik qildi. 1918 yil fevralida Turkistonda boshlangan harakat bu sovet tarixchiligida ta`kidlab kelinganidek, bosqinchilik, yoxud bosmachilik harakati emas edi. Bu harakatning mohiyati istiqlolchilik harakati bo’lib uning boshidan oxirigacha ustuvor g`oya butun Turkistonning milliy istiqloli edi. Sovet hokimiyati vakillarining butun Turkiston o’lkasida yuritgan shovinistlik va mustamlakachilik siyosati, mahalliy aholi manfaatlari bilan hisoblashmay ularning nafsoniyatiga tegishi istiqlolchilik harakatining doimiy ravishda avj olishiga hamda uning uzluksiz davom etishiga olib keldi. Turkistondagi istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, xunarmandlar va kosiblar edi. Farg`ona vodiysida Kichik va Katta Ergashlar Madaminbek, sher Muhammadbek, Islom Paxlavon, Buxoro Xalq Respublikasida Said Olimxon (sobiq amir), Ibraximbek, Mulla Abdullkaxor, Jabborbek, Xorazm Xalq Respublikasida Junaidxon G’ulomalixon, Kushmamedxon, Temur Alimxon, Xonmaxsim va boshqalar Turkistondagi istiqlolchilik harakatini uyushtirishda g`ayrat shijoat bilan faoliyat ko’rsatdilar. Lekin istiqlolchilik harakati boshdan oxirigacha butun Turkiston bo’yicha yagona markazga to’lik uyusha olmadi. Farg`ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919 yil yozining oxiri va kuziga o’zining yuqori cho`qqisiga chiqdi. 1919 yil sentyabr oyida Madaminbek lashkarlari jalolobod, Ush Eski Marg`ilon shaharlarini egalladilar. 1919 yil 22 oktyabrda bo’lib o’tgan anjumanda Farg`ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilib, Madaminbek hukumat boshlig’i va Bosh qo’mondon qilib tayinlandi. Istiqlolchilik harakatining eng kuchaygan davrida Madaminbek qo’l ostida 30 minga yokin yigit sher Muhammadbekta 20 ming yigit, Ergash kurboshida 8000 yigit qizil armiyaga qarshi jang olib bordilar. 1920 yilning yoz va kuz oylarida istiqlolchilik harakati yangi bosqichga qadam qo’ydi. Kurash yana ham kuchaydi. Bu davrga kelib Farg`ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatiga Shermuhammedbek boshchilik qila boshladi. 1920 yilning may oyning boshida Oltiariq tumanida qurultoy o’tkazilib, unda Turkiston mavaqqat hukumati tuzildi va Shermuhammedbek hukumat raisi va islom qo’shinlarining Oliy bosh qo’mondoni qilib saylandi. Manbalarda qayd qilinishicha, 1920 yilning kuziga istiqlolchilik kurashi qatnashchilarining soni vodiyda 70000 (yetmish ming) kishiga yetgan. 1920-1924 yillarda istiqlolchilik harakati Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Xorazm Xalq Respublikasida qizil armiyaga qarshi kurashining tepasida Junandxon turdi. Amudaryo bo’limi xududida istiqlolchilik harakatiga Xanmassin va boshqalar raharlik qildilar. Shuningdek Ural kazaklarining atamani Mixail Filchev boshchiligidagi otryad ham qizil armiyaga qarshi kurash olib bordi. 1920 yilning oxiriga kelib Sovet organlari istiqlolchilik harakatining asosiy qismini katta harbiy kuch yordamida bostirishga muvaffaq bo’ldilar. Lekin qarshilik harakati 1924 yilgacha va undan so’ng ham 1935 yilgacha har xil ko’rinishda davom etdi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling