Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати


partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo'lgan I - ta ’sis


Download 0.65 Mb.
bet3/24
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1624892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Tarix gos


partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo'lgan I - ta ’sis
Qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
"Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiysiyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
3. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan partiyalardan yana biri-
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidir (M T D P). U 1995— yil 3-
iyunda Toshkentda bo'lib o'tgan ta’sis qumltoyida tuzildi va partiyaning
Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
O'zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr
etilmoqda.
4. 1998— yil 28-dekabrda O'zbekiston "Fidokorlar" milliydem okratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998— yil 28-
dekabrdagi t a ’sis konferentsiyasida uning Dasturi va N izom i
tasdiqlangan. Partiyaning "Fidokorlar" gazetasi nashr etilmoqda.
5. 2003— yil oxirida O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini
himoya qilishdan iborat. O'zLD P ning "XXI asr" haftalik gazetasi
nashr etilmoqda.
1995— yil m ay oyida ja m o a tc h ilik n in g tash a b b u si bilan
O'zbekiston "Xalq birligi" harakati tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda.


БИЛЕТ №13
1.Буюк ипак йўлининг шаклланиши ва ривожланиш босқичлари.«Ложувард йўли», «Шоҳ йўли», «Ғарбий меридионал йўл»Buyuk lpak yo'li tushunchasini birinchi bo'lib fanga taniqli nemis
olimi Fon Rixtgofen olib kirgan. U XIX asrning 70— yillarida yozgan
«Xitoy» nomli klassik asarida bu terminni chuqur ilmiy asoslab berdi.
M a'lum ki, Xitoyning Sian shahridan boshlangan lpak yo'li
Lanjou orqali D u n x u an g a (Sharqiy T urkiston) kelib, bu yerdan u
ikkiga ajraladi. lpak yo'lining janubi-g'arbiy tarmog'i Taklamakon
sahrosi (M o'g'uliston) orqali Xo'tanga, undan Yorkentga kelib,
undan Balxga tomon o'tadi. Balxda yo'l yana uch tarmoqqa ajraladi.
G'arbiy tarmog'i Marvga, janubiv tarmog'i Hindistonga, shimoliy
tarm og'i Termiz orqali Daibent, Nautak va Sam arqand tom on
vo'naladi. lpak yo'lining shimoli-g'arbiy tarmog'i esa Dunxuandan
Bami, Turfon orqali T arim vohasi-Q ashqarga boradi. U yerdan
Toshqo'rg'on orqali O'zgan, O'sh, Quva, Axsikent, Popga, Asht
orqali Xo'jand, Zomin, Jizzaxga, so'ngra Samarqandga borib tutashadi.
S am arqanddan esa bu yo'l yana davom etib, Dabusiya, .Malik cho'li
orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Forobga borib,
Amul shahriga o'tadi. Amulda esa Marvdan Urganch sari yo'nalgan
yo'lga qo'shiladi. Marv shahri O'rta asrlar davrida Buyuk lpak yo'li
chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo'lgan.Mil. av. II asr boshlarida Davan va Q ang' davlatlariga tashrif
buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Syan safaridan so'ng, Xitoy
bilan O 'rta Osiyo davlatlari o'rtasidagi diplomatik va savdo-sotiq
aloqalari yangi bosqichga ko'tariladi. Elchining bu yurtda ko'rgankechirganlari, ayniqsa, uzumchilik, vino tayyorlash, rangli shishalar
ishlab chiqarish, zargarlik, zotdor, uchqur otlar Xitoy hukm dorlarini qiziqtirgan. Bu esa ikki o'rtadagi aloqalarga keng yo'l ochgan.
Xitoy O 'rta Osiyoning zotdor otlari, rangli shishalari, zargarlik
mollari, la'liga xaridor bo'lsa, ayni chog'da, Xitoydan yurtimizga
k o 'p ro q ip ak va ipak mollari, chinni buyum lar, choy m ahsulotlari
keltirilaboshlangan. Shuningdek. Hindistondan ip gazlama, ziravor
va dorivor mahsulotlar, guruch, m ushk-anbar va shu kabi narsalar
keltirilgan.
2. Мустамлакачилик зулмига қарши миллий озодлик ҳаракатлари. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari. O’lkada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib chor Rossiyasining mustamlakachilik, ulug’ davlatchilik, shovinistik siyosati mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlari boshlanishiga asosiy sabab bo’ldi.

Tarixiy manbalarda, arxiv hujjatlarida chor Rossiyasi qo’shinlarining O’rta Osiyo hududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik harakatlari boshlanganligi va bu chor hukumatining ag’darilishiga, qolaversa mustaqillikka erishganimizga qadar davom etganligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar asosida O’rta Osiyo xalqlarining chorizmga qarshi olib borgan quyidagi eng yirik va ommaviy tus olgan kurashlarini qayd qilishimiz mumkin: 1837-1846 yillarda Sulton Kenesarin rahbarligidagi, keyinchalik Buxoro amirligining, Shahrisabz bekligidagi harakatlar, 1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar; 1871 yildagi Farg’onada Yetimxon qo’zg’oloni; 1872 yilda Chirchiqdagi isyonlar, 1873-76 yillar Qo’qondagi Po’latxon qo’zg’oloni; 1892 yildagi Toshkent qo’zg’oloni; 1898 yildagi Andijonda Dukchi Eshon qo’zg’oloni; 1899 yildagi Sirdaryo viloyatidagi harakatlar, 1916 yildagi Jizzax qo’zg’oloni va boshqalar.


XIX asr 70-yillar boshlaridagi Farg’onadagi xalq harakatlarini alohida qayd etish lozim. 1868 yilda Kaufman bilan sulh shartnomasi tuzib, Qo’qon xonligining katta hududlarini Rossiya ixtiyoriga bergan va Rossiya hukmronligini tan olgan Xudoyorxon siyosatidan nafaqat oddiy xalq, balki yirik yer egalari ham norozi edilar. Qo’qon xonligida elchi va josus vazifasini bajargan polkovnik Shaufus ma’lumotlariga qaraganda norozi beklar tepasida Abdurahmon oftobachi turgan. 1872 yilda xon siyosatiga qarshi xalq harakati ayniqsa kuchaydi. Bundan foydalangan Abdurahmon oftobachi o’z tanishi mulla Is’hoq O’asan o’g’lini Qirg’izlar orasida Po’latxon nomi bilan qo’zg’olon ko’tarishga undaydi va o’zi ham bu harakatga qo’shiladi. 1873 yilda boshlangan bu qo’zg’olonda oddiy xalq, dehqonlar, hunarmandlar faol ishtirok etdilar va bu harakat butun Farg’ona vodiysi bo’ylab yoyildi. Xudoyorxonning o’g’li Nasriddinbek boshchiligidagi xon qo’shinlari ham qo’zg’olonchilarni qo’llab-quvvatladilar. Bu voqeadan qo’rqib ketgan Xudoyorxon rus hokimiyatidan boshpana so’rab, Toshkentga qochdi. Qo’qon taxtiga uning o’g’li Nasriddinbek (1875-76) xon qilib ko’tarildi.


Qo’zg’olonchilar kelishuviga binoan esa Po’latxon xon etib saylanishi kerak edi. Nasriddinbekning xonlikka ko’tarilishi va uning ham ruslar bilan kelishuv siyosatini olib borishi, qo’zg’olonchilar o’rtasida norozilik keltirib chiqardi. Natijada Marg’ilon, Namangan, Andijon hududlarida Po’latxon tarafdorlari yerlarni kambag’allarga bo’lib berib, xon siyosatiga qarshi chiqdilar. Qo’qon xonligining ruslarga qarashli bo’lgan yerlarida ham norozilik chiqishlari avj ola boshladi. Bu rus hukumatini xavotirga solib qo’ydi va Kaufman Qo’qon xonligini tugatish to’g’risida podshoning roziligini so’rab, iltimosnoma jo’natdi. Qo’qon xonligi hududiga esa Skobelev boshchiligida harbiy jazo otryadi kiritildi. Bu vaqtda Nasriddinxon hokimiyatdan chetlashtirilib, vodiyda Po’latxonning mavqei oshib ketgan edi.


Harbiy jihatdan ustun bo’lgan rus qo’shinlari qo’zg’olonchi-larni tezda mag’lubiyatga uchratdi. Po’latxon qo’shinlari harakatining ikkinchi bosqichi 1875 yili Ohangaron, Telov, Pskent va Toshkentda bo’lib o’tgan harakatlarni o’z ichiga oladi. Bu harakatlarda qattiq zarbaga uchragan qo’zg’olonchilar 1876 yili Andijonda, Oloy vodiysida kurashni davom ettirdilar. Ammo harbiy jihatdan kuchlar teng emas edi. 1876 yil 1 martda Po’latxon tutib olinib Marg’ilonda osib o’ldirildi. Boshqa qo’zg’olonchilar ham qattiq jazolandi. Podshoning buyrug’i bilan Qo’qon xonligi tugatilib, Farg’ona viloyati tashkil etildi.


3. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясининг давлат ва жамият қурилишини такомиллаштиришга қаратилган йўналишлари.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йилнинг 7 февраль кунги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони билан 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси қабул қилинди.Давлат раҳбарининг ғояси ва ташаббуси билан жорий этилган, Ўзбекистонни ҳар томонлама тараққий эттириш, дунёнинг илғор демократик давлатлари қаторидан жой олиши ва жаҳон майдонида муносиб ўрин эгаллаши асосий мақсад этиб белгиланган мазкур Стратегия мамлакатнинг яқин истиқболдаги тараққиёт йўлининг бош устувор ҳужжати сифатида халқаро жамоатчилик, нуфузли эксперт-мутахассислар, давлат ва жамоат арбоблари, сиёсатшунослар томонидан юқори баҳоланди.Ҳаракатлар стратегиясида Ўзбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши белгилаб берилган бўлиб, уларнинг ҳар бирида мамлакатда янги босқичдаги демократикислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва самарадорлигини таъминлашга оид аниқ чора-тадбирлар ўз аксини топган.1. “Давлат ва жамият қурилишини такомиллаштириш” деб номланган биринчи йўналишда демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва мамлакатни модернизация қилишда парламент ҳамда сиёсий партияларнинг ролини янада кучайтириш, давлат бошқаруви тизимини ислоҳ қилиш, давлат хизматининг ташкилий-ҳуқуқий асосларини ривожлантириш, "Электрон ҳукумат" тизимини такомиллаштириш, давлат хизматлари сифати ва самарасини ошириш, жамоатчилик назорати механизмларини амалда татбиқ этиш, фуқаролик жамияти институтлари ҳамда оммавий ахборот воситалари ролини кучайтириш назарда тутилган.2. “Қонун устуворлигини таъминлаш ва суд-ҳуқуқ тизимини янада ислоҳ қилиш” деб номланган иккинчи йўналишда суд ҳокимиятининг чинакам мустақиллигини ҳамда фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли ҳимоя қилиш кафолатларини мустаҳкамлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ишларида самарадорликни ошириш, судларни чинакам “Адолат қўрғони”га айлантириш юридик ёрдам ва ҳуқуқий хизматлар сифатини тубдан яхшилаш, суд-ҳуқуқ тизимида янги йўналишдаги ислоҳотларни амалга ошириш чора-тадбирлари белгиланган.3. “Иқтисодиётни янада ривожлантириш ва либераллаштириш” деб номланган учинчи йўналишда миллий валюта ва нархларнинг барқарорлигини таъминлаш, валютани тартибга солиш, Ўзбекистонга хориж инвестицияларини кенг жалб қилиш, етакчи халқаро ва чет эл молиявий институтлари билан алоқаларни кенгайтириш, экспортга мўлжалланган товарлар ишлаб чиқаришга замонавий технологияларни жорий этиш, мамлакатнинг халқаро рейтинг ва индекслардаги ўрнини юксалтириш, умуман, мамлакат иқтисодини жадал ривожлантириш бўйича тегишли вазифаларни амалга ошириш чора-тадбирлари муҳим ўрин тутади.4. “Ижтимоий соҳани ривожлантириш” деб номланган тўртинчи йўналиш аҳоли, айниқса ёшларнинг бандлигини таъминлаш, фуқароларни ижтимоий ҳимоя қилиш ва саломатлигини сақлаш, фан, таълим, маданият ва спорт соҳасини такомиллаштириш, йўл-транспорт, муҳандислик-коммуникация ҳамда ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш чора-тадбирларини амалга ошириш мақсадларига қаратилган.5. “Хавфсизлик, миллатлараро тотувлик ва диний бағрикенгликни таъминлаш, чуқур ўйланган, ўзаро манфаатли ва амалий руҳдаги ташқи сиёсат юритиш” деб номланган бешинчи йўналиш доирасида эса, давлатнинг мустақиллигини, ҳудудий яхлитлигини ҳимоя қилишга оид чора-тадбирларни рўёбга чиқариш, Орол фожиасининг оқибатларини юмшатиш, шунингдек, дунёнинг барча давлатлари, айниқса, биринчи навбатда, қўшни давлатлар билан ўзаро тенг манфаатларга асосланган дўстона алоқалар ва мустаҳкам ҳамкорликни йўлга қўйиш каби тинчликпарвар сиёсатга таянган чора-тадбирлар амалга оширилиши белгиланган.“Ҳаракатлар стратегияси” беш босқичда, Ўзбекистонда ҳар бир йилга бериладиган номлардан келиб чиқиб қабул қилинадиган Давлат дастурлари асосида амалга ошириб борилиши назарда тутилган.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling