2.1-jadval
PSO asosidagi germetik komponentining asosiy xarakteristikasi
Nomlainishi
|
GOST, TU raqami,
|
Asosiy xarakteristikalari
|
Dibutilftalat (DBF)
|
GOST 8728-88
|
Mexaniksiz aralashadigan jigarang suyuqlik; 20 °S dagi zichligi - 1,045 g/sm3; T<= 168 0S dan past bo‘lmagan xaroratda.
|
Tabiiiy bo‘r
|
GOST 12.085-88
|
Tarkibida maasa bo‘yicha 97 % Sa va Na kam saqlamagan karbonatlar;zarrachalarining diametri 45 mkm dan kam bo‘lmagan
|
2.1-jadvalining davomi
Nomlanishi
|
GOST, TU Nomeri,
|
Asosiy xarakteristikalari
|
Texnik uglerod (P-803)
|
GOST 7885-86
|
Massa yuzasi (azot bo‘yicha ) – 14÷18m2/g gacha ; Strukturasi -80+90 sm3/100g.
|
Difenilguanidin
(DFG)
|
GOST 40-80
TU 6-14-22-269-90
|
-
|
Dian Epoksidi smolasi (E-40)
|
TU 6-21-48-90
|
O‘rtacha xisoblangan molekulyar massasi - 600; 25°S - 34,4 Pa/s dagi qovushqoqligi;tarkibida 15,7 % (massa) epoksid guruxi saqlaydi;
|
Suv
|
GOST 2874-82
|
|
Glitserin
|
GOST 6259-75
|
Ragngiz suyuqlik
|
Rux oksidi (ZnO)
|
GOST 202-84
|
Massovaya dolya soedineniy Zn v pereschyote na ZnO - ne menee 99,7%;
|
Marganes (IV) oksidi (MnO2)
|
TU 6-09-01-775-90
|
Margansa (IV) ning massa ulushi -75% kam bщlmagan; rN-suvdvgi eritmasida - 5,5÷7,5
|
Titan dioksidi
|
GOST 9808-84
|
Titan dioksidining massa ulushi-92% kam bщlmagan; rN - 6,5÷8,0
|
Stearin kislota
|
GOST 6484-96
|
—
|
Karbamid– Karbamid kimyoviy birikma, karbonat kislota diamiddir. Qutbli erituvchilarda (suv, etanol, suyuq ammiak) eriydigan oq kristallar (2.2-jadval).
2.2-jadval
Karbamidning fizik-kimyoviy ko‘rsatgichlari
Ko‘rsatgichlarning nomi
|
Normasi
|
Agregat holati
|
Oq kristall
|
Zichligi , g/sm³
|
1,32
|
Suyuqlanish temperaturasi, °C
|
132.7
|
Bug‘lanish temperaturasi, °C
|
Parchalanish bilan 174
|
20°C dagi suvda eruvchanligi
|
51,8
|
Magniy oksidi (kuygan magneziya) - MgO formulali kimyoviy birikma, oq kristallar, suvda erimaydi, yong‘inga va portlashga chidamli (2.3-jadval.).
2.3-jadval.
Magniy oksidining fizik-kimyoviy ko‘rsatgichlari
Ko‘rsatgichlarning nomi
|
Ko‘rsatgich
|
Agregat holati
|
Qattiq
|
Zichligi, g/sm³
|
3,58
|
Suyuqlanish temperaturasi, °C
|
2825
|
Bug‘lanish temperaturasi, °C
|
3600
|
Suvdagi eruvchanligi, g/100 ml
|
0,86
|
Alyuminiy oksidi. Suvda erimaydigan rangsiz kristallar. Amfoter oksid. Kislotalarda amalda erimaydi. Uning oksidi va gidroksidi issiq eritmalarda eriydi. (2.6-jadval.)
2.4-jadval
Alyuminiy oksidining fizik-kimyoviy ko‘rsatgichlari
Ko‘rsatgichlarning nomi
|
Ko‘rsatgich
|
Agregat holati
|
Kristall
|
Molyar massasi
|
101,96 g/mol
|
Zichligi
|
3,99 g/sm³
|
Suyuqlanish temperaturasi
|
2044 °C
|
2.2-§ Tarkibida kislorod va azot saqlovchi polisulfid oligomerlarining sintezi.
Natriy polisulfidi, dixlorgidrin va karbamid adduktlari asosida polisulfid oligomerlarini sintez qilish. Aralashtirgich, qaytar sovutgich, termometr va qo‘shimcha voronka bilan bilan jihozlangan, hajmi 500 ml bo‘lgan uch og‘izli kolbada 31,5 g (0,40 mol) natriy sulfidni 150 ml suvda eritib olinadi. Eritmaga 37,5 g (1,17 mol) oltingugurt qo‘shiladi, aralashma 1 soat davomida aralashtirgan holda qaynatiladi. Keyin eritma filtrlanadi va 0,22 g (0,0013 mol) ionli suyuqlik (tetraetilammoniy xlorid) qo‘shiladi. Ushbu eritma uchun 38,7 g (0,30 mol) - dixlorogidrin 70 oC da aralashtirib 1 soat davomida quyiladi. Keyin 0,3 g (0,0013 mol) karbamid qo‘shimchasi qo‘shiladi va reaksiya aralashmasi yana 1 soat davomida 80 °C haroaratda qizdiriladi. Shundan so‘ng sovutishga ro‘xsat beriladi. Hosil bo‘lgan to‘q jigarang tusli qovushqoq massa uch marta qaynoq suv bilan yuviladi va mo‘rili shkafda quritiladi. 62 g oligomer olingan (nazariy hisoblanganda 93 %). Oltingugurt miqdori 56,3 % ni tashkil qiladi.
2.1-rasm. Polisulfid oligomer reksiya unumining 80 °C da vaqtga bog‘liqligi
Polisulfid oligomerlarini sintez qilish jarayonida 80°C haroratda reaksiya unumining vaqtiga bog‘liqligi o‘rganildi. Reaksiya vaqti 1,5 soat bo‘lganda yuqori unum bilan polisulfid oligomer olingan. (2.1-rasm.)
Shuningdek, tajribalar shuni ko‘rsatdiki, tiokol oligomeridan yuqori unumli mahsulot olish uchun jadvalga muvofiq reagentlarning ekvimolyar nisbatini olish kerak (2.9-jad.).
2.5-jadval
Tarkibida azot va kislorod bo‘lgan polisulfid oligomerlarini olish reaksiyasi unumining boshlang‘ich monomerlarning mol nisbatiga bog‘liqligi (80oC, τ = 1,5 soat)
Monomerlarning mol nisbatlari
|
Reaksiyaning unumi, %
|
O‘rtacha molekulyar massasi (krioskopik)
|
Tashqi ko‘rinishi
|
Oltingugurt miqdori, %
|
Hisoblangan
|
topildi
|
Natriy polisulfid: dixlorgidrin : karbamid addukti (ND-1)
|
1:1:1
|
99
|
3890
|
To‘q jigarrang yopishqoq modda
|
55,9
|
56,3
|
1:1:2
|
82
|
3120
|
46,2
|
45,7
|
1:2:2
|
76
|
3460
|
44,6
|
43,8
|
Tarkibida oltingugurt, azot, fosfor, kislorod saqlagan oligomerlar sintezi.
Natriy polisulfid, dixlorgidrin va ammofos asosidagi polisulfid oligomer sintezi. Hajmi 500 ml bo‘lgan uch og‘izli kolba, aralatiruvchi meshalka, qaytar sovitgich, termometr va tomichili voronka bilan jihozlangan. Dastlab kolbaga 31,5 g (0,40 mol) natriy sulfid solinib 150 ml suvda eritiladi. Eritmaga 37,5 g (1,17 mol) oltingugurt qo‘shiladi va aralashma 1 soat davomida 80 0C haroratda aralashtirgan holatda qizdiriladi. Shundan so‘ng aralashmaga 0,22 g (0.0013mol) tetraetilammoniy xloridning ionli eritmasi qo‘shiladi.
Ushbu eritma uchun 38,7 g (0,30 mol) dixlorogidrin 1 soat davomida 70 0C da aralashtirib quyiladi. So‘ngra 0,3 g (0,0013 mol) ammofos qo‘shiladi va reaksiya aralashmasi yana 1 soat davomida 80 °C da ushlab turiladi. Shundan keyin zritma sovitiladi va hosil bo‘lgan qovushqoq modda iliq disstillangan suvda uch marta yuviladi. Hosil bo‘lgan mahsulot inert muhitda murili shkafda quritiladi.Polisulfid oligomerning massasi 65,8 g ni tashkil etadi. (99 % nazariy hisoblaganda). Oltingugurt miqdori 25,2 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |