To’yingan bir atomli spirtlar
To’yinmagan bir va ko’p atomli spirtlar
Download 343.5 Kb.
|
bir atomli spirtlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- T o’yinmagan spirtlarni empirik, ratsional va sistematik nomenklaturalar
- Aromatik oksibirikmalar
- 4.5. Fenollar
4.4. To’yinmagan bir va ko’p atomli spirtlar
To’yinmagan bir va ko’p atomli spirtlarning tuzilishida gidroksil guruhi bilan birga qo’shbog’ va uchbog’lar ishtirok etadi. To’yinmagan spirtlarning gomologik qatori allil spirtidan boshlanadi. CHunki vinil spirti beqaror bo’lganligi sababli mavjud bo’lmaydi, u tezda sirka aldegidiga aylanib ketadi: To’yinmagan spirtlarni empirik, ratsional va sistematik nomenklaturalar bo’yicha nomlash mumkin. T o’yinmagan spirtlarni empirik, ratsional va sistematik nomenklaturalar bo’yicha nomlash T o’yinmagan spirtlarni to’yingan spirtlarni olish usullaridan foydalanib olinadi. Masalan. allil spirtini sanoatda allilxloridni gidrolizlash orqali olinadi: P ropargil spirti esa atsetilenga katalizator ishtirokida chumoli aldegidi biriktirib olinadi: Bu jarayonni shu bosqichda to’xtatib qolish qiyin. Bu jarayonda asosiy mahsulot sifatida butindiol hosil bo’ladi. T o’yinmagan spirtlar kimyoviy xossalari jihatdan etilen yoki atsetilen birikmalarni hamda spirtlarning xossalarini namoyon qiladilar. Masalan, allil spirti gidroksil guruhi hisobiga oddiy va murakkab efir hosil qilishi, gidroksil guruhi galogenga almashinishi mumkin. Qo’shbog’ning hisobiga esa birikish jarayonlariga kirishishi mumkin: To’yinmagan spirtlar orasida allil va propargil spirtining ahamiyati katta. Ular sanoatda turli qimmatli birikmalarni olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Aromatik oksibirikmalar Aromatik oksibirikmalar ikkiga – fenollar va aromatik spirtlarga bo’linadilar. Fenollarda gidroksil guruhi aromatik halqa bilan bevosita bog’langan bo’ladi. Aromatik spirtlarda gidroksil guruhi yon zanjirda joylashgan bo’ladi. M a’lumki, aldegid va ketonlar «enol» shaklda beqaror bo’lib, juda tez karboksil shaklga o’tib ketadilar. Fenollar esa asosan yenol shaklda mavjud bo’ladilar: Fenollarni yenol shaklda mavjud bo’lishligiga sabab, ularda tutashishni keton shakldagiga qaraganda yenol shaklda yuqori darajada bo’lishligi hisoblanadi. 4.5. Fenollar G idroksil guruhining soniga qarab, fenollar bir va ko’p atomli fenollarga bo’linadilar. Fenollarni nomlashda emperik nomenklaturadan foydalaniladi yoki ularni tegishli aromatik uglevodorodlarning hosilalari deb qaraladi. Eslatma: agar radikal benzol halqasining o’rtasiga qo’yilsa, bu unnig o-, m- va n-holatlarda bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Download 343.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling