To’yingan bir atomli spirtlar
Download 343.5 Kb.
|
bir atomli spirtlar
Bir atomli fenollar
Olinish usullari. Fenol va uning gomologlari toshko’mir smolasining 180-2300C qaynaydigan bo’lagidan ajratib orlinadi. Fenollarni sintez yordamida olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan. 1 . Aromatik sulfokislota tuzlarini o’yuvchi ishqorlar bilan qo’shib qizdirilganda fenollar hosil bo’ladi: Bu usul yaqin yillargacha sanoatda keng qo’llanilgan. Ishqor sifatida o’yuvchi kaliydan foydalanilganda yaxshi natijalar olinadi. F enolning hosil bo’lish unumi sulfolash uchun olingan benzolga nisbatan 60-70% ni tashkil etadi. Jarayonni avtoklavda yoki oddiy reaktorlarda olib borish mumkin. Bunda qo’shimcha mahsulot sifatida rezotsin (I), florogyulsin (II) va n,n-dioksidifenil (III) hosil bo’ladi: I II III Natriy fenolyatdan fenol unga suv va CO2 ta’sir ettirib olinadi. 2 . Sanoatda fenol xlorbenzolni o’yuvchi ishqorlar ishtirokida gidrolizlab olinadi: Benzol halqasi bilan bevosita bog’langan xlor qo’zg’aluvchan bo’lganligi sababli, bu jarayonni o’yuvchi natriyning 8%-li eritmasi yordamida 250-3000C va 200 atm (2.10Pa) bosim ostida olib boriladi. Katalizator sifatida mis metalidan foydalaniladi. 3 . Izopropilbenzol (kumol) oksidlanib, so’ngra konsentralgan sulfat kislota ta’sirida parchalanganda fenol va atseton hosil bo’ladi: B u jarayonning mexanizmini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: 4 . Fenol va uning gomologlarini birlamchi aromatik aminlardan diazobirikmalar orqali hosil qilish mumkin: 5 . Fenollarni aromatik karbon kislotalarni oksidlovchilar ishtirokida dekarboksillab hosil qilish mumkin: Bu jarayonda oraliq modda sifatida salitsil kislota hosil bo’lishligi aniqlangan. 6. Fenolning gomologlari fenolni bir atomli spirtlar bilan katalizatorlar ishtirokida alkillab olinadi. B unda alkil fenollar bilan (C-alkillash mahsuloti) birga fenolning oddiy efirlari (o-alkillash mahsuloti) ham hosil bo’ladi: Download 343.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling