To’yingan bir atomli spirtlar


Download 343.5 Kb.
bet4/8
Sana15.06.2023
Hajmi343.5 Kb.
#1477869
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bir atomli spirtlar

4.3. Uch atomli spirtlar
Uch atomli spirtlarning birichi vakili glitserin hisoblanadi. Glitserin sanoatda yog’ va moylardan, propilen yoki atsetilendan foydalanib olinadi.

  1. Yog’ va moylardan glitserin quyidagicha olinadi:



Bu yerda R, R’’, R’’’ = -C15H31; -C16H33; -C17H35.


Yog’lar gidrolizi ishqor ishtirokida olib borilganda yuqori, yog’ kisotalarining natriyli tuzi – sovun hosil bo’lganligi uchun bu jarayonni sovunlanish deb qabul qilingan.
2. Propilendan glitserin olish quyidagi bosqichlar orqali sodir bo’ladi:
a

) Propilenni yuqori haroratda xlorlash. Bu jarayon radikal almashinish mexanizmi bo’yicha borib, xlor qo’shbog’ning uzulishi hisobiga birikmay, balki propilendagi metil guruhi vodorodi xlor bilan almashinadi:

b

) Allilxlorid gidrolizi:

v

) Allil spirtiga gidroxlorid kislotaning birikishi va hosil bo’lgan moddaning gidrolizi:

G



litserinni allil spirtiga vodorodperoksid biriktirib ham olish mumkin:


Fizik va kimyoviy xossalari. Glitserin rangsiz, moysimon suyuqlik, shirin ta’mga ega. 170S da suyuqlanadi. Zichligi 1,26 ga teng, suvda yaxshi eriydi. 2900S qisman parchalanish bilan qaynaydi. Uning tuzilishida uchta gidroksil guruhi bo’lganligi tufayli u spirtlarning barcha xossalarini takrorlaydi.
1. Uning kislotalik xossasi glikollarnikiga nisbatan yuqori, shuning uchun u temir, mis, kalsiy kabi metallarning gidroksidlari bilan ham glitseratlarni hosil qiladi.
2. Glitserin galoidvodorodlar bilan ta’sir etib mono-, digalogengidrinlarni hosil qiladi:


G



aloid vodorod sifatida vodorod yodid ishlatilganda, jarayon boshqacha yo’nalishda boradi. Bunda oxirigi mahsulot sifatida 2-yodpropan hosil bo’ladi:

J



arayonda ishtirok etayotgan vodorod yodid oraliq modda bo’lgan 1,2,3-triyod propanni qaytarib yuboradi:
G

litserin menaral va organik kislotalar bilan murakkab efirlarni hosil qiladi.

N

itroglitserin (glitserinni nitrat kislota bilan hosil qilgan murakkab efiri) kuchli portlovchi modda bo’lib, dinamitning tarkibiy qismini tashkil etadi. Glitserin sirka kislota bilan glitserin triatsetatni hosil qiladi:

4

. Glitserin suvni tortib oluvchi vositalar (kaliy bisulfat, alyuminiy oksid iva boshqalar) ishtirokida qizdirilganda o’zidan ikki molekula suvni yo’qotib, to’yinmagan aldegid – akroleinni hosil qiladi:

Glitserin texnikada bo’yoqlar tayyorlashda, oziq-ovqat sanoatida likerlar, konfetlar, ichimliklar tayyorlashda, portlovchi moddalar olishda, tabobatda ko’plab ishlatiladi.

Download 343.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling