Traktor va avtomobillar akkumulyatorlar batareyasi va generatorlari tuzilishi va ishlashi


Traktor va avtomobillar generatorlari


Download 0.53 Mb.
bet11/13
Sana12.12.2021
Hajmi0.53 Mb.
#180265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1 labaratoriya. Akkumulyator

Traktor va avtomobillar generatorlari traktor va avtomobillardagi elektr energiyaning asosiy manbai bo‘lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar soni bilan ishlaganda hamma tok iste’molchilarini elektr toki bilan ta’minlaydi va akkumulyator batareyasini zaryadlaydi.

Uzoq vaqt davomida traktor va avtomobillarda elektr energiyasining asosiy manbai sifatida uzgarmas tok generatorlari ishlatildi. Traktor va avtomobillarda elektr toki iste’molchilarini tobora kupayishi, generatorlarningquvvatini va maksimal aylanishlar chastotasini oshirish ehtiyojini vujudga keltirdi. Uzgarmas tok generatorining jiddiy kamchiliklari va tuzulishini uz xos tomonlari bu muammoni echish imkonini bermaydi.

Elektronika sanoatining rivojlanishi va arzon, ulchamlari kichik, yuqori haroratlarga chidamli va ishonchli bo‘lgan kremneyli yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarning paydo bo‘lishi, hozirgi zamon traktor va avtomobillarida uzgarmas tok generatorlariga xos bo‘lgan kamchiliklardan xoli va bir qator avfzalliklarga ega bo‘lgan uzgaruvchan tok generatorlarini keng kulamda ishlatish imkonini berdi. Uzgaruvchan tok generatorlarida kolektorlarning yo‘qligi xisobiga maksimal aylanishlar soni 10000 – 12000 ayl/min ga etkazish, dvigatel bilan generator orasidagi tasmali uzatmani uzatish sonini 2 – 2,5 gacha oshirish mumkin, natijada dvigatel salt ishlagan xolda xam generatorning 50% gacha quvvatini iste’molchilarga berish va akkumulyatorni zaryadlash imkoni yaratildi. Uzgaruvchan tok generatorlari yuklama tok qiymatini cheklash xususiyatiga ega bo‘lganligi va to‘g‘rilagich sifatida yarim o‘tkazgichli diodlar qullanilganligi uchun tok cheklagich va teskari tok relelariga ehtiyoj yo‘qoladi, bu esa rele – rostlagichlarni tuzulishini ancha soddalashtiradi va ularni ishonchligini oshiradi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling