Traktor va avtomobillar akkumulyatorlar batareyasi va generatorlari tuzilishi va ishlashi


Download 0.53 Mb.
bet10/13
Sana12.12.2021
Hajmi0.53 Mb.
#180265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1 labaratoriya. Akkumulyator

Elektrolit zichligini o‘lchash. Akumulyator batareyalarining zaryadlanganlik darajasini aniqlash uchun elektrolit zichligini o‘lchash lozim. Elektrolit zichligini densimetr yordamida o‘lchanadi (4b-rasm). Zichlikni o‘lchashda batareyadagi elektrolitni haroratini ham aniqlash lozim. Agar elektrolitni harorati 30°S dan yuqori yoki 20°S dan past bo‘lsa, u holda elektrolit haroratini 15°S ga yoki 250S ga keltirish lozim. Harorat 150S ga o‘zgarganda elektrolitning zichligi taxminan 0,01 g/sm3 ga o‘zgaradi.

Agar aloxida batareyalardagi elektrolit zichligi belgilangan miqdordan 0.01 g/sm3 dan ko‘proq farq qilsa, u holda ushbu bankaga 1.4 g/sm3 zichlikka ega bo‘lgan elektrolit quyiladi. Elektrolit zichligi bo‘yicha akkumulyator batareyalarining zaryadsizlanganlik darajasini aniqlash uchun quyidagi keltirilgan ma’lumotlardan foydflanish maqsadga muvofiq (25oS haroratdagi zichligi g/sm3)



4-rasm. Elektrolit satxini (a) va zichligini (b) tekshirish:



1-shisha slindr; 2-densimetr; 3-naycha; 4-noksimon rezinka; 5-densimetr shkalasi


Batareya to‘la zaryadlangan

1.31

1.29

1.27

1.25

1.23

Batareya 50 % ga zaryadlangan

1.27

1.25

1.23

1.21

1.19

Batareya 25 % ga zaryadlangan

1.23

.121

1.19

1.17

1.15

Akkumulyator batareyalarining yuklama vilkasi bilan tekshirish, uning qizimagan dvigatelni yurgazish rejimiga mos keladigan zaryadsizlanish holatini aniqlash imkonini beradi.

YUklama vilkasi (5-rasm) yordamida akkumulyator batareyalarining zaryadlanganlik darajasini aniqlashda, yuklanish ostidagi voltimetrni tekshirilayotgan batareya sig‘imiga to‘g‘ri kelgan miqdrolari quyidagi keltirilgan ma’lumotlarga mos kelishi lozim.
Akkumulyatorning kuchlanishi, V 1.7…1.8; 1.6…1.7;1.5…1.4; 1.4…1.5; 1.3…1.4

Zaryadlangan darajasi, % 100 75 50 25 0


Soz akkumulyator batareyalarining kuchlanishi yuklama vilkasi bilan tekshirilganda kamida 5 s davomida o‘zgarmasligi kerak. Akkumulyator batareyalarining qopqog‘idagi teshiklar tiqinlar bilan berkitilgan bo‘lishi lozim. Elektrolitning zichligi 1.2 g/sm3 dan kam bo‘lgan akkumulyator batareyasining yuklama vilkasi yordamida tekshirish tavsiya etilmaydi.

Akkumulyator batareyalarining ishlatishdagi xizmat muddati, foydalanish qoidalariga rioya etilganda traktor va avtomobilning elektr jixozlari soz bo‘lgandagina kafolatlanadi. SHuning uchun traktor va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish jarayonida batareyani chang va iflosliklardan tozalash lozim. Batareya yuzasiga to‘kilgan elektrolitni novshadil spirti yoki kalsiy sodasi eritmasiga (10 %li) bo‘ktirilgan toza latta bilan artiladi. Batareyalarning oksidlangan barmoq qisqichlari va klemmalar tozalanadi. Barmoq qisqichlarining buzilishi va mastikadagi darzlar xosil bo‘lishini oldini olish uchun simlarni taranglashishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek akkumulyator tiqinlaridagi shamollatish teshikchalarini ochiqligini tekshirish va zarur bo‘lganda tozalash lozim. Akkumulyator batareyalarini davriy ravishda zaryadlab turish lozim. Zaryadsizlangan batareyadan foydalanish uning xizmat muddatini kamaytiradi. SHu sababli 10 – 15 kun yoki avtomobilda 3000 km masofadan so‘ng batareyalarni zaryadlanish darajasini elektrolit zichligi bo‘yicha yoki yuklama vilkasi bilan tekshirib turish lozim. Qishda 25 % dan yozda 50 % dan ko‘p zaryadlangan batareyaning mashinadan echib olib zaryadlash kerak. Xuddi shu muddatlarda akkumulyatordagi elektrolit satxi tekshirilib turiladi. Agar mastika yuzsida darzlar hosil bo‘lsa, uni eritish bilan bartaraf etish mumkin.



5-rasm. Akkumulyator batareyalarining kuchlanishini tekshirish uchun yuklama vilkasi


Respublikamizda ishlab chiqarilgan GM-Uzbekistan engil avtomobillariga (Tiko, Damas, Neksiya, Matiz) xizmat ko‘rsatilmaydigan akkumulyator batareyalari o‘rnatilgan bo‘lib, ularning umumiy qopqog‘i jips yopilgan holda tayyorlangan. Batareyada ish jarayonida hosil bo‘ladigan gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun yontomondan ikkita shamollatish tuynugi qoldirilgan.

Bu avtomobillarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalariga ko‘ra, ularga o‘rnatilgan akkumulyator batareyalari ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan tavsiflanadi:



  • elektr sig‘imi (RC ko‘rsatgichi);

  • zaryadlanish tokining maksimal qiymati (SSA ko‘rsatgichi).

Akkumulyator batereyalarining elektr sig‘imi (RC kursatkichi) generator ishdan chiqqanda, avtomobilning tunda yoritish moslamalari eng kam darajada ulangan xolda qancha vaqt davomida harakatlanishi mumkinligini kursatadi. Elektr sig‘imining o‘lchov birligi minut bo‘lib, u atrof – muxit harorati 27

0S bo‘lganda, tula zaryadlangan batareyaning 25A tok bilan zaryadsizlanganda, uning qisqichlardagi kuchlanishni 10,5V gacha pasayishiga ketgan vaqt bilan aniqlanadi.

Zaryadsizlanish tokining maksimal qiymati akkumulyator batareyalarining atrof – muhit harorati past bo‘lgandagi elektr sig‘imini tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkich atrof–muhit harorati 18 0S bo‘lganda akkumulyator batariyalarining qisqichlaridagi kuchlanish 30 sekund davomida 7,2V gacha pasayish jarayonida beradigan eng yuqori tok kuchi bilan belgilanadi. Startyor valida avj oldiriladigan burovchi momentning qiymati akkumulyator bateriyalarining ushbu ko‘rsatkichiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

GM-Uzbekistan avtomobillariga o‘rnatilgan akkumulyator batareyalarining qopqog‘iga elektrolit zichligini ko‘rsatuvchi indikator joylashtirilgan.

Akkumulyator batareyasining xolatiga kura indikator quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi mumkin:



  • indikator qora rangda bo‘lib, o‘rtasida yashil nuqta bor, ya’ni akkumulyator batareyasi zaryadlangan va ishlatishga tayyor;

  • indikator qora rangda yashil nuqta yo‘q, ya’ni akkumulyator bateriyasi zaryadsizlangan, uni avtomobildan echib olib zaryadlashga qo‘yish lozim hamda generator va kuchlanish rostlagichlariin me’yorida ishlashini tekshirish kerak;

  • indikator rangsiz yoki och sariq rangda, ya’ni akumlyatordagi elektrolit satxini kamayib ketganligi va uni nosozligi haqida belgidir.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling