Traktor va avtomobillar akkumulyatorlar batareyasi va generatorlari tuzilishi va ishlashi


Kuchlanish qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash


Download 0.53 Mb.
bet8/13
Sana12.12.2021
Hajmi0.53 Mb.
#180265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1 labaratoriya. Akkumulyator

Kuchlanish qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash. Zaryadlashni bu uslubi ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladi va asosan avtomobilga o‘rnatilgan akkumulyatorni generator yordamida qo‘shimcha zaryadlashda ishlatiladi. Bu usulda akkumulyatorlar o‘zgarmas tok manbaiga parallel ulanadi (3-rasm).


3-rasm. Akkumulyator batareyalarini kuchlanish o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash a) ulanish sxemasi va b) xarakteristikasi
Tok manbaini kuchlanishi 12 voltli akkumulyator batareyalari uchun
14,4V bo‘lishi, ya’ni har bir elementga 2,4V to‘g‘ri kelishi kerak.
Kuchlanish maxsus moslamalar yordamida rostlab turiladi va voltmetr orqali nazorat qilinadi.

Zaryadlash zanjiridagi tokning maksimal kiymati generator quvvatiga va akkumulyator batareyalariningzaryadsizlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Akkumulyatorlar zaryadlana boshlagandan so‘ng uni EYUK i ortib boradi, natijada zaryadlash toki keskin kamayadi va zaryadlash oxirida qiymati nolga yaqinlashadi. Tokning qiymati kiymati zaryadlash jarayonining boshlang‘ich qismida katta bo‘lganlagi sababli,z aryadlash vaktini birinchi 3-4 soatida sig‘imning 80-90% gacha zaryadlanadi. Ushbu usulni asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • zaryadlash toki avtomatik ravishda kamayib borganligi sababli, uni doimo nazorat qilish va sozlab turish zaruratining yo‘qligi;

  • zaryadlash jarayonining oxirida tok qiymati juda kichik
    bo‘lganligidan elektrolitdan gaz ajralib chiqishi ham juda sust boradi va bu plastinalarning faol massasini panjaralarini emirilishidan saqlaydi;

  • zaryadlashga xar xil sig‘imga ega bo‘lgan akkumulyator batareyalarini qo‘yish mumkin.

YUqorida keltirilgan afzalliklarga qaramasdan, akkumulyator batareyalarini zaryadlashning bu usuli yordamchi usul hisoblanadi. CHunki bu usul yordamida akkumulyator batareyalarini oxirigacha to‘la zaryadlash imkoniyati yo‘q. Bundan tashqari, tok qiymatini rostlash imkoniyati bo‘lmaganligi tufayli, bu usul bilan plasitinalari sulfatlanib qolgan akkumulyatorlarni tiklash mumkin emas.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling